한국   대만   중국   일본 
Charles Perrault - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Charles Perrault

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Charles Perrault ( talaffuzi:  Sharl Perro ; 12-yanvar 1628-yil ? 16-may 1703-yil) ? fransuz shoiri va tanqidchisi. Fransiya akademiyasi a?zosi (1671). 19-asr fransuz adabiyotida avj olgan ?qadimgilar va yangilar bahsi“da ishtirok etib, zamondosh yozuvchilarning qad. yozuvchilardan afzalligini yoqlab chiqqan va shu bilan shuhrat qozongan. Ilk parodiyali dostoni ? ?Troya devori“ (1653). Shundan keyin uning ?Buyuk Lyudovik asri“ (1687) dostoni hamda 4 j.li ?San?at va fan masalasida qadimgilar bilan yangilar o?rtasidagi qiyoslar“ (1688? 89) dialog shaklida yozilgan asari, ?Ayollarning ta?rifu tavsifi“ (1694) satirik she?ri e?lon qilingan. Perrault so?nggi 2 asarida Bualo singari zamondoshlari bilan bahs-munozara yuritgan. Perraultning adabiyotning ma?rifiy ahamiyati hamda adabiy taraqqiyotning fan va tamaddunga bog?liqligi masalasidagi qarashlari fransuz ma?rifatparvarlari tomonidan rivojlantirilgan. Ammo Perraultning fransuz adabiyotidagi katta o?rni ?Onaginam Gusina bonuning ertaklari yoki O?tgan zamonlarning ibratli voqea va ertaklari“ to?plami bilan belgilanadi. Mazkur to?plam Perrault ning o?g?li Darmankur nomidan e?lon qilingan. U dastlab 8 ta er-takdan tashkil topgan bo?lib, keyinchalik yana 3 ta she?riy ertak hiso-biga boyigan. Fransuz adabiyotidagi antik madaniyat an?analariga qarshi kurashgan Perrault xalq ertaklariga xos ?qissadan hissa“ chiqarish tamoy-ilini samarali, deb hisoblagan. U ertakka hazil-mutoyibalar yordamida chinakam xalq ijodiga xos lato-fat va jozibani olib kirdi. Perrault ?Er-taklar“i fransuz adabiyotida xalq-chillikning oshishi va ertakning adabiy janr sifatida rivojlani-shiga katta ta?sir ko?rsatgan. Perraultning ertaknavislik an?analari akauka Grimmlar, L.Tik, X.K.Andersen singari yozuvchilar tomonidan davom ettirildi. Perraultning ?Zolushka“, ?Etik kiygan mushuk“, ?Ko?k soqol“ singari ertaklari asosida opera va balet spektakllari, multfilmlar yara-tilgan. Perraultning ayrim ertaklari o?zbek tiliga tarjima qilingan.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Volshebnne skazki, Moskva, 1984.