한국   대만   중국   일본 
Buyuk ko?llar - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Buyuk ko?llar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buyuk ko?llar ? Shim. Amerikadagi yonmayon joylashgan 5 katta ko?l ( Yuqori ko?l , Michigan ko?li , Guron , Eri , Ontario ) ning umumiy nomi. AQSH bilan Kanadaning chegara qismida. Maydoni 245,2 ming km². Suvining hajmi 22725 km 3 . Buyuk ko?llar dunyoda eng katta chuchuk suv havzasidir. Ko?llar bir-birlari bilan qiska, serostona daryolar orqdpi tutashgan. Ko?llar Atlantika okeaniga SanLavrentiy daryosi orkali oqadi. Eri va Ontario ko?llarini bir-biriga bog?lovchi Niagara daryosida Niagara sharsharasi bor.

Buyuk ko?llar qirg?oq chizig?ining umumiy uz. 18 ming km. Buyuk ko?llar to?rtlamchi davr muzliklarining erishidan paydo bo?lgan. Shim. qirg?oqlari baland, qoyali, bularda qizil, qo?ng?ir qumtoshlar, granitlar, gneyslar yaqqol ko?rinib turadi. Janubiy va jan.sharqiy qirg?oqlari past. Orol ko?p. Chikago shahri yaqinida ko?l suvining temperaturasi yanvarda 0’, avgustda 20°. Dek.dan aprel oxirigacha muz bilan qoplanadi. Buyuk ko?llar da baliklarning 173 turi bor. Ichki suv yo?llarining uz. 1873 km. Buyuk ko?llar dagi kema yo?llarining uz. 3 ming km atrofida. Buyuk ko?llar atrofdagi dare va ko?llar bilan ham kanallar orqali qo?shilgan. Ko?llarda temir rudasi, don, kumir va boshqa yuklar tashiladi. Yirik portlari ? Chikago, Detroyt, Miluoki, Buffalo, Klivlend, Toronto.

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil