Debretsen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Debretsen ? Vengriya sharqidagi shahar, Vengriya pasttekisligida. Xaydu-Bihar medyesining ma?muriy markazi. Aholisi 208,4 ming kishi (1997). Yirik transport yo?llari tuguni. Mamlakatning muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Sanoatining asosini mashinasozlik (jumladan vagonsozlik, podshipniklar i. ch., tibbiyot asboblari, qishloq xo?jaligi mashinalari) tashkil etadi. Metallni qayta ishlash, kimyo-farmatsevtika, oziqovqat, tikuvchilik, mebel i. ch., teri sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Un-t, FA ning Quyosh fizikasi va atom tadqiqoti institutlari, muzeylar (etnografiya va b.), teatr bor. 18?19-asrlarga oid me?moriy yodgorliklari saqlangan. Balneologik kurort shahri. D. 10-asrdan ma?lum.

Adabiyot [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil