한국   대만   중국   일본 
Fantastika - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Fantastika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
"Ajoyib hikoyalar" ilmiy-fantastik jurnalining tasviri, 1926 yil dekabr.

Fantastika yoki taxayyulot ( qadimgi yun. phantastike ? xayolan tasvirlash san?ati) ? badiiy san?at turi. F. realizm va naturalizm yo?nalishidagi san?at, adabiyotlarning aksi. Ayrim o?rinda F. realizm bilan ham qo?shilib ketadi. F.ning shakli mifologik tushunchalarni, ertaklarni tasvirlashda ko?rinadi. Inson tasavvurida hayron qoldirarli xayoliy obrazlar va hodisalar, to?qima holatlar, ajoyibotlar olami badiiy asarda voqelikka, hayot haqiqatiga qarama-qarshi qo?yib tasvirlanadi. F.ning adabiyot, san?atning boshqa tur va janrlaridan farqi shuki, uning tasvir sohasi amalda mavjud bo?lgan hayot emas, balki turmush haqidagi umumiy tasavvurdan kelib chiqadigan hayotdir. Shuning uchun hamma narsa va hodisalar jiddiy o?zgargan, bo?rttirilgan, taajjublantiradigan darajada bo?ladi. F.ning maqsad va vazifalari faqat inson orzusini emas, balki kelajakda kutiladigan xatardan ogoh qilish, estetik zavq berish hamdir. F. ko?pincha xalq og?zaki ijodida uchraydi. Lof, latifalar va dostonlarda F.ni o?ta bo?rttirilgan shaklda kuzatish mumkin (" Alpomish ", " Go?ro?g?li ", " Manas " va boshqalar). Gomerning "Illiada" dostoni, M. Servantesning " Don Kixot " asari, F. Rablening "Gargantyua yoki Pantagryuel" hajviy asari, J. Sviftning " Gulliverning sayohatlari ", A. Dantening " Ilohiy komediya "si, M. Tvenning " Tom Soyerning sarguzashtlari ", Gyotening " Faust ", M. Bulgakovning "Ityurak" va boshqa asarlari F. yo?nalishining ajoyib namunalari sanaladi. K. Chukovskiyning ertaklari, A. Kazansevning "Yonuvchi orol", A. Grinning "Alvon yelkanlar" asarlari, X.K. Andersenning ertaklari ham kattalarga va bolalarga moye F. janrida yozilgan. Hozirgi zamon chet el badiiy F.sining namoyandalari sifatida yaponiyalik Kobo Abe , amerikalik Ayzek Azimovni , polshalik Stanislav Lem va boshqalarni ko?rsatish mumkin. F. nafaqat adabiyotni, balki faylasuflarning yirik ijodiyotini ham tashkil qiladi. F.da obrazlar ko?p hollarda yaxlit mazmunda bo?lsa, yana ayrim o?rinlarda ramziy ma?no kasb etadi. Hozirgi zamon o?zbek adabiyotida T. Malikning "Hikmat afandining o?limi", T. Hobilovning "Oyga safar", X. To?xtaboyevning " Sariq devni minib ", "Sariq devning o?limi", Hojiakbar Shayxovning " Rene jumbog?i " asarlari F. janrida yaratilgan. F. badiiy adabiyotdan tashqari folklorda, falsafiy utopiyada, kino va teatrda, tasviriy san?atda ham mubolag?ali bo?rttirish bilan aks ettiriladi. F. syujet qurilmalari va ramziy ma?nolarda ifodalanar ekan, muallifning yoki bir davrning dunyoqarashi, turmush tarzi va undagi muammolar mo??jizali, g?ayritabiiy shaklda tasvirlanadi.

19?20-asrlarda ilmiy F. taraqqiy etdi. Ilmiy F.ning asosiy vazifasi ? kelajakni bashorat qilib, badiiy ifodalashdan iborat. Asosiy tasvir usuli ? fikriy eksperiment (tajriba). 20-asrda ilmiy F.ning ravnaqi jamiyat taraqqiyotida fan va texnikaning tobora o?sib berayotganligi bilan bog?liq. Shartli ravishda ijtimoiy upotiya va "antiutopiya" janrlari, falsafiy, "maishiy", yumoristik, "texnik" janrlar farqlanadi. Ilmiy F. umumadabiy va o?ziga xos tasviriy vositalardan foydalanadi.

Ilmiy F.ning asoschilari ? F. Bekon (16-asr), Berjerak, F. Gadvin (17? 18-asrlar). 19-asrda fransuz fantasti J. Vern shuhrat topdi. Uning "Ajoyib sayohatlar" turkum romanlaridan "Kapitan Grantning bolalari", "Yer yuzi bo?ylab 80 kunlik sayohat", "Kapitan Gatterasning sarguzashtlari" keng tarqalgan. Ingliz yozuvchisi G. Uells "Zamon mashinasi", "Ko?zga ko?rinmas odam", "Dunyolar kurashi" romanlarida ilmiyfantastik vosita bilan katta ijtimoiy masalalarni o?rtaga qo?ygan. Sharq xalqlari og?zaki va yozma adabiyotida ilmiy F. mavzui qad. zamonlardan beri salmokli o?rinni egallab kelgan. " Ming bir kecha " turkumiga kirgan hikoyalarda, o?zbek fantastik ertaklarida ilmiy F.ga xos xususiyatlar mavjud. Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonidagi "oynai jahonnoma" haqidagi epizodlar, "Saddi Iskandariy"dagi Mallu tilsimiga qarshi kurash bobi ilmiy F.ning yaxshi namunalaridir. Hozirgi zamon o?zbek adabiyotida ilmiy F.ga xos yo?nalish ko?proq hikoya va ocherklarda ko?rinmoqda.

Adabiyot [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Kagarlitskiy Yu.Sh., Gerbert Uells, M., 1963;
  • Ilenkov E. V., Ob esteticheskoy prirode fantazii, v sb.: Voprosi estetiki, vip. 6, M., 1964.