한국   대만   중국   일본 
Boshqirdiston - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Boshqirdiston

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boshqidiston Rossiya Federatsiyasi haritasida
Boshqidiston haritasi

Boshqirdiston ( boshqirdcha : Баш?ортостан ), Boshqirdiston Respublikasi ( boshqirdcha : Баш?ортостан Республика?ы ) ? Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Federatsiya subyekti hisoblangan respublika. Rossiyaning Yevropa qismida hamda Osiyo qismida joylashgan respublika, Janubiy Uralda, Uraloldi va Uralortidagi tekisliklarda joylashgan. Maydoni 143,6 ming km². Aholisi 4 mln. 110,3 ming kishi (1999). Boshqirdistonda 54 tuman, 20 shahar va 41 shaharcha bor. Poytaxti ? Ufa shahri

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Boshqirdiston ? respublika. Amaldagi Konstitutsiyasi 1993-yil 24dek. da qabul qilingan. Davlat boshlig?i ? Prezident "Prezidentlik Davlat Boshqaruviga o'zgargan" D.A Medvedev buyrug'i bilan. Qonun chiqaruvchi oliy vakolatli organi ? Davlat Majlisi (qurultoy). U Vakillar palatasi va Qonun chiqaruvchi palatalardan iborat. Oliy ijroiya hokimiyatni Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.

1995-yildan Boshqirdiston ? Yevropa mahalliy mintaqaviy hokimiyatlar kongressi, 1996-yildan Yevropa mintaqalari assambleyasi a?zosi. Avstriyada Boshqirdiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatxonasi ochilgan.

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Boshqirdiston Yevropa bilan Osiyo tutashgan joyda. G?arbiy qismi orasira uchraydigan tekislik, sharqiy qismi asosan tog?li joylar. Jan.g?arbida BugulmaBelebey qirlari, jan.da Yalpi Sirt tarmoqlari, shim.sharqida Ufa yassitog?ligi (balandligi 400?500 m gacha), sharkda Janubiy Ural tog?i (eng baland nuqgasi ? Yomontov, 1640 m) bor. Boshqirdistonda temir rudasi, mis, oltin, rux, alyuminiy, xrom, marganes, gips, ohaktosh, mineral resurslar, neft, gaz, ko?mir, tosh tuz konlari bor. Iqlimi ? kontinental. Yanv.ning o?rtacha temperaturasi14°, 17,5°, iyulniki 16,5°, 20,5". Yillik yog?in miqsori 300?500 mm, tog?larda 500?600 mm. Eng yirik daryosi ? Oq Idil. Boshqirdistonning kattagina tekislik qismi qora tuproqli o?rmondasht va dashtdan iborat; tog?li qismida balandlik mintaqalari (g?arbiy yon bag?rida dubjo?ka, sharqiy yon bag?rida oqqarag?ayqoraqarag?ay o?rmon mintaqalari) bor. Boshqirdiston hududining 1/3 kismi qora tuproq, 1/3 qismi sur tusli o?rmon tuprog?i va qolgan qismi boshqa tuproqlar bilan qoplangan. Maydonining 40% i o?rmonzor (5 mln.ga). Mo?ynali hayvonlar va qushlar ko?p. Uraloldi tabiatini muhofaza qilish uchun qo?riqxonalar barpo etilgan.

Aholisi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Boshqirdistonning tub aholisi boshqirdlar bo?lib, ruslar , tatarlar , chuvashlar, marilar , ukrainlar , mordvalar , udmurtlar va boshqa xalqlar ham yashaydi. Shahar aholisi 65%. Iqtisodiyotning nodavlat sektorida mehnatga yaroqli aholining 54% band. Aholining o?rtacha zichligi 1 km² ga 28,1 kishi. Yirik shaharlari: Ufa, Sterlitomoq, Salavat, Beloresk, Ishimboy.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Boshqird xalqi shakllangan qad. hudud O?rta Uralning bir qismini, Janubiy Uralning hammasini hamda Volga, Kama, Tobol va Yoyiq (Ural) darelarining oralig?idagi maydonni o?z ichiga olgan. Janubiy Uraldagi gorlardan yuqori yoki qad. paleolit davriga mansub, Mias, Iseti va Pishma daryolari bo?yidan esa neolit davriga mansub ibtidoiy odamlarning qoldiqlari topilgan. Arab manbalarida (Ibn Fazlon) boshqirdlar "bashgird" ("bashgurd") nomi bilan 9-asrdan boshlab tilga olingan. 9?13-asrlarda ular Uralning jan.da va Kaspiy bo?yi cho?llarida, Volga bilan Yoyiq daryolari oralig?ida yashaganlar. Boshqird xalqi asosan turk va ugor qabilalaridan tashkil topgan. Ular ko?chmanchi chorvador bo?lib, ovchilik, baliqchilik va o?rmon asalarichiligi bilan shug?ullanganlar. Boshqirdlar ilgari butparast bo?lishgan, keyinchalik (10-asrdan boshlab) G?arbiy Boshqirdistonga islom dini kirib kelgan. 1229-yilda Boshqirdistonga tatarmo?g?ul istilochilari bostirib kirdi. Botuxon qo?shinlari 1236-yilda Boshqirdistonni butunlay zabt etdi. 15-asrning o?rtalariga kelib Oltin O?rda bir necha xonliklarga bo?linib ketgandan keyin Janubiy va Jan.

Sharqiy Boshqirdiston No?g?oy O?rdasi tarkibiga, G?arbiy Boshqirdiston Qozon xonligi tarkibiga kirdi. Boshqirdistonning shim.sharqiy qismini esa Sibir xonligi bosib oldi. 16-asrning o?rtalarida ruslar tomonidan Qozon xonligi tugatilgach (1552), boshqirdlar rus davlatiga tobe bo?lib qoldi. 1557-yilda Boshqirdistonning katta qismi, so?ng G?arbiy Sibirning qo?shib olinishi va Sibir xonligi tugatilishi bilan (16-asr oxiri ? 17-asr boshida) Boshqirdistonning shim.sharqiy qismi ham Rossiyaga qo?shildi. Feodallar zulmining kuchayishi, amaldorlarning yasoq to?lovini undirishdagi xiyonatkorligi va rus pomeshchiklarining eng yaxshi yerlarni tortib olishi Boshqirdistonda kattakatta qo?zg?olonlarning kelib chiqishiga sabab bo?ldi. Qo?zg?olonlarni podsho hukumati shafqatsizlik bilan bostirdi. Bular tarixga 17?18-asrlardagi boshqird qo?zg?olonlari nomi bilan kirdi. 1773?75 yillardagi Ye. I. Pugachyov qo?zg?oloni (bu qo?zg?olonda boshqird xalqining qahramoni Salavat Yulayev ishtirok etgan) ham podsho hukumatining mustamlakachilik siyosatiga va mahalliy zulmga qarshi qaratilgan edi.

18-asrdan Boshqirdistonda sanoat tarmoqlari, savdo munosabatlari taraqqiy eta boshladi. Boshqirdiston iktisodiyotiga Ural kon sanoati katta ta?sir ko?rsatdi. 1917-yil fevral to?ntarishidan keyin boshqird vatanparvarlari musulmon sho?rosini tuzdilar, ammo bolsheviklar bu yo?ldagi harakatlarni millatchilik deb e?lon qilib, musulmon sho?rolarini shafqatsizlik bilan tarqatib yubordilar va zo?rlik bilan sho?ro hokimiyatini o?rnatdilar. Shu tariqa 1919-yil 23-martda Rossiya tarkibida Boshqirdiston ASSR tashkil topdi. 1990-yil 11 oktabrda respublika Oliy Kengashi Boshqirdistonning davlat suvereniteti haqidagi deklaratsiyani qabul qildi. 1992-yil fevraldan Boshqirdiston yangi nom ? Bashkortostan Respublikasi nomini oldi. Boshqirdistonda 7 partiya va 200 ga yaqin jamoat tashkiloti ro?yxatga olingan.

Xo?jaligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Boshqirdiston rivojlangan sanoat va yirik qishloq xo?jaligi ishlab chiqarishiga ega.

Sanoati neft qazib olish, neftni kayta ishlash, kimyo, neft kimyosi, mashinasozlik, metallsozlik, yog?ochsozlikka, qora va rangli metallurgiyaga ixtisoslashgan. Neft Arlan, Chekmagush konlarida, Shkalovo, Belebey, Ishimboy shaharlari atrofida qazib chiqariladi. Sterlitomoq va Salavatda yirik neft kimyo korxonalari bor. Bu korxonalarda benzin, kerosin, dizel yoqilg?isi, koks, bitum, mazutning turli xillari ishlab chiqariladi. Mashinasozlik majmuida 25 tarmoq bo?yicha 130 ga yaqin korxona mavjud. Elektr texnika va priborsozlik sanoati markazlari ? Ufa, Oktabrskiy, Tuymazi. Stanoksozlik va quvur yotqizgich mashinalari ishlab chiqarish korxonalari Sterlitomoqda, qishloq xo?jaligi va yog?och tayyorlash mashinasozligi korxonalari Neftekamsk va Uchalada, metall buyumlar va binokorlik asboblari ishlab chiqarish korxonalari Beloreskda joylashgan. Mudofaa korxonalari va qiruvchi samolyotlar uchun motorlar Ufada, o?ziyurar gaubitsalar Sterlitomoqda, vertolyotlar Kumertovda, tibbiyot oynalari Tuymazida, qurilishbop oyna Salavatda ishlab chiqariladi. Neftekamskda avtomobilsozlik korxonalari bor. Kumertovda tabiiy gaz, qo?ng?ir ko?mir, Tukanda temir ruda, Sibayda ohaktosh, misrux rudalari qazib olinadi. Yog?ochsozlik (fanera, mebel, yig?ma uylar, gugurt), oziq-ovqat (unyorma, qandshakar, yog?, pishloq, sut, go?sht mahsulotlari), yengil sanoat (poyabzal, kiyim-kechak, trikotaj ishlab chiqarish) rivojlangan. Boshqirdistonda 12 issiqlik elektr stansiyasi, Karmanovoda yirik davlat elektr stansiyasi, Pavlovo GESi bor. Xususiylashtirilgan korxona va mahalliy mulk ob?yektlarida aholining salkam 40% band. Ular sanoat mahsuloti jami hajmining 80% gacha bo?lgan qismini beradi.

Qishloq xo?jaligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Boshqirdiston dehqonchiliksanoat majmuida 600 dan ortiq jamoa xo?jaligi, 400 ga yaqin agrotuzilma, qishloq xo?jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi 100 dan ortiq korxona mavjud. Respublikada qishloq xo?jaligiga yaroqli yerlar 7375,2 ming ga, shundan 4834,5 ming ga haydaladigan yerlar, 6 ming ga yaylov, 181,5 ming ga tomorqa uchastkalari; suv havzalari maydoni? salkam 160 ming ga, baliq boqiladigan ko?l va havzalar ? 2 ming ga, shundan 650 ga madaniy baliqchilikka ajratilgan. Asosiy ekinlari: g?alla, qand lavlagi, kartoshka, kungaboqar, sabzavot. Ural tog?i yon bag?irlarida bog?dorchilik rivojlangan. 3500 dan ko?proq dehqon (fermer) xo?jaliklari tashkil etilgan, ularga 85 ming ga yer ajratib berilgan. Shaxsiy yordamchi xo?jaliklarda kartoshkaning 95%, sabzavotning 78%, go?shtning 57% yetishtiriladi. Qoramol, mayin junli va yarim mayin junli qo?y, cho?chqa, parranda boqiladi. Yilqichilik va asalarichilik katta ahamiyatga ega. Boshqirdiston qimizi va asali mashhur.

Transporti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Transportning asosiy turi temir yo?l (uz. 1500 km dan ortiq). Boshqirdiston hududidan Moskva ? Samara ? Ufa ? Chelyabinsk va Ufa ? Orenburg avtomobil yo?llari, Tuymazi ? Ufa, Ishimboy ? Ufa, Ishimboy ? Orsk va boshqa neft hamda gaz quvurlari o?tadi. Qattiq qoplamali avtomobil yo?llari uzunligi?25 ming km. Boshqirdiston hududida 13 kompressor stansiyaga ega bo?lgan gaz quvurlarining uz.? 4,5 ming km. 1991-yildan "Boshqirdiston aviatsiya yo?li" kompaniyasi ishlab kelmoqda. Ufa, Beloresk, Oktabrskiy shaharlarida aeroportlar bor. Oq Idil va Ufa daryolarida kemalar qatnaydi.

Tashqi iqtisodiy aloqalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Boshqirdistonga kredit bergan asosiy davlatlar: Avstriya, Germaniya, Bolgariya, Vengriya, AQSH, Turkiya, Singapur, Polsha, Xitoy, Yaponiya, Hindiston. Sarmoya loyihalarining asosiy soxalari: neftni qayta ishlash korxonalarini yangi texnika bilan jihozlash, neft konquduqlaridan foydalanish samarasini oshirish, ekologiya inshootlari qurish, binokorlik materiallari ishlab chiqarish, rangli metallurgiya va mashinasozlikni, dehqonchiliksanoat majmuini rivojlantirish va boshqa Boshqirdiston korxonalari 70 dan ortiq mamlakatga o?z mahsulotini chiqaradi. Boshqirdiston eksportida yoqilg?i (60%), kimyo va neft kimyosi (30%) sanoati mahsulotlari asosiy o?rin oladi. 1996-yilda Boshqirdiston 2 mlrd. dollarlik mahsulotni chetga chiqardi. Uning 70% dan ko?prog?i Finlandiya, Shvesiya. Belgiya, Buyuk Britaniya, Avstriyaga to?g?ri keldi. Chetdan sotib oladigan mollarining yarmisini mashina, asbob-uskuna, transport vositalari, 20% ni kimyoviy mahsulotlar, o?g?itlar, kauchuk tashkil qiladi.

Tibbiy xizmati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Boshqirdistonda 370 kasalxona muassasasi bo?lib, ulardagi o?rinlar 50 mingdan oshadi. Salkam 16 ming vrach, 400 ga yaqin dorixona, 32 sanatoriy, 55 profilaktoriysanatoriy bor. Asosiy kurortlari: Aksakove, Alkino, Shafranovo, Yumatovo, Yaktiko?l, Yangantov.

Maorifi va fani [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Boshqirdistonda 1800 ga yaqin maktabgacha tarbiya muassasasi, 3 mingdan ko?proq maktab, 27 texnikum, 26 bilim yurti, 23 kollej, 50 yosh texniklar va tabiatshunoslar stansiyasi, 15 bolalar sayyohlik maskani, 200 dan ko?proq bolalar va o?smirlar sport, musiqa va badiiy maktabi bor. Boshqirdiston universiteti, umuman 1! oliy o?quv yurtida 160 soha va ixtisoslik bo?yicha ta?lim beriladi. 1991-yildan Boshqirdiston Fanlar akademiyasi ishlay boshladi. Eng yirik ilmiy muassasalari: Neft kimyosi muammolari, Neft kimyosi va katalizi, Nozik organik sintez, Energiya resurslarini tashish muammolari, Gerbitsid va o?simliklar o?sishi regulyatorlari texnologiyasi intlari, Boshqirdiston asalarichilik tajriba stansiyasi va boshqa Boshqirdistonda 10 mingdan ziyod ilmiy va ilmiypedagog xodimlar ishlaydi.

Sporti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Respublikada 8 mingdan ortiq sport inshooti, jumladan 42 stadion bor.

Matbuoti, radioeshittirish va teleko?rsatuvi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Boshqirdistonda 200 ga yaqin ommaviy axborot vositalari faoliyat ko?rsatadi. 7 tidda respublika gazeta va jurnallari chiqariladi, radioeshittirish va teleko?rsatuvlar olib boriladi. 1994-yilda "Bashinform" davlat axborot agentligi tashkil etilgan.

Adabiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Boshqirdiston xalqining qahramonlik eposlari, ona yurtni madh etuvchi qo?shiqpar va boshqa folklor namunalarida xalqning orzuo?ylari ifodalangan Salavat Yulayev ijodi ozodlik, demok ratiya g?oyalari bilan sug?orilgan. 19-asr oxiri adabiyotida ma?rifatparvarlik ta moyili kuchaydi. 19-asr 2-yarmi ?20-asr boshlarida M. Oqmulla, M. Bikchurin, Majid G?afuriy, Sayfi Qudash, A. Toyirov, Sh. Babich kabi shoirlar ijod qildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida R. Ne?matiy, Mustay Karim va boshqa shoirlarning she?rlarida, S. Agish va Boshqirdiston Bikboyning dramalarida xalq qahramonligi ulug?landi. Urushdan keyin X. Davletshina "Irgiz", S. Agish "Poydevor", A. Bikchentoyev "Oqqushlar Uralda qoladi", V. Valiyev "May yomg?iri" romanlarini, X. Karim "Yorug? yulduz", S Quliboy "Jangdan keyin", T. Arslon "Oltin buloq", "Yurtim" dostonlarini yozdi. I. Abdullin dramalari, X. Muxtor, L. Karimova qissalari, 3. Biisheva, X. Gilyajev romanlari nashr qilindi. S. Qudash, M. Karim, A. Bikchentoyev va boshqa adiblarning asarlari o?zbek tiliga tarjima qilinib, chop etilgan.

Me?morligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Azaldan yig?ma o?tov (tirme)lar ko?chmanchi boshqirdlarning uyi bo?lgan. O?rmon va tog?li joylarida esa turar joylar yog?och, tosh va somonli loydan qurilgan. Boshqirdistondagi machit, Madrasa va maqbaralarda VolgaKama Bulg?oriyasi me?morligining ta?siri seziladi. 16?18-asrlarda Sterlitomoq, Belebey, Birsk va Ufa kabi shaharlar rus me?morligi asosida barpo etilgan. 19-asr?20-asr boshlarida imoratlar yog?och va g?ishtdan dastlab klassitsizm va keyinroq eklektizm uslubida solingan. Eski shaharlar qayta qurilib, yangi shaharlar (Salavat, Oktabrskiy, Neftekamsk) barpo etildi. Ufadagi madaniyat saroyi, sanoat uyi, universitet binosi, Boshqirdiston akademik drama teatri, davlat sirki va sport saroyi, Oktabrskiydagi sport saroyi, texnika uyi, Salavatdagi madaniyat saroyi diqqatga sazovor. Bularning me?morlari ? N. I. Shabarov, V. M. Lyubarskiy, S. I. Yakshin va boshqa

Tasviriy san?ati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Boshqirdistonda guldor, naqshli matolar (harausi peshonabog?i), paloslar, parda (sharshav), guldor sochiqlar to?qish, kashtachilik, gul tikilgan movut poyabzallar, naqshinkor metall va charm buyumlar yasash qadimdan rivojlangan. Boshqirdiston tasviriy san?atining vujudga kelib, kamol topishida birinchi boshkird rassomi K. A. Davlatkeldiyev (asosan portretchi), M. N. Yelgashtina, A. E. Tyulkin va boshqa katta rol o?ynadi. 1920-yilda Ufada Badiiy muzey, 1926-yilda Badiiy bilim yurti (hozirgi Ufa san?at bilim yurti) ochildi. 20-asr o?rtasi va oxirlarida V. P. Andreev, P. P. Salmasov, R. M. Nurmuhametov, A. F. Lutfullin, A. X. Sodiqrva kabi san?atkorlar barakali ijod qildilar.

Musiqasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Boshqirdiston xalq musiqasida bir ovozli xonandalik, ohangdor, musiqa bezaklariga boy, erkin tarzda rivojlanuvchi "uzunkuy"lar, raqsbop "qisqakuy" va "takmak"lar, do?mbira jo?rligida ijro etiladigan dostonlar, shuningdek qo?ray, qo?biz, garmon, mandolina kabi sozlar keng tarqalgan. X. Axmetov, M. Valiiv, H. Zaymov, 3. Ismag?ilov, R. Murtazin, N. Sobitov, T. Karimov singari kompozitorlar qo?shiq, kantata, opera, balet, simfonik, kamer asarlar yaratishdi. 1938-yilda Ufada Boshqird davlat opera va balet teatriga asos solindi. Unda milliy operalar sahnalashtirildi. Ijrochilardan 3. Nasritdinova, Boshqirdiston Valeeva, G. Xabibullin, M. Hismatullin, A. Abdurazzoqov, I. Gaziyev, R. Shayxutdinov, S. Archinboyeva va boshqalarlar mashhur.

Teatri [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Boshqirdistonning professional teatr san?atiga 20-asr boshlarida asos solindi. 1919-yil Sterlitomoq shahrida badiiy havaskorlik to?garagi zaminida birinchi milliy teatr (1922-yildan Ufada; hozirgi Boshqirdiston akademik drama teatri) tashkil qilindi. 1926-yilda Boshqirdiston musiqa texnikumi (keyinchalik San?at texnikumi) ochildi. Boshqirdiston teatri taraqqiyoti M. Magadeev, O. Xanov, T. Babicheva, N. Irsayeva, T. Makrushina, Sh. Murtazin, A. Mubaryakov, 3. Bikbulatova, X. Ibragimov, A. Tagirov kabi rej., aktyor va dramaturglar nomi bilan bog?liq. 1933-yilda ko?chma qo?g?irchoq teatri, 1938-yilda Boshqird opera va balet teatri tashkil qilindi, teatr o?z repertuarini milliy asarlar hisobiga boyitdi. Bulardan tashqari "Hyp" tatar teatri, Salavat, Sibay, Tuymazida teatr jamoalari, "Irandik", "Yondaz", "Laysan", "Agidel", "Engiye" kabi havaskor raqs jamoalari mavjud.

Bayramlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Boshqirdlarning xalq bayramlari jozibador. Kishloqlarda "kazomoxa", ya?ni "g?oz pati" bayrami qish kirishida o?tkaziladi. Bunda g?ozlar so?yilib, qo?niqo?shnilar mehmon qilinadi. Ko?klamgi ekintikin tugashi paytida sabantuy o?tkaziladi. Qopda yugurish, ot poygasi, milliy kurash, ko?z boylab tuvak sindirish kabi musobaqalar bo?ladi. Sabantuy g?allakorni jasoratli mehnatga ilhomlantiradi. Ovul kuni, qishloq kuni singari yangi bayramlar ham urf bo?lgan.

Kinosi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1990-yil dan "Bashkortostan" kinostudiyasi ishlaydi. U asosan hujjatli filmlar va kino jur.lar ishlab chiqaradi.

Yana qarang [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil