Burgalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Burgalar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Burgalar ( lotincha : Siphonaptera ) ? qon so?ruvchi hasharotlar turkumi. Uzunligi 1?6 mm, urg?ochisi erkagidan yirikroq. Tanasi ikki yondan kuchli siqilganligidan hayvonlarning yungi va pati orasida yengil va tez harakat qiladi. Qanotlari ikkilamchi reduksiyaga uchragan. Ko?pchilik turlarining bir juft oddiy ko?zi bor. Og?iz organi kesuvchi ? sanchuvchi ? so?ruvchi tipda. Oyoqlari (ayniqsa keyingisi) yaxshi rivojlangan, sakrovchi. Urg?ochilari pol tirqishlari, to?shamalar osti, devor yoriqlari yoki kemiruvchilar iniga bir necha o?nta tuxum qo?yadi. Tuxumlardan oyoqsiz, chuvalchangsimon, tanasi tuk bilan qoplangan qurtlar chiqadi. Ular pilla ichida g?umbakka aylanadi. Qurtlar hayvonlarning organik qoldiqlari va chirindilar, jumladan B. axlati bilan oziqlanadi. B. 3 yilgacha, odam burgasi esa 2 yilgacha yashaydi. 1400 ga yaqin turi, shundan 310 turi O?rta Osiyoda uchraydi. B. issiq qonli hayvonlar va odamda parazitlik qiladi.

Keng tarqalgan turlari:

  • odam burgasi ( lotincha : Pulex irritans )
  • it burgasi ( lotincha : Ctenocephalides canis )
  • kalamush burgasi ( lotincha : Ceratophyllus fasciatus )
  • olaqurt ( lotincha : Vermipsylla alacurt )

Odam va kalamush Burgalari odamga o?lat va terlama kasalligi qo?zgatuvchilarini yuqtiradi.

Ba?zi B. gelmintlarning oraliq xo?jayini hisoblanadi. Odam B.i qarovsiz qolgan uylarda ko?p uchraydi. Qarshi kurash choralari: uy-joylarni toza tutish, polni karbolning 2?5%li eritmasi bilan yuvish, devor va poldagi yoriqlarni kerosinga ho?llangan latta bilan artish, B. uchraydigan joylarga piretrum va xlorpikrin sepishdan iborat.

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil