한국   대만   중국   일본 
Butunjahon pochta ittifoqi - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Butunjahon pochta ittifoqi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Butunjahon pochta ittifoqi
Qisqartma BPI
Turi Birlashgan Millatlar tashkilotinining ixtisoslashgan muassasasi
Maqomi Faol
Ishga tushgan sanasi 9-oktyabr, 1874-yil (149 yil avval )  ( 1874-10-09 )
Joylashuvi Bern Shveysariya
Direktori Bosh direktor
Masahiko Metoki [1]
Bosh mahkamasi Birlashgan millatlar tashkilotining iqtisodiy va ijtimoiy kengashi
Vebsayti www.upu.int/
Universal Postal Union member states.svg

Butunjahon pochta ittifoqi (BPI frans. Union postale Universelle) ? 1874-yili Bern shartnomasi imzolanishi natijasida tashkil qilingan [2] , Birlashgan Millatlar tashkilotining (BMT) ixtisoslashgan muassasasi hisoblanadi. Ittifoq vazifasi a?zo davlatlar o?rtasida pochta aloqalarini muvofiqlashtirishdan iborat.

Tashkilot haqida [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1874-yil 9-oktabr kuni Shveysariya poytaxti Bern shahrida Butunjahon pochta ittifoqi (BPI) tashkil topgan va har yili ushbu sanada Butunjahon pochta kuni nishonlanadi, deb xabar beradi ?O?zbekiston pochtasi“ AJ. 9-oktabrni Butunjahon pochta kuni deb e?lon qilish haqida 1969-yili Tokio shahrida bo?lib o?tgan Butunjahon pochta ittifoqining navbatdagi Kongressida rasman qaror qabul qilingan. Butunjahon pochta kunining asosiy maqsadlaridan biri pochta sohasini davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo?shayotgan hissasini tatbiq etishdir. BPIga a?zo-davlatlar tomonidan milliy pochta xizmati faoliyatiga oid tadbirlar dasturlari qabul qilinib ommaviy axborot vositalari orqali yoritib o?z aholisini tanishtirishga harakat qiladi. 1994-yili O?zbekiston Respublikasi Butunjahon pochta ittifoqiga to?la huquqli a?zo davlat sifatida qabul qilinib, bugungi kunda dunyoning deyarli barcha davlatlari bilan xalqaro pochta almashinuvlarini amalga oshirib keladi. Har yili 9-oktabr xalqaro miqyosda Butunjahon pochta aloqasi kuni sifatida keng nishonlanadi. Mazkur sananing tarixiy asosi mavjud: aynan shu kunda Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus agentligi hisoblangan Butunjahon pochta ittifoqiga asos solingan. Butunjahon pochta ittifoqining tashkil qilinganiga 141 yil bo?ldi. Ushbu agentlikka 190 ziyod davlatlar a?zo bo?lishgan. O?zbekiston Respublikasi ham 1994-yildan boshlab ushbu ittifoqning teng huquqli a?zosi sifatida xalqaro pochta ma?muriyati markazlari bilan aloqani yo?lga qo?ygan. Butunjahon pochta aloqasi pochta xizmatlarini muvofiqlashtirish, nazorat qilishni tashkil qiluvchi muhim muassasa hisoblanadi. Shuningdek, u xalqaro pochta xizmatlarini ko?rsatuvchi idora va kompaniyalar o?rtasidagi hamkorlikning bosh mexanizmi hisoblanadi. Ittifoq tomonidan a?zo davlatlarning pochta tizimini takomillashtirish yuzasidan tavsiya va texnik ko?mak ko?rsatiladi. Uning asosiy vazifalari: butunjahon pochta xizmatlarini rivojlantirishga, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda pochta jo?natmalari yanada o?sishiga ko?maklashish hamda mijozlarga ko?rsatilayotgan pochta xizmatlari sifatini yanada takomillashtirish. Keng qamrovli pochta aloqasi tarmoqlari yordamida mazkur pochta ma?muriyati dunyodagi eng katta tarmoq va iqtisodiyotning muhim segmentlari faoliyatini ta?minlaydigan jahon infratuzilmasining muhim bo?g?ini hisoblanadi. Tashkilot tomonidan berilgan ma?lumotlarga qaraganda, bugungi kunda jahonda pochta xizmatlari bo?linmalari 600 mingtani tashkil etar ekan. Milliy operator sifatida ?O?zbeksiton pochtasi“ AJ Respublikaning butun hududida pochta aloqasining universal xizmatlarini ko?rsatadi va 107 mamlakat bilan pochta xizmatlarini ko?rsatish yuzasidan hamkorlikni yo?lga qo?ygan. Mamlkatimizning eng chekka hududlarida ham pochta xizmatlarini ko?rsatuvchi bo?linmlar faoliyati tashkil etilgan. Pochta aloqasi tarmog?ini modernizatsiyalash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida xizmatlarning yangi turlarini joriy etish va rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida ?O?zbekiston pochtasi“ OAJ pochta aloqasi ob’ektlari tomonidan ko?rsatilayotgan xizmatlarning masshtabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bilan kengaymoqda. Jamiyatning korporativ kompyuter tarmog?idagi ?Elektron pul o?tkazmalari“, ?To?lovlarni qabul qilish tizimi“, ?Pensiya to?lovlari hisob-kitobi va nazorati tizimi“, ?Ro?yxatga olinuvchi pochta jo?natmalarini nazorat qilish tizimi“ va ?Obuna“ avtomatlashtirilgan tizimlariga pochta aloqa ob’ektlari bog?landi. Kompyuterlashtirilgan pochta aloqa ob’ektlari soni 1728 tani tashkil etib, shundan 1542 tasi pochta aloqa bo?limlari, ya?ni 52 foizni tashkil etdi (jami 2988 ta aloqa bo?limi). Pochta aloqa bo?limlarini kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish tizimlariga bog?lash bo?yicha ishlar davom ettirilmoqda. Pochta aloqasi xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, e?tiroznoma tushgan xalqaro posilkalarni tez va samarali qidirish bo?yicha Butunjaxon pochta ittifoqining ?IBIS“ xalqaro axborot tizimiga hamda xalqaro xat-xabarlarni (buyurtmali, qiymati e?lon qilingan va Express jo?natmalarni) qidirishda e?tiroznomalarni pochta operatorlari o?rtasida elektron shaklda almashish imkonini beruvchi ?PRIME“ tizimiga ulandi. Ushbu tizimlardan foydalanishning yo?lga qo?yilishi ? pochta operatorlari o?rtasida e?tiroznomalar almashinuvini tezlashtirish imkoniyatini beradi. Xalqaro posilkalarni chet davlatlarga arzon tariflarda va tez yetkazib berish uchun optimal yo?nalish rejasini tuzish imkoniyatini beruvchi ?Xalqaro posilkalar yo?nalish rejasini tuzishni avtomatlashtirish“ dasturi joriy etildi. </ref>

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. ?Director General“ . UPU. Qaraldi: 2022-yil 8-oktyabr.
  2. ?Universal Postal Union“ . UN Chief Executives Board Secretariat (24-oktabr 2020-yil). 2020-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2-noyabr 2020-yil.