Pavel Chupikov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
( Chupikov Pavel dan yo?naltirildi)
Tavalludi 1913-yil 21-dekabr
Toshkent , Sirdaryo viloyati , Rossiya imperiyasi
Vafoti 1987-yil 23-iyun
Moskva , SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Qo?shin turlari Flag of the Soviet Air Force aviatsiya
Xizmatdagi yillari 1931 - 1976
Mukofotlari

Pavel Fyodorovich Chupikov ( 1913-yil 21-dekabr  ? 1987-yil 23-iyun ) ? Sovet qiruvchi uchuvchisi va harbiy qo?mondon, Ulug? Vatan urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni . Aviatsiya general-polkovnigi.

Hayoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Pavel Fyodorovich 1913-yil 21-dekabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1929-yilda maktabni tugatgach, Toshkent teplovoz ta?mirlash zavodida ishlagan.

Chupikov 1931-yil may oyidan Qizil armiyada ko?ngillilar safida xizmat qilgan. 1932-yilda Volskdagi 2-harbiy aviatsiya texnik maktabini tamomlagan. 1932-yil avgustdan Ukraina harbiy okrugi ( Kiyev ) Harbiy-havo kuchlarining 31-aviatsion eskadronida xizmat qilgan. 1934-yil aprel oyida butun eskadron Krasnoyarskka ko?chirildi. Pavel 1937-yil noyabrdan Uzoq Sharqda xizmat qilgan. 1938-yil iyul-avgust oylarida Xasan ko?li yaqinidagi janglarda qatnashgan va buning uchun Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan.

Ulug? Vatan urushi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Pavel Chupikov 1941-yil 23-iyundan Ulug? Vatan urushi janglarida qatnashgan [1] . Polk G?arbiy frontda 47- va 23-aralash aviatsiya diviziyalari tarkibida I-16 qiruvchi samolyotlarida jang qilgan. Kapitan Chupikov urushning to?rtinchi kuni o?zining birinchi g?alabasini qo?lga kiritdi. 1941-yil 25-iyunda Lepel yaqinida bir guruhda nemis bombardimonchi samolyotini urib tushirdi. 1941-yil sentyabr oyida 170-qiruvchi qanotning navigatori etib tayinlanadi.

1942-yil iyuldan Janubiy, Kavkazorti va Shimoliy Kavkaz frontlarida 4-havo armiyasining 40-qiruvchi aviatsiya polkining qo?mondoni lavozimida faoliyat olib borgan. Polk Kavkaz jangida qahramonlarcha jang qildi. O?zining 52 ta samolyotini yo?qotdi va dushmanning 123 samolyotini (shundan 95 tasi havo janglarida urib tushirildi) qirib tashladi.

Mayor Chupikov 194-yil aprel oyidan Voronej frontining 2-havo armiyasi tarkibiga kirgan gvardiya polkiga qo?mondonlik qildi (oktabrdan 1-Ukraina fronti). Uning qo?mondonligi ostida polk Kursk va Dnepr janglarida muvaffaqiyatli qatnashgan.

Pavel Fyodorovich 1943-yil 31-oktyabrdan 1943-yil 5-dekabrgacha 2-havo armiyasining 8-gvardiya qiruvchi aviatsiya diviziyasiga komandir vazifasini bajaruvchi qo?mondon o?rinbosari lavozimiga tayinlangan.

1944-yil mart oyidan urush oxirigacha 1-Belorussiya fronti 16-havo armiyasining 19-qiruvchi aviatsiya polkining qo?mondoni bo?lib xizmat qiladi. Bu Qizil Armiya Harbiy-havo kuchlarining eng yaxshi qiruvchi askarlaridan tashkil topgan noyob polk bo?lib, polkning asosiy vazifasi nemis aviatsiyasini ?erkin ov“ usuli bilan yo?q qilish edi. U norasmiy ravishda ?Marshal polki“ deb nomlangan. Chunki, polkni Qizil Armiya Harbiy-havo kuchlari bosh qo?mondoni, havo bosh marshali A. A. Novikov boshqargan [2] . Sovet Ittifoqi Qahramoni Lev Shestakov vafot etgan so?ng, uning o?rniga podpolkovnik Chupikov polk komandiri etib tayinlangan [3] . Belarussiya , Serotskaya, Visla-Oder , Sharqiy-Pomeranskaya va Berlindagi hujum operatsiyalarida polkga qo?mondonlik qilgan [4] .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. Коллектив авторов . .  
  2. Bogdanov P. A. Polk nazivalsya ?marshalskiy“ ? M ., 2016. ? 244 s.
  3. Kumanichkin A. S.  Chtobi jit… Kupsov N. S. Vozdushnie rabochie voyni. Nikolaev M. A. Dobrovolsi, shag vpered! ? M.: Mol. gvardiya, 1987. ? 335 s. ? (Letopis Velikoy Otechestvennoy).
  4. Пред. Гл. комиссии Н. В. Огарков ?Проскуровский истребительный авиационный полк“, . Советская Военная Энциклопедия: [В 8 томах] , 105000 экз , Москва: Воениздат, 1978 — 578 bet.