한국   대만   중국   일본 
Ellikqal?a tumani - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Ellikqal?a tumani

Koordinatalari : 41°50′37″N 60°54′33″E  /  41.84361°N 60.90917°E  / 41.84361; 60.90917
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ellikqal?a tumani
Ellikqala rayonı
tuman
Tegishli Qoraqalpog?iston
Ma?muriy markazi Bo?ston
Asos solingan sanasi 1977
Rahbari Seydamat Avezov [1]
Xaritada
Ellikqalʼa tumani xaritada
41°50′37″N 60°54′33″E  /  41.84361°N 60.90917°E  / 41.84361; 60.90917

Ellikqal?a tumani ? Qoraqalpog?istondagi tuman. 1977-yil 23-martda tashkil etilgan. Shim.dan Qozog?iston Respublikasining Qizilo?rda viloyati, g?arbdan Beruniy, Taxtako?pir, jan. dan To?rtko?l tumani, sharqdan Navoiy viloyati, janubi-g?arbdan Xorazm viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 5,4 ming km². Aholisi 119,1 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Bo?ston), 12 qishloqfuqarolari yig?ini (Amirobod, Guldursun, Guliston, Navoiy, Oqchako?l, Saribiy, Tozabog?, Sharq Yulduzi, Ellikqal?a, Qizilqum, Qilchinoq, Qirqqiz) bor. Markazi ? Bo?ston shahriTabiati. Tuman relyefi jan.dan shim.ga pasayib yassi tekislikdan iborat bo?lib, bo?r va paleogen davrlarida paydo bo?lgan allyuvial dengiz yotqiziqlarilan tuzilgan. Sayoz chuqurliklar, quruq uzanlar, kichik tepalar ham uchrab turadi. Iqlimi keskin kontinental. Shimoli-sharqdan Sibir sovuq havo massalari yetib keladi. Yanvarning o?rtacha temperaturasi ? 20°, ?30°. Yozda eng yuqori temperatura 42°?45°. Yillik yog?in 100? 200 mm. Vegetatsiya davri 200?220 kun. Tumanning eng katta ko?llari ? Oqchako?l, Dumanqal?a. Tumandagi Amirobod, Qirqqiz, Ellikqal?a, Qozoqcha kanallari To?rtko?l hududidan o?tgan Bog?yop kanalidan suv oladi. Amudaryoda qurilgan nasos stansiyasi Amirobod va Qal?acha ariqlariga suv yetkazib beradi. Ellikqal?a tumani va qo?shni tumanlardagi zax suvlari Qizilqum kollektoridagi Ayozqal?a nasos stansiyasi yordamida Qizilqum yaylovlariga chiqarib tashlanadi. Tuproqlari sho?rxok, qumloq, bo?z tuproq. Yovvoyi o?simliklardan quyonsuyak, selin, yulg?un, yantoq, qirqbo?g?in, sho?ra, qamish o?sadi. Saksovul ham bor. Yovvoyi hayvonlardan bo?ri, bo?rsiq, chiyabo?ri, tulki, quyon, qobon; sudralib yuruvchilardan kaltakesak, ilon uchraydi. Ko?llar chetidagi qamishzorlarda qirg?ovul, o?rdak, g?ozlarning bir necha xili bor.

Aholisi, asosan, o?zbek va qoraqalpoqlar, shuningdek, qozoq, turkman, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining o?rtacha zichligi 1 km²ga 20 kishi. Qishloq aholisi 105,4 ming kishi, shahar aholisi 13,7 ming kishi (2004).

Xo?jaligi. Paxtachiliktuman qishloq xo?jaligi dagi yetakchi tarmoq. Chorvachilik, ipakchilik, bog?dorchilik, polizchilik ham rivojlangan. Ellikqal?a tumanida shirkat, dehqon, fermer xo?jaliklari faoliyat ko?rsatadi. Sug?oriladigan yerlarga paxta, don, kartoshka, poliz, sabzavot, ozuqa ekinlari ekiladi. Tuman jamoa va shaxsiy xo?jaliklarida 44,9 ming qoramol, 67,2 ming qo?y va echki, 2 mingga yaqin yilqi, shuninglek, tuya bor. Tumanda 1,1 ming kichik ia urta biznes subyekti faoliyat ko?rsatadi. O?zbekiston ? Avstraliya ? Bangladesh ?YUNIVER“ (jinsi matosidan kiyimkechak tikiladi), O?zbekiston ? Lixtenshteyn ?Medikal kotton interneyshnl“ (tibbiyot momig?i ishlab chiqariladi), O?zbekiston ? Rossiya ?ElRosles“ qo?shma korxonalari, araqvino zavodi (Bo?ston) va sutni qayta ishlash sexi mahsulot bera boshladi. ?Ellikqal?a oltin tola“, ?Elnur“, ?Elteks“ aksiyadorlik jamiyatlari ham faoliyat ko?rsatadi. ?Ellikqal?a“ neft bazasi, moliyabiznes markazi, supermarket, 2 minimarket, ?Otalar choyxonasi“, g?isht zavodlari va boshqalar qurilish tashkilotlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko?rsatish shoxobchalari bor.

Tumanda 66 umumiy ta?lim maktabi (30 mingdan ziyod o?quvchi), akademik litsey (500 ga yaqin o?quvchi), 4 kasb-hunar kolleji (2500 dan ortiq talaba), 7 iste?dodli bolalar maktabi (1 mingga yaqin o?quvchi) ishlab turibdi (2004). Markaziy kutubxona va uning 31 ta tarmog?i, alXorazmiy, Yoshlar xiyobonlari, madaniyat va istirohat bog?i, 12 klub muassasasi, san?at saroyi, ?Ayozqal?a ?Tur“ sayyohlik firmasi bor. Ellikqal?a tumanida har yili Otajon Xudoyshukurov xotirasiga bag?ishlangan yosh qo?shiqchilar respublika ko?riktanlovi o?tkaziladi. Markaziy stadion (20 ming o?rin), 3 tennis korti, 19 futbol maydonchasi, 28 sport zali, 35 kichik futbol, 68 voleybol, 43 basketbol, 22 qo?l to?pi maydonchalari, sog?lomlashtirish sport markazi, 3 bolalar sport majmuasi mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, tug?ruqxona, qishloq vrachlik punktlari, poliklinika, ?Javhar“ xususiy tibbiy markazi va boshqalar tibbiy muassasalar ishlab turibdi. ?Gulshan“ bolalar oromgohi, 3 sovyumlashtirish sanatoriysi, ?Orol bolalari“ xalqaro o?quv sog?lomlashtirish markazi faoliyat ko?rsatadi. ?Ustozga ehtirom“ me?morlikhaykaltaroshlik majmuasi bor. Tuman hududidan Uchquduq ? Nukus temir yo?l o?tadi (Ellikqal?a stansiyasi). Bo?ston ? Beruniy, Ellikqal?a ? Saribiy, Ellikqal?a ? Qirqqiz, Ellikqal?a ? BuxanMerey yo?nalishlari bo?yicha asfalt yo?llar yetkizilgan. Ellikqal?a tumani hududida qadimiy Tuproqqal?a, Qavatqal?a, Ellikqal?a, Qirqqizqal?a, Qo?rg?oshinqal?a, Guldursun qal?asi va boshqalar bor. 1978-yil 1-apreldan ?Davr ko?zgusi“ tuman gaz. nashr etiladi.


Ellikqal?a tumani ( qoraqalpoqcha : Ellikqala rayonı, Эллик?ала районы ) ? Qoraqalpog?iston ( O?zbekiston ) tarkibidagi ma?muriy birlik . Ma?muriy markazi ? Bo?ston shahri.

2011-yil 1-yanvar holatiga tuman tarkibiga quyidagilar kiradi [2] :

  • tumanga bo?ysunuvchi shahar
  1. Bo?ston
  • Qishloq fuqarolar yig?inlari
  1. Aqchako?l
  2. Amirobod
  3. Guliston
  4. Guldirsin
  5. Do?stlik
  6. Navoiy
  7. Kilchinak
  8. Qizilqum
  9. Qirqqiz
  10. Soribiy
  11. Tozabog?
  12. Sharq-yulduzi
  13. Ellikqal?a

Ellikqal?a tumani 1977-yil tashkil topgan [3] .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. ЭЛЛИК?АЛЪА ТУМАНИ ?ОКИМЛИГИ
  2. SOATO Ma?muriy-hududiy birliklarni belgilash tizimi , 28?avgust 2012?yilda asl nusxadan arxivlandi , qaraldi: 4?yanvar 2013?yil {{ citation }} : CS1 maint: date format ()
  3. Butundunyo tarixiy loyihasi