한국   대만   중국   일본 
Evtanaziya - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Evtanaziya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
   Foal qonuniy evtanaziya
   Nofoal qonuniy evtanaziya
   Foal noqonuniy evtanaziya, evtanaziya tartibga solinmagan
   Evtanaziyaning barcha noqonuniy shakllari

Evtanaziya ( grekcha : ευ- ? yaxshi “ + θ?νατο? ?o?lim“ baxtli, azobsiz o?lim ) ? turli harakatlar yoki uskunalar bilan bemorning hayotini sun?iy yo?l bilan ushlab turgan qurilmalar ishini to?xtatish orqali bemorning o?z o?limini tezlatish haqidagi iltimosini qanoatlantirish. Ko?p hollarda evtanaziya bemorning iltimosiga ko?ra amalga oshiriladi. Agar bemor og?ir ahvolda bo?lsa uning yaqin qarindoshlari qaror chiqarishi mumkin. Evtanaziyaga ko?p davlatlarda ruxsat bor. O?zbekiston da evtanaziya qo?llash ta?qiqlangan va bu mavzu haqida bahslar davom etmoqda.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

"Evtanaziya" atamasini birinchi bo?lib XVI asrda faylasuf Frensis Bekon tomonidan ?oson o?lim“ ni ta?riflash uchun ishlatilgan. Ikkinchi jahon urushi dan oldin evtanaziya g?oyasi bir qator Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan edi. O?sha paytda evtanaziya va evgenika Yevropa mamlakatlari tibbiy doiralarida mashhurlikka erishadi, ammo natsistlarning T-4 dasturi kabi dasturlari uzoq vaqt davomida bu g?oyalarni obro?sizlantirdi.

Turlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Evtanaziyaning ikki xil turi mavjud: faol va passiv evtanaziya.

Faol evtanaziya  ? ahvoli og?ir uzoq vaqt surunkali kasalliklar bilan og?rib kelayotgan va xavfli o?sma ( saraton ) kasalligi bilan og?rigan bemorlarda ma?lum vosita va harakatlar orqali o?limni tezlashtirish. Faol evtanaziyada bemorning o?limi tezlik bilan keskin ravishda ijro qilinadi. Passiv evtanaziyada esa bu jarayon ma?lum vaqt davom etadi.

Passiv evtanaziya ? bunda bemorga taqdim etilayotgan davo choralari to?xtatiladi. O?limgacha bo?lgan vaqtni tezlashtiriladi.

  1. Bundan tashqari, evtanaziyaning ixtiyoriy va majburiy turlari ham bor:

Ixtiyoriy evtanaziya ? Chidab bo?lmas azob-uqubat tufayli o?z hayotini tugatishni istagan vakolatli bemorning aniq va ixtiyoriy iltimosiga binoan evtanaziyani amalga oshirish ya?ni bemorning talabi, roziligi va iltimosiga ko?ra bajariladi.

Majburiy evtanaziya da bemorning fikri e?tiborga olinmaydi, Odam hushidan ketganda yoki yashash va o?lish o?rtasida mazmunli tanlov qila olmaganida paydo bo?ladi va tegishli shaxs bu qarorni u uchun qabul qiladi.

O?ldirish bemor uchun yaxshilik bo?lishi mumkin(og?ir yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar misol uchun: quturish) .

To?g?ridan-to?g?ri evtanaziya  ? Dori-darmonlarning o?limga olib keladigan dozasini yoki boshqa to?g?ridan-to?g?ri vositalarni yuborish orqali odamning o?limiga olib keladigan qasddan va qasddan qilingan harakat.

O?z joniga qasd qilish  ? Biror kishiga o?z hayotini qasddan tugatish uchun yordam yoki vositalar bilan ta?minlash, odatda o?limga olib keladigan dorilarni buyurish yoki berish.

Evtanaziyaga munosabat [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ko?p davlatlar qatori Niderlandiya ,Shveysariya, Belgiya , AQSH, Lyuksemburg va Kolumbiyada evtanaziyaga ruxsat berilgan, o?z joniga qasd qilish qonuniydir. AQSH ning Oregon, Vashington va Montana shtatlarida ham evtanaziyaga ruxsat etilgan.

Germaniya , Shvetsiya , Hindiston , Isroil, Yaponiya , Kanada va boshqa ba?zi mamlakatlarda muayyan sharoitlarda reanimatsiya yoki evtanaziyada ishtirok etish uchun jazodan mahrum etishga ruhsat beriladi. Bundan tashqari ba?zi davlatlar jiddiy ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlarga evtanaziya o?tkazishga ruhsat bergan (bu majburiy evtanaziyadir).

O?zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida har qanday kasallanish turidan qat?iy nazar bemorlarga evtanaziya usulini qo?llash man etiladi. Hayvonlarga nisbatan (kasallik sabab uy hayvonining joni og?rimasligi uchun) evtanaziyaga ruxsat berilgan.

Bugungi kunda evtanaziya haqida turli qarama-qarshi fikrlar mavjud. Evtanaziya tarafdorlari bu so?zni yoqimli, yengil o?lim deb baholaydilar. Hozirda faqat Niderlandiya evtanaziyani mamlakat miqyosida rasman qonunlashtirgan davlat hisoblanadi.

Yana qarang: [ tahrir | manbasini tahrirlash ]