한국   대만   중국   일본 
Brokkelman Karl - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Brokkelman Karl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
BROKKELMAN Karl
Tavalludi 1868 yil 17 sentyabr
Vafoti 1956 yil 6 may
Halle
Fuqaroligi Germaniya , Polsha

BROKKELMAN (Brokelman) (Brockelmann) Karl (1868.17.9? 1956.6.5) ? nemis sharqshunosi, somiy va turkiy tillar mutaxassisi. 1900-yildan Breslau, Kenigsberg, Galle, Berlin untlari professor Sharq tarixi, arab adabiyoti tarixi, somiyshunoslik bo?yicha ilmiy asarlar yozgan. "Somiy tillar qiyosiy grammatikasi ocherki" (2 jild, 1908?13) va "Arab adabiyoti tarixi" (2 asosiy jild, 1898?1902 va 3 qo?shimcha jild, 1937?42) uning eng muhim asarlari bo?lib, I. Yu. Krachkovskiy ularga yuksak baho bergan. B. "Arab adabiyoti tarixi" kitobiga arab bo?lmagan yozuvchi va olimlar (mas, Ibn Sino , Beruniy va boshqalar) ning arab tilida bitgan asarlarini ham kiritib, ular xususida biografik ma?lumotlar keltirgan. Uning "Musulmon xalqlar va davlatlar tarixi" (1939) asari ham dalillarga boy. B. Mahmud Koshg?ariyning " Devonu lug?otit turk " asarini nemischaga tarjima qilgan (1928).

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil