한국   대만   중국   일본 
Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzi - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzi , VLKSM (rus. Vsesoyuzniy leninskiy kommunisticheskiy soyuz molodyoji so?zlaridan) ? sobiq Ittifokda yoshlarning ijtimoiysiyosiy tashkiloti. 1918-yil 29 oktyabrda RSDRP (b) tashabbusi va rahbarligida I Butun Rossiya ishchi va dehqon yoshlarining uyushmalari s?ezdida tuzilgan. Dastlab RKSM, 1924-yildan RLKSM, 1926-yildan VLKSM deb atalgan. 14?28 yoshdagi yigitqizlar qabul qilingan. Tashkiliy jihatdan sobiq KPSSdan andoza olib tuzilgan. Yoshlar orasida komfirqa siyosatini olib borgan. O?zbekistonda tuzilgan yoshlar tashkiloti (O?zLKSM) ham uning tarkibiy qismi edi. VLKSM o?zining 22favqulodda s?ezdida (1991-yil sentyabr) kommunistik yoshlar uyushmalarining federatsiyasi sifatida siyosiy rolini o?tab bo?ldi, deb hisoblandi.

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil