한국   대만   중국   일본 
Federatsiya - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Federatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
   Federatsiyalar

Federatsiya (so?nggi lotincha : foeder?ti?  ? birlashma, uyushma) ? 1) davlat tuzilishi shakli; yuridik jihatdan muayyan siyosiy mustaqilligi bo?lgan davlat tuzilmalaridan tashkil topgan murakkab uyushmadir. Federativ davlatni tashkil etuvchi davlat tuzilmalari ( shtatlar , o?lka, kontonlar ) federatsiya sub?yektlari hisoblanadi va o?z ma?muriy hududiy bo?linishlari bo?ladi. Federatsiyada yagona konstitutsiya, yagona ittifoq (federal) davlat hokimiyati organlari bo?ladi, yagona fuqarolik, pul birligi va shaharlar amal qiladi. Unitar davlatdan farqli ravishda federatsiya hokimiyat oliy organlarining 2 tizimiga ? federal organlar va federatsiya a?zolarining tegishli organlariga ega bo?ladi. Federal organlar mamlakatning hamma qududida o?z vakolat va vazifalarini amalga oshiradi. Federatsiyani tashkil etuvchi davlat tuzilmalari tom ma?noda davlat hisoblanmaydi. Ular suverenitetga, ittifokdan bir tomonlama chiqish huquqiga ega bo?lmaydi, yuridik jihatdan xalqaro munosabatlarda qatnashish xuquqidan mahrumdir. Ittifoq konstitutsiya yoki qonunlari buzilgan taqdirda markaziy hokimiyat federatsiya sub?yektiga nisbatan majburlash choralarini ko?rish huquqiga ega. Federatsiyaning eng zarur belgilaridan biri ? federal parlamentning 2 palatali tuzilmasidir. Odatda, federatsiya a?zolarining o?z mustaqil konstitutsiyasi bo?ladi. Milliy (til) omilning ahamiyatiga qarab federatsiya tuzilishini belgilashda hududiy asosdagi federatsiya ( AQSH , Avstraliya , Avstriya , GFR , Argentina , Venesuela , Braziliya , Meksika ), milliy asosdagi federatsiya ( Hindiston , Belgiya , Nigeriya , Pokiston ) va aralash milliyhududiy asosdagi federatsiya ( Rossiya Federatsiyasi , Shveysariya , Kanada ) farqlanadi. Konstitutsiyaviy huquq nazariyasida, shuningdek, ba?zan konstitutsiyaviy federatsiya (AQSH, Kanada, Braziliya ), konstitutsiyaviy shartnomaviy federatsiya (Rossiya Federatsiyasi) va shartnomaviy federatsiya (Shveysariya, Birlashgan Tanzaniya Respublikasi , BAA ), markazlashgan (Hindiston, bu yerda bitta shtatdan boshqa shtatlar o?z konstitutsiyasi va fukaroligiga ega emas) va markazlashmagan federatsiya (AQSH, GFR, Shveysariya) o?rtasidagi farq ko?rsatib o?tiladi.

Jahonda 21 ta federativ davlat bor (2005); xalkaro yoki milliy jamoat tashkiloti (Xalkaro shaxmat Federatsiyasi).

Yana qarang [ tahrir | manbasini tahrirlash ]