한국   대만   중국   일본 
Volga - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Volga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
( Edil dan yo?naltirildi)
Volga (Idil)
tatarcha : Идел
qozoqcha : Ед?л
ruscha : Волга
Tavsif
Uzunligi 3 530
Suv sarfi 8 060 m³/s
Suv oqimi
Quyilishi Kaspiy dengizi
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Volga

Edil, Idil yoki Volga ( tatarcha : Идел , turkcha : ?dil, ?til , qozoqcha : Ед?л , ruscha : Волга ) - Rossiyadaning Yevropa qismida joylashgan daryo .

Nomining kelib chiqishi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Antik vaqtlardagi va qadimda ≪Ra≫, o?rta asrlarda esa ≪Itil≫ yoki ≪Egyel≫ deb nomlangan. Slavyanlar davridagi nomlanishida ≪Vlga≫, ≪Vilga≫ va ≪Volgo≫ deb nomlangan. Hozirgi paytda ushbu daryo ≪Volga≫ deb ataladi. Turkiy xalqlar uni ≪Idil≫ deb atashadi.

Umumiy ma?lumot [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Volga ? Rossiyaning Yevropa qismidagi eng yirik va sersuv daryo. Uzunligi 3530 km (suv omborlari qurilishidan oldin 3690 km). Havzasining maydoni 1360 ming km’. Valday qirlaridan boshlanib (228 m balandlikdan), Kaspiy dengiziga delta hosil qilib (maydoni 19 ming km²) quyiladi. V. ga 200 tacha irmoq qo?shiladi. Chap irmoqlari o?ng irmoqlariga nisbatan ko?p va sersuvroq. V. Verxit. Sterj, Vselug, Peno, Volgo kabi bir qancha ko?llardan oqib o?tadi. O?ng irmoq ? Oka quyilish joyidan V. nipg o?rta oqimi (to Kama daryosi quyilishigacha) boshlanadi va daryoVolga bo?yi qirlarining shimoliy va sharqiy yon bag?irlari bo?ylab oqib, Jiguli tog?larini aylanib o?tadi va Samara yoyi deb ataladigan juda katta tirsak hosil qiladi. Volgograd sh. yaqinida V. dan uz. 520 km bo?lgan Axtuba chap tarmog?i ajralib chiqadi. V.ning chap irmoqparidan Mologa, Sheksna, Kostroma, Unja, Vetluga, Kama, Samara, Katta Irgiz va boshqa; o?ng irmoqparidan Oka, Sura, Sviyaga eng yirik irmoqlardir. V. asosan qor (yillik oqimining qariyb 60%), grunt (30%) va yomg?ir (10%) suvlaridan to?yinadi. Yoz va qishda daryo suvi juda kamayib ketadi, ba?zan yozda ketma-ket jala yog?ganda suv sathi ko?tariladi. V.ning yuqori va o?rta qismi noyabr oxirida muzlab, aprel o?rtasida eriydi, quyi qismi esa dekabr o?rtasida muzlab, mart o?rtasida muzdan bo?shaydi. Quyilish yeridan Rjevgacha (3256 km) muntazam kema qatnaydi. V.ning suv rejimini tartibga solish, daryoni chuqurlashtirib, kemalar qatnovini yaxshilash va arzon elektr energiya olish maqsadida daryoda GESlar qurildi. V. Volga-Boltiq suv yo?li orqali Boltiq dengizi bilan, Shimoliy Dvina suv sistemasi va Oq dengiz-Boltiq kanali orqali Oq dengiz bilan, kema qatnaydigan Volga-Don kanali orqali Azov va Qora dengizlari bilan, Moskva sh. bilan Moskva nomli kanal orqali bog?langan. V. sohilida Tver, Yaroslavl, Nijniy Novgorod, Qozon, Ulyanovsk, Samara, Saratov, Volgograd, Astraxon sh.lari joylashgan. V.da 70 tur baliq yashaydi, bulardan 40 turi ovlanadi. Daryoda yog?och, yog?ochsozlik mahsulotlari, neft, tuz, ruda, binokorlik materiallari, galla, meva va boshqa tashiladi. V. havzasida Volga-Kama, Jigulevsk, Astraxon qo?riqxonalari. Samarskaya Luka tabiat milliy bog?i mavjud. Antropogen ta?sir natijasida V.da ekologik vaziyat keskin yomonlashdi. V.ning tabiiy majmuasini tiklash uchun ilmiy izlanishlar olib borilmokda.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]