한국   대만   중국   일본 
Byust - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Byust

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Byust (lot. bustum ? kuydirish joyi, frans. buste ? maqbaradagi haykal) ? odamning ko?krakdan yuqori ? bosh qismi tasvirlangan haykal, mukammal haykaltaroshlik asari. Dastlab Misr va Yunonistonda paydo bo?lgan, so?ng Qadimgi Rimda portret san?ati sifatida shakllangan (mujassamotiga taglik ham qo?shilgan). Uyg?onish davri san?atida keng tarqalgan. Donatella Deziderio da Settinyano, L. Bernini, J. A. Gudon, O. Roden va boshqa, Rossiyada F. Shubin, S. Galberg va boshqa eng yaxshi B. namunalarini yaratgan. O?zbekiston hududida milodiy 1-asrdan boshlab B. haykallar yaratilgan. Maye, Ayritomaan topilgan musiqachilar (2-asr), Qo?ykirilgan qal?adan topilgan ostadon qopqog?iga ishlangan erkak boshi (2?3-asrlar), Samarqanddan topilgan ostadonning haykal kismi (6?7-asrlar).

20-asr o?zbek haykaltaroshligida taniqli jamoat, madaniyat va san?at arboblarining B.lari (A. Shoymurodov, "Mehnat qahramoni Sh. Qudratov"; H. Husniddinxo?jayev, "Mannon Uyg?urt", "Hamza"; A. Ahmedov, "Komil Yormatov"; Ya. Shapiro, "Shukur Burhonov" va boshqalar), shuningdek inson, ayol go?zalligi tarannum etilgan B.lar (N. Feodoridis, "Ayol"; E. Tojiboyev, "Oydin" va boshqalar) ham yaratildi.

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil