Edinburg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Edinburg ? Buyuk Britaniyadagi shahar, FertofFort qo?ltig?i sohilida. Shotlandiyaning bosh shahri, Lotian rayonining ma?muriy markazi. Aholisi 380,5 ming kishi (2001). Transport yo?llarining yirik chorrahasi. Muhim madaniyat va sanoat markazi. Qog?oz, poligrafiya, oziq-ovqat (jumladan, pivo pishirish va viski ishlab chiqarish), mashinasozlik (tibbiyot asboblari ishlab chiqarish, priborsozlik, elektrotexnika, radioelektronika), kimyo (farmatsevtika, o?g?itlar ishlab chiqarish) korxonalari mavjud. Universitet (16-asr dan), Shotlandiya akademiyasi, rasadxona, Shotlandiya Qirollik muzeyi, Milliy muzey, Milliy galereya, Edinburg munitsipal muzeyi va boshqalar bor. Shahar 6-asrdan ma?lum. 15-asrdan Shotlandiya poytaxti. Me?moriy yodgorliklardan sobiq qirol ko?shki (11?16-asrlar), Shotlandiya qirollari saroyi (1128) va boshqalar 11?19-asrlarda qurilgan binolar saqlangan.