Dalia Itzik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dalia Itzik

Itzik (2014-yil)
Isroil Mehnat partiyasi
Mansab davri
1992 ? 1999-yillar
Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi
Mansab davri
1999 ? 2001-yillar
Shaxsiy ma?lumotlari
Tavalludi 20-oktyabr 1952-yil ( 1952-10-20 ) (71 yosh)
Isroil,Quddus
Siyosiy partiyasi Isroil Mehnat partiyasi

Dalia Itzik ( 1952-yil 20-oktyabr , Quddus ) ? Isroil davlati sobiq siyosatchisi va jamoat arbobi, 2006-2009-yillarda Knesset raisi [1] .

Hayoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Dalia Itzik 1952-yil 20-oktyabrda Quddusda iroqlik muhojir Gershon va Marsela Balaslar oilasida tug?ilgan. Uning ota-onasi Isroilga ko?chib kelgan iroqlik yahudiylar edi. Uning oilasi kambag?al, otasi esa ichkilikboz bo?lgan. U diniy litseyda o?qigan va keyin o?zini dindor deb e?lon qilib, Isroil Mudofaa Kuchlariga chaqirilishdan qochgan. Dalia Itzik Quddusdagi ibroniy universitetini tamomlagan. U adabiyot hamda tarixga qiziqqan. Bundan tashqari, u Gerzliyadagi fanlararo markazda huquqshunoslik bo?yicha bakalavr darajasini olgan.

Mehnat faoliyati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Itzik o?qituvchi bo?lib ishlagan, ushbu faoliyati davomida Quddusdagi o?qituvchilar kasaba uyushmasi raisi lavozimini ham egallagan. Qolaversa, u radioeshittirish departamenti direktorlar kengashi a?zosi edi. Shu bilan birga, Dalia Avodah partiyasiga qo?shilgan va Quddus shaharchasiga ma?sul etib saylangan.

Dalia Itzik Isroil elektr korporatsiyasi xodimi Denni bilan turmush qurgan. Ularning Ran, Uri va Adi ismli uchta farzandi bor. Hozir ular Quddusning Ramat Sharet mahallasida yashaydi [2] .

Parlamentdagi faoliyati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1992-yilgi saylovlardan so?ng, Dalia Itzik parlamentning ta?lim va madaniyat bo?yicha komissiya raisi lavozimini egallagan. 14- Knessetda parlamentning Fan va texnologiyalar bo?yicha qo?mitasi raisi bo?lgan. 1999-yilda Dalia Itzik Ehud Barak hukumatida atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri sifatida faoliyat ko?rsatgan. 2001-yilgi saylovlardan so?ng, Itzik Ariel Sharonning birinchi hukumatida Savdo va sanoat vaziri bo?lgan. 2003-yilda keyingi saylovlardan so?ng, leyboristlar koalitsiyasiga kirmagan, lekin 16-Knessetdagi muxolifat ishini muvofiqlashtiruvchi partiya fraksiyasi raisi etib tayinlangan. 2005-yilda Avodah koalitsiyasiga qo?shilgan va Itzik Aloqa vaziri lavozimini egallagan. 2005-yil 28-noyabrda Mehnat partiyasidan iste?foga chiqqanini e?lon qilgan va Shimon Peres va Xaim Ramondan keyin, Kadimaga qo?shilgan.

Knesset raisi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Itzik 1992-yilda 13-Knessetga saylanishidan oldin Quddus merining o?rinbosari bo?lib ishlagan. Dalia Itzik 2006-yilgi saylovlarda Kadima ro?yxatida 14-o?rinni egallagan. Saylovda g?alaba qozonganidan so?ng, Knessetning birinchi yig?ilishida Itzik Knesset raisi etib saylangan. Dalia Itzik bu lavozimni egallagan birinchi ayol sifatida tarix zarvaraqlariga muxrlandi. Hukumatning yuridik maslahatchisi Meni Mazouz mamlakat prezidenti Moshe Katsav o?z vazifalarini bajara olmasligini e?lon qilganidan so?ng (politsiya tomonidan jinsiy janjal bo?yicha tergov olib borilganligi sababli), u qonunga muvofiq Isroilning muvaqqat prezidenti hisoblangan. 2007-yil 1-iyulda Moshe Katsavning iste?foga chiqishi haqidagi ariza kuchga kirgan va Dalia Itzik Shimon Peresning rasmiy qasamyod qilgan kundan boshlab, 15-iyulgacha Isroil prezidenti vazifasini bajaruvchi shaxs bo?lgan. Partiya ro?yxatida uchinchi o?rinni qo?lga kiritgach, Itzik 2009-yilgi saylovlarda o?z o?rnini saqlab qolgan va keyinchalik, partiya raisi bo?lgan.

Itzik 2014-yilgi Isroildagi prezidentlik saylovlarida qatnashib, 28 ta saylovchilarning ovoz bilan uchinchi o?rinni egallagan.

1988-yildagi avtohalokat [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1988-yil 26-oktyabrda Dalia Itzikning mashinasi yo?l-transport hodisasiga uchragan. Avtohalokatda Likud Knesset a?zosi Maykl Rayzerning mashinasi bilan to?qnashgan. Natijada, Riser vafot etgan, Itzik esa og?ir jarohat olgan. Dalia Itzik o?shandan beri mashina hayday olmaydi [3] .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. Dalia Itzik becomes acting president The Jerusalem Post , 25 January 2007
  2. Naama Lanski.. ?The Quality of Dalia“  (2007-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 14-yanvar.
  3. ?????? NRG ? ??? ?????“ . 2005-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2010-yil 12-iyun.