El Salvador

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
El Salvador Respublikasi
Republica de El Salvador
Shior Dios, Union, Libertad
(Ispancha: Hudo, Ittifoq, Ozodlik)
Madhiya :   Himno Nacional de El Salvador
El Salvador Davlat Madhiyasi
Location of El Salvador
Poytaxt San Salvador
Rasmiy til(lar) Ispancha
Hukumat Prezidentlik Respublika
Mauricio Funes
Mustaqillik ( Ispaniyadan )
? Sana
15-sentabr 1821
Maydon
? Butun
21,040 km 2 ( 152-o?rin )
? Suv (%)
2.5
Aholi
? 2002-yilgi ro?yxat
6,704,932 ( 99-o?rin )
Zichlik 318/km 2
YIM   ( XQT ) 2005-yil ro?yxati
? Butun
AQSh$ 34,150 mil. ( 91-o?rin )
? Jon boshiga
AQSh$ 5,093
Pul birligi AQSh Dollar ( USD )
Vaqt mintaqasi UTC ?6
? Yoz ( DST )
UTC ?6
Qisqartma ES
Telefon prefiksi 503
Internet domeni .sv

Salvador (Salvador), El Salvador Respublikasi ( isp. Republica de El Salvador) ? Markaziy Amerikada , Tinch okeani sohilida joylashgan davlat. Maydoni 21,4 ming km 2 . Aholisi 6,9 mln. kishi (2009). Poytaxti ? San-Salvador shahri. Ma?muriy jihatdan 14 departament (departamento)ra bo?lingan.

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Salvador ? respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1983-yil dekabrda qabul qilingan, unga 1991-yil tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshlig?i ? prezident, u umumiy to?g?ri ovoz berish yo?li bilan 5 yil muddatga saylanadi va navbatdagi muddatga qayta saylanish huquqiga ega emas. Qonun chiqaruvchi organi ? Qonun chiqaruvchi majlis (bir palatali parlament). Ijrochi hokimiyatni prezident va u tayinlaydigan vazirlar amalga oshiradi.

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Salvador tog?li mamlakat, uning katta qismini 600?700 m balandlikdagi vulkan tog?lari egallaydi (eng baland joyi SantaAna vulkani, 2381 m). Janubida Tinch okean sohili bo?ylab 10?30 km kenglikdagi pasttekislik cho?zilgan. Tez-tez zilzila bo?lib turadi. Oltin , kumush , rux , qo?rg?oshin , mis va temir ruda, ohaktosh, gips , oltingugurt , tuz konlari bor. Iqlimi tropik, passatli. O?rtacha oylik temperatura San Salvador shahrida 21?22 °C. Yillik yog?in 1500?1800 mm, shimolda 2500 mm, tektonik botiqda 600?700 mm. Qisqa, jo?shqin daryo, vulkanli ko?llar ko?p. Asosiy daryosi ? Lempa. Asosan, jigarrangqizil ferralitlashgan tuproqlar tarqalgan. Tabiiy tropik o?simliklari deyarli yo?q qilib yuborilgan, tog?larda qarag?ay va eman o?rmonlari saqlangan, ikkilamchi savanna maydonlari bor. Qushlar, sudralib yuruvchilar va hasharotlar ko?p. Montekristo, El Imposible milliy bog?lari bor.

Aholisi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Aholisi, asosan, salvadorliklar; ularning ko?pchiligi ispanindeys metislari. Rasmiy til ? ispan tili . Dindorlari, asosan, katoliklar . Aholining 55% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari ? San-Salvador , Santa-Ana , San-Migel .

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

7-asrgacha Salvador hududida indeyslarning mayya, naxua qabilalari yashagan. 16-asrda mamlakat g?arbi va markazini indeyslarning pipil, sharqini esa lenka qabilalari egallagan. 1524-yildan 1821-yilgacha Ispaniya mustamlakasi. 1560-yildan Gvatemala general kapitanligi tarkibida bo?lgan. Amerikadagi ispan mustamlakalarining 1810?26 yillardagi mustaqillik uchun urushi davomida 1821-yil mustaqillikka erishdi. 1823?39 yillarda Markaziy Amerika Qo?shma provinsiyalari tarkibida, 1841-yildan mustaqil davlat. Mamlakatda o?tkazilgan islohotlar natijasida iqtisodiyot rivojlanib, 19-asr oxiri ? 20-asr boshlarida sanoat korxonalari barpo etila boshladi. Birinchi jahon urushi arafasida dastlabki ishchi tashkilotlari, kasaba uyushmalari vujudga keldi. 1931-yil mamlakatda davlat to?ntarishi bo?lib, terrorchi diktatura o?rnatildi va u 1932-yil A. Farabundo Marti boshchiligidagi qo?zg?olonni bostirdi. Salvador ikkinchi jahon urushi vaqtida 1941-yildan fashizmga qarshi koalitsiyaga qo?shildi. 1944-yilgi yalpi ish tashlash natijasida diktatura ag?darib tashlandi. 1969-yil Salvador hukmron doiralari Gondurasga qarshi urush boshladi. 5 kun davom etgan urush mamlakat iqtisodiyotiga putur yetkazdi. Bir necha yil mobaynida Salvadorda siyosiy beqarorlik hukm surdi, 1979-yil hokimiyatni qo?lga olgan harbiy xunta xalqni qirg?in qilish siyosatini o?tkazdi. 3 yil davomida 40 mingdan ko?proq kishi o?ldirildi, 100 mingdan ortiq kishi vatanni tark etdi. 1980-yil Farabundo Marti nomidagi milliy ozodlik fronti tashkil etildi. 1980?92 yillarda xuntaga qarshi fuqarolar urushida 75 mingga yaqin kishi qurbon bo?ddi, 1 millionga yaqin kishi qochoqqa aylandi. Nihoyat, 1991-yil yanvarda sulh shartnomasi tuzilib, demokratik rivojlanish yo?liga o?tildi. 1994-yil umumiy saylov o?tkazildi, unda barcha siyosiy partiyalar ishtirok etdi. Salvador ? 1945-yildan BMT a?zosi. Milliy bayrami ? 15-sentysbr ? Mustaqillik kuni (1821).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Millatchi respublikachilar ittifoqi, 1981-yil tuzilgan; Milliy yarash partiyasi, 1961-yil tashkil etilgan; Salvador xalq partiyasi, 1966-yil asos solingan; Farabundo Marti nomidagi milliy ozodlik fronti, Siyosiy partiya sifatida 1992-yil ro?yxatga olingan; Xristiandemokratik partiya, 1960-yil tuzilgan. Kasaba uyushmalari umumiy konfederatsiyasi, 1958-yil tashkil etilgan; Umumiy mehnat konfederatsiyasi, 1983-yil tuzilgan; Salvador unitar kasaba uyushma federatsiyasi, 1965-yil asos solingan.

Xo?jaligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

S. ? agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo?jaligi ulushi 15%, sanoatning ulushi 24%, xizmat ko?rsatish sohasi 61%. Aholining aksariyati qishloq xo?jaligida band. Yirik tovar xo?jaliklari bilan bir qatorda mayda dehqon xo?jaliklari ham bor. Dehqonlarning ko?pchiligi yersiz. Q.x.ga yarokli yerlarning 50% da dehqonchilik qilinadi. Asosiy eksport ekinlari: kofe (dunyoda 6o?rin), paxta, shakarqamish; oziq-ovqat ekinlaridan makkajo?xori, oq jo?xori, loviya, sholi, sabzavot, mevalar; texnika ekinlaridan xeniken, kunjut, indigo, tamaki yetishtiriladi. Chorvachiligi zaif. Qoramol, cho?chqa boqiladi, baliq ovlanadi. O?rmonlarda yog?och tayyorlanadi, balzam olinadi.

Sanoati sust rivojlangan. Oz miqdorda oltin va kumush, qo?rg?oshin, rux va mis rudalari, ohaktosh, gips qazib olinadi. I.ch. sanoati kofe, qandshakar, sholi oklash, un, yog?, vino, to?quvchilik, ko?npoyabzal, yog?ochsozlik, oyna korxonalaridan iborat. Neft haydash, metallurgiya, mashinasozlik (avtoyig?uv), kimyo, sement, sellyuloza zavodlarining ayrimlari chetdan keltirilgan xom ashyo va chala tayyor mahsulotlar asosida ishlaydi.

Kimyo, farmatsevtika, neftni qayta ishlash, yog?ochsozlik, metallurgiya sanoati rivojlanmoqda. Xalq hunarmandchiligi (qo?lda qalpoq, savat to?qish va b.) rivojlangan. Yiliga o?rtacha 3,3 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi, asosan, GES larda hosil qilindi. Temir yo?l uzunligi ? 562 km, avtomobil yo?llari ? 12,3 ming km. Panamerika katta yo?li S. orqali o?tadi. Asosiy dengiz portlari: Akaxutla, LaUnon, LaLibertad. SanSalvador yaqinida Ilaponga xalqaro aeroporti bor. S. chetga kofe, qand xom ashyosi, paxta, kimyoviy mahsulotlar chiqaradi, chetdan mashinauskunalar, keng iste?mol mollari, yoqilg?i va moylash materiallari oladi. AQSH, Markaziy Amerika mamlakatlari, GFR, Yaponiya bilan savdo qiladi. Pul birligi ? Salvador koloni.

Tibbiy xizmati, maorifi va ilmiyma?rifiy muassasalari. Kasalxonalarning ko?pi davlat qaramog?ida. Vrachlar ElSalvador universitetining tibbiyot fakultetida tayyorlanadi. Umumiy ta?lim maktablari 11 yillik bo?lib, u 9 yillik boshlang?ich va 2 yillik o?rta maktabdan iborat. O?rta maktab o?quvchilarining yarmi xususiy o?quv yurtlarida ta?lim oladi. Boshlang?ich maktab o?qituvchilarini normal maktablar, o?rta maktab o?qituvchilarini o?qituvchilar tayyorlash kollejlari va universitetlarning ped. bo?limlari tayyorlaydi. Industrial va qishloq xo?jaligi bilim yurtlari hunartexnika ta?limi beradi. SanSalvadorda 3 ta universitet, 4 kollej va b. oliy o?quv yurtlari bor. Ilmiy muassasalari: S. Fanlar akademiyasi, S. tarixi akademiyasi (1925), yadro energiyasi komissiyasi, geotexnika tadqiqotlari markazi va b. Milliy kutubxona (1870), Milliy muzey (1883), hayvonot bog?i va botanika bog?i mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va teleko?rsatuvi. Asosiy gaz. va jurnallari: "Venseremos" ("G?alaba bizniki", kundalik gaz., 1981-yildan), "Diario de oy" ("Bugungi gazeta", kundalik gaz., 1936-yildan), "Unidad obrera" ("Ishchilar birligi", gaz.), "Diario ofisial" ("Rasmiy gaz.", kundalik gaz., 1875-yildan), "Kultura" ("Madaniyat", har chorakda chiqadigan jurnal), "Militante" ("Faol", haftanoma). Milliy axborot agentligi yo?q. S. radiostyalari uyushmasiga 1965-yilda asos solingan. 64 tijorat radiostyasi bor, teleko?rsatuvlar 1956-yildan boshlangan, tijorat asosida ishlaydi.

Adabiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Mayyakiche indeyslarining qadimgi yozuvlari hali o?rganilmagan. S. mustaqillikka erishgandan keyin ispan tilida milliy adabiyot yaratildi. 19-asr o?rtalarida romantik she?riyat rivojlana boshladi (M. Alvares Kastro, E. Oyos, I. Ruis Arauxo, milliy madhiya muallifi X. X. Kanyas). Keyinchalik modernizm yo?nalishidagi shoirlar R. Dario va F. Gavidia she?rlari mashhur bo?ldi. 20-asr boshlarida yaratilgan nasriy asarlarda maishiy turmush aks ettirildi (E. Alvarado, A. Ambroji va b.), bu davr she?riyati shaklbozlik va dekadentlik yo?liga kirib ketdi. S. Salasar Arruening hikoya va romanlarida xalq va avvalo indeyslar hayoti haqqoniy tasvirlandi. Ikkinchi jahon urushidan keyin M. A. Espinoning "Odamlar va o?lim", K. A. Kastroning "Haqiqiy ertaklar", F. Machon Vilanovaning "Qizil to?lqin" romanlari salmokli asarlardir. R. Dalton Garsia, R. Armixo, M. de Selva va b.ning she?riyati ijtimoiy mavzuni rivojlantirdi.

Me?morligi va san?ati qadimdan Meksika, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua va KostaRika madaniyati bilan mushtarak. Mustamlaka davrida bir qavatli uylar, yog?och o?ymakorligi bilan bezatilgan pastqam cherkovlar qurildi. 1940-yillaroxirida S. shaharlarida zamonaviy binolar (bank, mehmonxona, idoralar) barpo etila boshladi (me?morlar A. Sol, Ye de Sola va b.). Tasviriy san?ati 20-asrdan Yevropa va Meksika san?ati ta?sirida rivojlana boshladi. S. Salarrue, X. Mexia Vides, N. Kankura, R. Elas Reyes, X. Dias, K. A. Kanyas kabi rassomlar, V. Estrada, N. Noches Avendano, X. Agilar Gusman kabi haykaltaroshlar mashhur. Xalq san?ati turlaridan keramika, toshbaqa kosasi va poyadan bezak ashyolar, idishlar yasash rivoj topgan.

Ommaviy san?at turlaridan bayles yoki sereytes ashula va raqslarXrivojlangan. Xalq musiqa asboblari ? gitara, marimba (ksilofonning bir turi), fleyta, zarbli asboblardan uyeuyetl, testonaaustle va b. 1980-yilda suratga olingan "Salvador ? xalq g?alaba qozonadi!" hujjatli filmi milliy kino san?ati yuzaga kelganidan darak berdi. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil