한국   대만   중국   일본 
Faner - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Faner

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Faner (frans. fournir ? ustmaust qo?ymoq) ? yupqa yog?och shponlar (qatlamlar)ni qatlamqatlam qilib yopishtirib tayyorlangan qurilish materiali. F. shponlari yog?och g?o?lalarni tarashlab yo?nish, arralab tilish va sidirib shilish usullarida tayyorlanadi. G?o?lani sidirib shilish usuli keng tarqalgan. Bu usulga ko?ra, bug?langan yoki qaynatilgan gula maxsus stanok shpindellariga qistirib aylantiriladi. G?o?la o?qiga parallel o?rnatilgan uzun tig? (pichoq) aylanayotgan g?o?laga yaqinlashtirilsa, undan yupqa qatlam (shpon) shilinib ajralib chiqadi. Hosil bo?lgan qatlam bo?laklab qirqiladi va quritiladi. Qurigan shponlar qatlamqatlam qilib yelimlanadi. F. qatlamlari qayin, qayrag?och, qarag?ay, dub va boshqa daraxt g?o?lalaridan tayyorlanadi. F.ning tunuka qoplangan, o?tga va suvga chidamli xillari ham bo?ladi. Ishlab chiqariladigan F.ning standart qalinligi 1 ? 19 mm, eni va bo?yi 725?2440 mm ni tashkil etadi. F. qurilish, avtomobilsozlik, vagonsozlik, kemasozlik, samolyotsozlik, mebel sanoati, televizorlar ishlab chiqarish va boshqalarda qo?llanadi (qarang Yog?ochsozlik sanoati ).