Fan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hayotning genetik asosi bo?lmish DNK .

Fan yoki ilm-fan ilmiy metod bilan to?plangan bilimlarning tartibli tizimidir.

FAN ? dunyo xaqidagi bilimlar sistemasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri. U yangi bilimlarni egallash bilan bog?liq faoliyatni ham, bu faoliyatning mahsuli ? olamning ilmiy. manzarasi asosini tashkil etuvchi bilimlarni ham o?z ichiga oladi; inson bilimlarining ayrim sohalarini ifodalaydi. F.ning bevosita maqsadi o?zining urganish predmeti hisoblangan voqelikning qonunlarini kashf etish asosida shu voqelikning jarayon va hodisalarini ta?riflash, tushuntirish, oldindan aytib berishdir.

F.ning ilk kurtaklari kishilik jamiyatining paydo bo?lishi bilan boglik holda maydonga kelgan. Dastlabki bilimlar amaliy xarakterga ega bo?lgan. Tafakkur sistemasining kurtaklari mifologiya sifatida qad. Sharq va Yunonistonda paydo bo?la boshlagan. Mifologiya F.ga o?tish bo?sag?asida ma?lum bosqich vazifasini bajargan. Rivojlanish davom etishi bilan mifologiya o?rnini naturfalsafa egalladi. Avestoyaa mifologiya va fan unsurlari bor edi. Zenon, Demokrit, Aristotel va boshqa kadimgi zamon mutafakkirlari tabiat, jamiyat va tafakkurni goho birgalikda, goho ayrimayrim ravishda bayon etishga urina boshladilar. Dunyoni bir butun, deb ifodalovchi tushunchalar, isbotlash usuli paydo bo?ldi. Ellinizm davrida Yevklid, Arximed, Ptolemey tomonidan geom., mexanika, astronomiya sohasida dastlabki nazariy sistemalar yaratildi. O?rta asrda Sharq olimlari F.ga ulkan hissa qo?shdilar. Ular qad. fan yutuqlarini, ilmiy asarlarni saqlash, tarjima qilish va ularni tarqatish masalasiga katta e?tibor berdilar. Ayni vaqtda F.ni yangi yutuklar bilan boyitdilar, yangi kashfiyotlar qildilar. O?rta Osiyoning buyuk olimlari ilmfanning yangi tarmoqlarini yaratdilar va yangi qonunqoidalarni kashf etdilar. Muhammad alXorazmiy tenglamalar haqidagi F. sifatida algebra va to?ng?ich algoritmparni yaratdi, astronomiya sohasidagi bilimlarni algoritmik usulda ifodalab berdi. Axmad al Farg?oniy astronomiyaga sistema tarzini berdi, matematik geogr. va geodeziyaga oid stereografik proyeksiyalar nazariyasini yaratdi. Hamid Xo?jandiy (10-asr) kub tenglamalar nazariyasini chuqurlashtirdi. Mahmud Koshg?ariy o?z davrining qomusi bo?lgan "Devonu lug?otit turk"ni yozdi. Abu Rayhon Beruniy geodeziya, mineralogiya, farmakognoziyani yaratdi. Abu Ali Ibn Sino tabobatning ilmiy zaminini qo?ydi (11-asr) Ulug?bek, G?iyosiddin Koshiy, Ali Kushchi sonlar nazariyasiga muhim hissa qo?shdilar va kuzatish astronomiyasini yuqori pog?onaga ko?tardilar (15-asr). Yevropada Uyg?onish davri arafasida, 12-asr boshlaridan alXorazmiy, Ibn Sino, alKindiy, Ibn Rushd va boshqalarning asarlari lotin tiliga tarjima qilina boshladi. Leonardo da Vinchi, R.Bekon, T.Gobbs, N.Kopernik, J. Bruno, G.Galiley, I.Kepler, R.Dekart kabi olimlar tabiat haqidagi F.larni rivojlantirdilar. Astrologiya o?rnini astronomiya, alkimyo o?rnini kimyo egalladi.

Yangi davr deb ataluvchi zamonda F.ning ijtimoiy roli yanada oshdi. U madaniyatning muhim tarmog?i va texnikaning nazariy asosiga aylana boshladi. 16?17-asrlarda klassik fizikaning poydevori qurildi. F.ning nazariya darajasiga ko?tarilganligi tafakkurning induktiv va deduktiv rivojlanishiga yo?l ochib berdi. Mavjud ilmiy faktlar I.Nyuton tomonidan dinamikaning asosiy qonuni sifatida ta?riflandi. Bu umumlashtirilgan qonundan 16?19-asrlarda xususiy qonuniyatlar kashf etildi. Lagranj, Eyler, Gauss va boshqa ijodi mexanikani moddiy nuqtalar sistemasi tarzida shakllanishiga olib keldi. Mexanika F.i shu darajada mantiqiy rivojlandiki, har xil soha olimlari unga havas qila boshladilar va uning isbotlangan qonuniyatlaridan boshqa sohalarda ham foydalanish harakatiga tushdilar.

Sanoatda tub o?zgarishlar yuz berishi (18-asr oxiri) tufayli F.ning taraqqiyotida yangi bosqich boshlandi. 19-asrda fizikada yangi F.lar (termodinamika, klassik elektrodinamika) paydo bo?ldi, biol.da evolyutsion ta?limot va hujayra nazariyasi vujudga keldi, energiyaning saqlanish va o?zgarish qonuni shakllandi, astronomiya va mat.da yangi konsepsiyalar rivojlandi (J.Maksvell, M. Faradey, J. Lamark, Ch.Darvin, T.Shvann, M.Shleyden va boshqalar). Geom. sohasida inqilobiy ta?limot yaratildi: asrlar davomida hukm surib kelgan Yevklid geometriyasi yagona emasligi, balki noyevklid geom.lar ham borligi N.Lobachevskiy tomonidan bayon etildi va keyinchalik isbotlandi. DM.Mendeleyevning davriy sistemasi xar xil kimyoviy elementlar orasidagi ichki boglanishni ifodaladi. Mat. va fizikada 20-asrda ham katta yutuklar qo?lga kiritildi, texnika F.larida radiotexnika, elektronika kabi sohalar paydo bo?ldi. F. va texnikaning yanada rivojlanishiga ta?siri borgan sari ortib borayotgan kibernetika vujudga keldi. Fizika va kimyo F.laridagi muvaffaqiyatlar hujayralardagi biologik jarayonlarni yanada chuqurroqo?rganishga imkon berdi, bu hol qishloq xo?jaligi va tibbiyot F.larining rivojlanishiga olib keldi. F.ning ishlab chiqarish bilan yaqin hamkorligi yuz berib, uning ijtimoiy xayot bilan aloqalari mustahkamlana boshladi. Hozirgi F.lar fantexnika inkilobinnng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

F. tizimi umuman kuyidagi katta guruhlarga bo?linadi: tabiiy F.lar, gumanitar F.lar, texnika F.lari va ijtimoiy F.lar. Bu guruhlarning har qaysisidan juda ko?p mustaqil F. sohalari ajraladi. Mustaqil F.lar bir-biriga bog?liq sohalarda ilmiy izlanishning yirik va istiqbolli muammolarini yechishga to?g?ri keladi, bu hol hrz. paytda fanlararo va kompleks tadqiqotlarni keng avj oldirishni taqozo etadi. Tabiatni muhofaza qilish muammosi bunga yaqqol misol bo?la oladi. Bu muammo texnika F.lari, Yer to?grisidagi F.lar, biol? mat., tibbiyot, iqtisodiyot va boshqalar bilan qo?shilib ketgan. Bu xildagi ilmiy va ilmiytexnik muammolarni hal qilish uchun xoz. fanlarda tadqiqotlarni dasturiymaqsadli tashkil etish metodi keng qo?llaniladi. Ilmiy tadqikrtlarni 2 ga: fundamental va amaliy tadqiqotlarga ajratish qabul qilingan. Tabiat, jamiyat, tafakkurga xos qonunlarni bilib olish fundamental tadqiqotlarning, bu tadqiqotlar natijalarini bilim orttirish va ijtimoiyamaliy muammolarni hal qilish uchun qo?llash amaliy tadqiqotlarning vazifasidir. Fundamental tadqiqotlar, odatda, amaliy tadqiqotlardan oldinda boradi va ular uchun nazariy asos yaratadi. Fundamental va amaliy tadqiqotlar o?rtasidagi o?zaro bog?liqlikni mustahkamlash, ilmiy yutuqlar natijalarini amaliyotga tezroq joriy etish ? hozirgi davr F.i uchun muhim vazifalardan biridir.

Hozirgi davrda F. jamiyat taraqqiyotini olg?a siljituvchi kuch va vosita bo?lib qolayotganligini kuzatish mumkin. Xalq va millat dunyoqarashini shakllantirish, ta?limtarbiya, axloq normalarini vujudga keltirish, ma?naviy barkamol insonni tarbiyalashda F. alohida o?rin tutmoqda.

Mustaqillik sharoiti Uzbekistonda F.ning rivojiga katta ijobiy ta?sir ko?rsatdi. Avvalo, F.imiz strukturasi keskin o?zgardi: ma?naviy F.lar hisoblanuvchi tasavvuf ilmi tiklandi, hadis bilimlariga yo?l ochildi, binobarin, ziyolilarimiz, talabalarning ruhiy dunyosi ancha boyidi, yangi oliy o?quv yurtlari, universitetlar tashkil qilindi; ilm ahli chet eldagi olimlar bilan mustah.kam ijodiy aloqalar o?rnatdi. Buning natijasida tabiat va texnikatexnologiya haqidagi F.larimiz xam jahon andozasi darajasiga ko?tarila boshladi. Olimlarimiz ilmfanning dolzarb sohalarida tadqiqotlar olib borishga kirishdilar. Tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni matematik modellash, informatika va hisoblash texnikasi qamda ehtimollar nazariyasi sohasidagi, geologik jarayonlarning qonuniyatlarni, molekulyargenetik, genhujayra sohasidagi, tibbiyot, qishloq xo?jaligi, paxta seleksiyachiligidagi, moddalarning kompleks fizikaviykimyoviy xossalarini o?rganish bilan bog?liq, energiyaning noan?anaviy turlarini yaratish ? Quyosh energiyasini kompleks va samarali suratda boshqa turdagi energiyaga aylantirish borasidagi tadqiqotlar ana shular jumlasidandir.

Omonulla Fayzullayev.

Fan sohalari uch katta qismga ajratilib ko?rsatiladi:

Fan empirik yo?l bilan olingan ma?lumotlarni ( faktlarni ) kuzatiladigan u yoki bu hodisani izohlash uchun tartiblaydi, bunday tartib gipoteza deyiladi. Gipoteza hodisani izohlash uchun yetarli bo?lsa hamda tegishli isbotlar bilan tasdiqlansa, u nazariyaga aylanadi.

Ilm-fan haqida iqtiboslar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ingliz faylasufi Francis Bacon ilm-fan haqida shunday degan:

"Ilm-fan haqiqatni aks ettirishdan boshqa narsa emas" [1]

VikiIqtibos
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda
Fan haqida sahifa mavjud.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]