한국   대만   중국   일본 
Bosmaxona - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Bosmaxona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bosmaxona  ? matbaa mahsulotlari (kitob, jurnal, gazeta, plakat, blank va boshqalar) tayyorlaydigan sanoat korxonasi. Qadimda risolalar asosan qo?lyozma tarzida tayyorlangan. Sharqda qo?lyozmalarni xattotlar bejirim qilib oqqa ko?chirib, naqqoshlar bezaklar bilan bezashgan, muqovasozlar varaqlarni tikib va qolipga tortib, kitob holida chiqarishgan (qarang Noshirlik). Kitob bosishga doir dastlabki tajribalar Xitoyda 1041?48 yillarda amalga oshirilgan (Bi Shen).

Dastlabki B. Germaniyada I. Guttenberg tomonidan 1445-yil tashkil qilingan. Turkistonda birinchi bosma kitob 1868-yil Turkiston harbiy okrugi shtabi (Toshkent) B.sida chop qilindi. Birinchi rasmiy gazeta ? ?Turkestanskiye vedomosti“ ham shtab B.sida bosila boshladi. O?zbek tilida nashr qilingan birinchi kitob Shohimardon Ibrohimovning ?Kalendar“ (?Taqvim“) kitobi (1871) bo?ldi (Sh. Ibrohimov bir necha yil ?Turkiston viloyatining gazeti“da tarjimonlik qilgan, keyinroq muharrir muovini lavozimida ishlagan). 1874-yil Xiva shahrida Muhammad Rahimxon (Feruz) tomonidan litografiya (toshbosma) qurildi vauyerda 19-asr 80- yillaridayoq anchamuncha kitoblar bosildi. Unda 1880-yilda Alisher Navoiyning ?Hamsa“si, shoir Munis Xorazmiyning ?Devoni Munis“ va ?Devoni Roji“ bayozlari bosilib chikdi. 1898-yil Toshkentda eski shahar markazida hozirgi 1bosmaxona tashkil qilinib, bu yerda o?zbek, tojik, turkman, qozoq va qirg?iz tillarida darsliklar chiqarila boshladi. Ayni vaqtda u matbaachi kadrlar va matbaa tashkil otchilari tayyorlaydigan markazga aylandi. Keyinchalik Toshkentda, viloyatlar va tumanlar markazlarida birinketin B.lar qurildi. O?zbekistonda 123 Bosmaxona faoliyat ko?rsatadi (2000). Shundan ?Sharq“ nashriyotmatbaa aksiyadorlikjamiyati bosmaxonasi, O?zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo?mitasi ijaradagi Toshkent matbaa kombinati, rangli bosma fabrikasi, kitobjurnal fabrikasi, Birinchi Toshkent bosmaxonasi, Yangiyo?l kitob fabrikasi, ?Fan“ nashriyoti bosmaxonasi va Nukus matbaa kombinati, O?zbekBritaniya ?Rastr“ qo?shma korxonasi yirik Bosmaxona hisoblanadi (yana qarang Matbaachilik sanoati) .

Blarning har xil turlari mavjud. Ikki yoki undan ko?p bosma usullaridan foydalanadigan Bosmaxona matbaa kombinata deb ataladi. Asosan ofset bosma yoki chuqur bosma usullarida ishlaydigan Bosmaxona fabrika (mas, harita fabrikasi, kitob fabrikasi, rangli bosma fabrikasi, harf terish fabrikasi) deb ataladi, Tayyorlaydigan mahsuloti turiga qarab B. gazeta, jurnal, kitob, plakat, harita, blank chiqaradigan va boshqa turlarga bulinadi. Bosmaxonalar yirik, o?rta va kichik xillarga ham ajratiladi. Bosmaxonalar birlashib, matbaa ishlab chiqarish birlashmalarini tashkil qilishi mumkin. B.ning asosan bosma qoliplar tayyorlash, bosish, mahsulotlarni pardozlash va yordamchi sexlari bo?ladi. Qoliplar tayyorlash sexida yuqori bosma usuliga ? harf terish, sinkografiya klishelari va quyma stereotiplar; ofset usuliga ? qolip va monometall ( alyuminiy , rux), bimetall va trimetall (mas, po?lat, mis, xrom); chuqur bosmaga ? mis yoki xromlangan qoliplar tayyorlaydi. O?zbekiston mustaqillikka erishgandan so?ng Bosmaxonalar tubdan qayta jihozlandi. Bosmaxonalarda matn va rasmlar zamonaviy kompyuterlarda terilmoqda va chop etilmoqda. Chop etish jarayonida adadining kamko?pligiga qarab yuqori tezliqda ishlaydigan g?altak (rotatsiya) hamda tekis bosma, bir va ko?p rangli bosma mashinalar ishlatilmoqda. Pardozlash sexida ham adadining kamko?pligiga qarab yakka stanoklar yoki katta agregatlar, potok liniyalar qo?llanilmoqda. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. "Bosmaxona" O?zME . B-harfi [ sayt ishlamaydi ] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil