한국   대만   중국   일본 
Boltiq dengizi - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Boltiq dengizi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boltiq dengizi
Joylashuvi Simoliy Yevropa
Yuzasi 415 ming km
O?rtacha chuqurligi 51 m
Eng katta chuqurligi 470 m
Suv hajmi 21,5 ming km
Qirg?oq uzunligi 1 8000 km
1 Qirg?oq uzunligini aniq o?lchab bo?lmaydi.


Boltiq dengizi ? Atlantika okeanining bir qismi. Maydoni 419 ming km². Materik ichkarisiga chuqur kirib borgan. Chuq. 40?100 m, eng chuqur yeri 470 m. Boltiq dengizi da suv osti balandliklari va botiqlar, Botniya, Fin, Riga kabi qo?ltiqlar, Saaremaa, Ryugen, Gotland, Eland, Bornxolm, Aland kabi katta orollar bor. Okean bilan Eresunn, Katta va Kichik Belt, Kattegat va Skagerrak bo?g?ozlari orqali tutashgan. Qirg?oqlari asosan qumli pasttekisliklardan iborat, shim.sharqi qoyali. Dengiz tubi qum va gilli balchiqlar bilan krplangan. Botiqlar, qatortepalar va jarliklar ko?p uchraydi. Boltiq dengizi ga 250 dan ortiq dare ( Neva , Daugava , Visla , Odra va boshqalar) quyiladi. Boltiq dengizi ning iqlimi mo??tadil. Jan.da yanvarning o?rtacha temperaturasi ? 1,1°, iyulniki 17,5°, shim.da yanvarniki ? 11,5°, iyulniki 17°. O?rtacha yillik yog?in 500?600 mm, ba?zi joylarida 1000 mm gacha. Qishda suv yuzasining temperaturasi 1?3°, yezda 18?20°. Boltiq dengizi ning qirg?oqqa yaqin qismlari noyabrdan aprel oyigacha muzlaydi. Boltiq dengizi yuzasida suvning sho?rligi faqat g?arbida 11‰, boshqa qismlarida 2?3‰ dan 6? 8‰ gacha. Boltiq dengizi da seld, chavaqbaliq, anchous, paltus, losos, olabug?a ovlanadi. Botniya qo?ltig?ida tyulen bor. Boltiq dengizi Boltiqbo?yi mamlakatlarining eksportimportida va yo?lovchilar tashishda katta ahamiyatga ega. Antropogen ta?sirlar natijasida ekologik ahvoli yomonlashgan. Asosiy portlari: SanktPeterburg, Tallin, Riga, Liyepaya, Ventspils, Klaypeda, Kaliningrad, Shchesin, GdanskGdinya, Rostok va boshqa Kurortlardan: Yurmala, Kolobjeg, Ustka va boshqa [1]


Boltiq dengizi [2] Shimoliy Yevropadagi dengizdir . Skandinaviya yarimoroli, Yevropa qit?asi va Daniya orollari bilan o?ralgan.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]


Boltiq bo?yi mamlakatlari

Olmoniya bayrogʻi Germaniya   · Daniya bayrogʻi Daniya   · Latviya bayrogʻi Latviya   · Litva   · Polsha bayrogʻi Polsha   · Rossiya bayrogʻi Rossiya   · Finlandiya bayrogʻi Finlandiya   · Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya   · Estoniya bayrogʻi Estoniya   ·

</noinclude>