한국   대만   중국   일본 
Ernst Mach - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Ernst Mach

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ernst Max (Mach) (1838.18.2, Moraviya ? 1916.19.2, Myunxen yaqinidagi Har shahri) ? avstriyalik faylasuf, fizik. Venauntida privatdotsent (1861), Grats untida fizika professor (1864), Pragadagi nemis untida fizika professor va rektor (1867), Vena untida falsa-fa professor (1895?1901). M. fizika va falsafa sohasida yirik tadqiqotlar olib borgan. Uning ilmiy g?oyalari nazariy mexanika, optika, akustika, kosmologiya va bilish nazariyasida salmokli o?rin egallaydi. M. tom ma?noda klassik mexanikaga asoslangan olamning ilmiy manzarasini o?zgartirishga kirishgan jur?atli olimlardan biri. A. Eynshteyn nisbiylik nazariyasini kashf etishda o?ziga Maxning asarlari katta yordam berganligini ta?kidlagan. "Mexanika. Rivojlanishining tarixiytanqidiy ocherki" asarida I. Nyutonning vaqt, fazo va harakat haqidagi qarashlarini tanqidiy tahlil etib, ularning mutlaqyaigi haqidagi g?oyaning biryoqlama ekanligini ilmiy asoslaydi va inersial sistemalarning Koinotning umumiy massasi bilan belgilanishini ta?kidlovchi "Max prinsipi"ni ilgari suradi. Bu prinsip hozirgi zamon kosmologiyasida ham muhim ahamiyatga ega bo?lib, unda fazo-vaqt kontinuumi metrikasi koinotda moddaning taqsimlanishiga bog?liqdigini asoslovchi g?oya mujassamlashgan. Bu g?oya umumiy nisbiylik nazariyasining bugungi kundagi taraqqiyoti uchun ham muhim evristik ahamiyatga egadir.

Max pozitivistik falsafaning 2-bosqichi hisoblangan empiriokrititsizm falsafasining asoschilaridan biri sifatida klassik mexanikaning "absolyut fazo-vaqt" haqidagi tasavvurlariga relyativistik nuqtai nazarni qaramaqarshi qo?yish asosida voqelikni sezgilar majmuasi sifatida talqin etadi. Max tarafdorlari bilish va tajribaning tabiatini, sub?yekt va obyekt muammosini, "narsa", "substansiya" kategoriyalarining xususiyatlarini, voqelikning asosiy "elementlari"ning tabiatini, jismoniylik va ruhiylikning o?zaro munosabati va boshqa shu singari muammolarni yangicha tadqiq etishga kirishishdi. Ularning nuqtai nazaricha, falsafaning vazifasi ilmiy bilish nazariyasini yaratishdan iborat. Mahistlar tabiatshunoslikda 19-asrning oxiri va 20-asrning boshlarida qilingan yirik kashfiyotlar olamning ilmiy manzarasining tubdan o?zgarishiga sababchi bo?lishi bilan bir qatorda "materiya yoki moddiylikning aslida yo?qligini isbotlaydi", degan xulosani yoqlab chiqishdi.

Max sababiyat, zaruriyat, substansiya tushunchalarini "tajribadan" tashqari, "tajribada" bo?lmagan tushunchalar sifatida talqin etgan. Max mansub bo?lgan empiriokratitsizm falsafasi 20-asr arafasida fizikadagi buyuk kashfiyotlarni materializmga tayanmasdan yangicha tushunishga yo?l ochuvchi prin-siplarni ilgari surdi. Ammo bu prin-siplar yangi fizikaning mohiyatini anglash uchun yetarli emas edi, chunki, mikrodunyo hodisalarini makroskopik tarzda talqin etish obyektning asl mohiyatini anglashga to?sqinlik qilardi. Shu sababli pozitivizmning bu ko?rinishi falsafa tarixida o?tkinchi bir hodisa bo?lib qoldi, xolos. Asosiy asarlari: "Sezgilar tahlili", "Mexanika", "Bilish va yanglishish" va boshqalar. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil