Edwin McMillan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Edvin Mattison McMillan (1907.18.9, Redondo Bich, Kaliforniya shtati ? 1991.7.9) ? amerikalik fizik, AQSH Milliy Fanlar akademiyasi a?zosi ( 1947-yildan ). Kaliforniya texnologiya institutini tugatgan (1928). 1935-yildan Berkli shahridagi Kaliforniya universitetida ishlagan (1946-yildan shu universitet Radiatsiya laboratoriyasi professor, 1958?71 yillarda direktori). Ilmiy ishlari yadro fizikasi, tezlatkichlar texnikasi va yuqori energiyalar fizikasiga oid. Amerikalik fizik F. X. Eyblson bilan hamkorlikda birinchi transuran element ? neptuniyni sintez qilgan (1940); plutoniyni ochilishida ishtirok etgan. VM.Veksleraan mustaqil qolda zaryadlangan zarralarni tezlatishning yangi prinsipi ? avtofazalash prinsipini kashf qilgan (1945). Nobel mukofoti laureati (1951; Glenn Seaborg bilan hamkorlikda). [1] [2]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari