한국   대만   중국   일본 
Dashnaksutyun - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Dashnaksutyun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
bayroq
Armaniston bayrog?i yonida ?Dashnaktsutyun“ bayrog?i

Dashnaksutyun ( armancha : ??? ??????????? ????????????? ) ? arman millatchilari partiyasi . 1890 yilda Tiflisda tuzilgan. Turkistonda mahalliy aholiga qarshi qirg?inlar uyushtirgan (1918?19). A?zolari o?zlarini ?dashnoqlar“ deb atashgan. Dastlab ?Dashnaksutyun“ dasturida terror va qurolli harakat yo?li bilan Buyuk Armaniston davlatini barpo etish ko?zda tutilgan. 20-asr boshlarida Kavkazda armanlar bilan turkiy xalqlarni birbiriga qarshi qo?zg?atib, milliy nizolarni kuchaytirishda mash?um rol o?ynagan. Turk-arman qirg?ini (1915) sababchilaridan biri bo?lgan. Shu qirg?indan so?ng dashnoqlarning bir qismi Turkistonga kelib o?rnashgan. 1917 y.gi keskin siyosiy o?zgarishlardan keyin ?Dashnaksutyun“ Armanistonda hokimiyatni egalladi (1918 y. may ? 1920 y. noyabr). Kare viloyati va Erivan gubernyasida musulmonlarni ommaviy qirg?in qildi (1920 y. sent.).

Bolsheviklar Turkistonda zo?ravonlik bilan sovet rejimini o?rnatgach, ?Dashnaksutyun“ partiyasining qurolli drujinalaridan o?lkadagi milliy kuchlarga qarshi kurashda foydalandi. Dashnoklar 1918 y. fevralda qizil askarlar bilan birgalikda Qo?qon sh.da ommaviy qirg?in o?tkazdi (qarang Turkiston muxtoriyati ). Umuman 1918?19 yillar davomida Farg?ona vodiysida istiqlolchilarga qarshi kurash niqobi ostida tinch aholidan 35000 kishini qirib tashlab, molmulkini talontaroj etdi. Turor Risqulov , Sa?dulla Tursunxo?jayev , Nizomiddin Xo?jayev kabi rahbar xodimlarning qat?iy talabi natijasidagina Turkiston MIK 1919 y. 16 iyuldagi buyrug?i bilan ?Dashnaksutyun“ partiyasini tarqatib yubordi va dashnoq drujinalarini qurolsizlantirdi (yana q. Istiqlolchilik harakati ). ?Dashnaksutyun“ Armanistonning o?zida ham taqiqlandi (1921), ammo xorijda o?z faoliyatini davom ettirdi. 1990-yilardan ?Dashnaksutyun“ Armanistonda oshkora faoliyat ko?rsata boshladi.

Adabiyot [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • O?zbekistonning yangi tarixi, 2-kitob [O?zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Rajabov Q. K., Mustaqil Turkiston fikri uchun mujodalalar, T., 2000; Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti [Kollektiv avtorov], T., 2000.

Qahramon Rajabov.