한국   대만   중국   일본 
Elektr maydon - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Elektr maydon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Elektr maydon ? elektr zaryadlar yoki o?zgaruvchan magnit maydon hosil qilgan fizik maydon. Vaqt bo?yicha o?zgarmaydigan Elektr maydon elektrostatik maydon ). Elektr maydon tushunchasini birinchi bo?lib M. Faradey 19-asr 30-yillarida kiritgan. Elektr maydon materiyaning maydon ko?rinishidir. Materiyaning har qanday o?zgarishlari, ularning o?zaro ta?sirlari vaqt oralig?ida va fazoda ro?y beradi, har qanday fizik ta?sir faqat chekli tezlik bilan tarqaladi. Elektrlangan jismlarning bir-biriga ta?siri, ularning harakati Elektr maydonlari tufaylidir. Elektr zaryadlar bir-biriga bevosita emas, balki bilvosita ta?sir etadi. Har bir zaryad d o?z atrofidagi fazoda Elektr maydon harakat qiladi va shu maydon orqali boshqa maydonga ta?sir etadi. Demak, Elektr maydonning asosiy xususiyatlaridan biri mavjud bo?lgan Elektr maydonga zaryad kiritilganda unga G? kuch ta?sir etishidir. Elektr maydon elektr maydon kuchlanganligi Yo va maydon potensiali f bilan tavsiflanadi. Elektr maydon kuchlanganligi maydonning kuch xarakteristikasi bo?lib, u miqdor jihatdan maydonning muayyan nuqtasidagi birlik musbat zaryadga maydon tomonidan ta?sir etadigan elektr kuchlanishi bilan o?lchanadi. Kuchlanish vektor kattalik bo?lib, yo?nalishi musbat zaryadga ta?sir etuvchi kuch yo?nalishi bilan bir xil. Barcha nuqtalarda Elektr maydon kuchlanganligi ham yo?nalish, ham miqdor jihatdan bir xil bo?lgan magnit maydon bir jinsli maydon deb ataladi. Maydon potensiali skalyar kattalik, u Elektr maydonning energetik xarakteristikasi hisoblanadi. Elektr maydonni yaqqol tasavvur qilish maqsadida elektr kuch chiziqlari va ekvipotensial sirt tushunchalaridan foydalaniladi. Har bir nuqtasida Ye vektor o?ziga urinma bo?lgan chiziqni elektr kuch chizig?i deyiladi. Elektr kuch chiziqlari Elektr maydonni faqat yaqqol tasvirlabgina qolmay, balki ularning zichligi orqali Ye ni baholash mumkin. Kuch chiziqlari zich o?tkazilgan joylarda kichik bo?ladi. Bir jinsli maydonning kuch chiziqlari o?zaro parallel yotadi. Hamma nuqtalarida potensial qiymati bir xil bo?lgan sirtlar ekvipotensial sirtlar deyiladi. Bir jinsli Elektr maydon uchun ekvipotensial sirtlar o?zaro parallel tekisliklardagi, nuqtaviy zaryad maydoni uchun markazi zaryad ustida yotgan konsentrik aylanalardan iborat.

Yana q. [ tahrir | manbasini tahrirlash ]