한국   대만   중국   일본 
Dezertirlik - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Dezertirlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dezertirlik (lot desertor -qochoq) ? harbiy xizmatni o?tash tartibiga qarshi jinoyat turlaridan biri; O?zbekiston Respublikasi JKga ko?ra harbiy xizmatdan bo?yin tovlash maqsadida harbiy qism yoki xizmat joyini o?zboshimchalik bilan tashlab ketish, shuningdek, shu maqsadda xizmat joyiga kelmaslik D. hisoblanadi. Harbiy xizmatdan qochib yurish, xizmat joyini tashlab ketish jinoyat sanaladi. Boshqa xizmat joyiga o?tkazilganda, ta?tilda bo?lganda, davolanish tugaganda, xizmat safariga yuborilganda harbiy qism yoki xizmat joyiga yetib kelmaslik ana shu turdagi jinoyatni sodir etish demakdir. D. muddatli harbiy xizmatchi tomonidan sodir etilgan bo?lsa, aybdor 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan, agar zobitlar tarkibidan bo?lgan shaxs, praporshchik, michman yoki harbiy xizmatni kontrakt (shartnoma) bo?yicha o?tayotgan harbiy xizmatchi tomonidan sodir etilgan bo?lsa, aybdor 5 yildan 10 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. D. uchun belgilangan bu javobgarlik faqat tinchlik vaqtida harbiy xizmatni o?tashda sodir qilingandagina qo?llanadi.

Adabiyot [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil