한국   대만   중국   일본 
Dehli - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Dehli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qutb Minar

Dehli ? Hindiston poytaxti va Dehli ittifoqdosh hududining ma?muriy markazi. Aholisi 11,7 mln. kishi (2007). Hindistonning shim.-g?arbida Jamna daryosi bo?yida, dengiz sathidan 216 m balandlikda joylashgan. D.da iyul oyining o?rtacha temperaturasi 31°, yanvar niki 14,2°. Bir yilda o?rtacha 660 mm yog?in yog?adi.

Hoz. D. qadimgi Indraprastxa (Indarpat) sh. yaqinida 8-asrning 1-yarmida barpo etilgan. 1206 yildan Dehli sultonligining , 1526 yildan Boburiylar saltanatining poytaxti (D. shahrini poytaxt tutgan hukmdorlarning deyarli barchasi turkiylar bo?lgan). 1803 yilda D.ni inglizlar bosib oldi. 1857?59 yillarda shahar hind milliy qo?zg?olonining muhim markazlaridan biri bo?lgan. 1911 yildan Britaniya Hindistonining poytaxti, o?sha yildan D.ning jan.-g?arbida Yangi shahar (Nyu-Deli) qurila boshladi. 1947 yildan mustaqil Hindiston poytaxti, 1950 yildan Hindiston Respublikasi poytaxti.

D. ? mamlakatning yirik iqtisodiy va madaniy markazi. Hindiston shim.dagi muhim transport yo?llari tuguni. Bu yerdan mamlakatning turli tomoniga va chet mamlakatlarga temir yo?l, avtomobil va havo yo?llari ketgan. D.da 3 ta aeroport mavjud. Shaharda poytaxt aholisi ehtiyoji uchun mahsulot ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari: to?qimachilik, tikuvchilik, trikotaj, ko?n poyabzal, oyna-keramika, kimyo-farmatsevtika, elektronika, metallsozlik va mashinasozlik ko?proq rivojlangan. D. qadimdan an?ana bo?lib kelayotgan badiiy hunarmandchilik (fil suyagi o?y-makorligi, nafis zargarlik buyumlari, oltin va kumush buyumlar i. ch.) bilan ham mashhur.

D.ning eski qismi ? Shohjahonobodda qad. me?moriy va san?at yod-gorliklaridan shahar devori (qisman) darvozalari bilan, Dehli jome masjidi, La?l-Qila (Qizil fort) saroy kompleksida Boburiylar davrining oq marmardan ishlangan saroylari (RangMahal, Devoni-Om, Devoni-Kxas, barchasi 1639?48 yillarda qurilgan), Marvarid masjid (1660) bor. Eski shahardan jan.ga tomon Feruzobod sh. vayronalari (1351?88), Kulon (1380) va Qilai-Ko?hna (1545) masjidlari bilan Purana-Qila saroy-qo?rg?on ansambli (1540), Humoyun maqbarasi (1565) va b. saqlangan. D.ning eski qismidan 20 km janubda 4 ta shaharqal?a mavjud: Siri (1303 yilda qurila boshlagan), Jahonpanoh (14-asr), To?g?loqobod (1325, G?iyosiddin maqbarasi) va La?l-Kot (12-asr oxiri). La?l-Kotda Temir ustun (415), Quvvat ul-Islom masjidi (1193 yilda qurila boshlagan), Qutb Minor minorasi, Eltutmish maqbarasi (1235 yildan boshlab) mavjud. D.ning yangi qismi katta maydonlar, bog?lar va ulardan boshlangan keng ko?chalardan iborat bo?lib, u yerda "Hindiston Darvozasi", markaziy hukumat qarorgohi, ma?muriy idoralar, banklar va b. joylashgan. 2 ta universitet, ko?plab kollej va in-tlar, San?at va b. akademiyalar, badiiy galereyalar, muzeylar, Mahatma Gandi va Javoharlal Neru memorial muzeylari, teatrlar, Milliy muzey, amfiteatr, rasadxona va b. bor. Ko?plab zamona-viy turar joy binolari qurilgan.

Adabiyot [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil