Bolalar bog?chasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bolalar bog?chasi ? maktab yoshigacha bo?lgan bolalarni tarbiyalovchi muassasa. Birinchi marta 1837-yil Germaniyada nemis pedagogi F. Frebel tomonidan tashkil etilgan. Bolalar bog?chasi xalq ta?limi tizimining dastlabki bo?g?ini hisoblanadi (qarang maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasi).

O?zbekistonda odatdagi Bolalar bog?chasi 3?7 yoshli bolalarga mo?ljallangan. 2 oylikdan 7 yoshgacha bo?lgan bolalar tarbiyalanadigan yaslibog?chalar ham bor. Bundan tashqari sog?lomlashtirish bog?chalari, jismoniy va aqliy nuqsonli bolalar uchun bog?chalar, uybog?cha, mavsumiy bog?chalar (asosan qishloq xo?jaligi ishlari ko?paygan vaqtda tashkil etiladi), "bolalar bog?chasimaktab" majmui ham mavjud. Bolalar bog?chasi hokimiyatning ijroiya organlari tomonidan tuman, shahar, muassasa, korxona, xo?jalikda tashkil etiladi. Bolalar bog?chasi qaysi tashkilot qaramog?ida bo?lishidan qat?i nazar O?zbekiston Respublikasi Xalq ta?limi vazirligi uni kadrlar bilan ta?minlaydi va faoliyatiga ilmiy pedagogik jihatdan rahbarlik qiladi. O?zbekistondagi bog?chalarda bolalarga chet tillari, xoreografiya, tasviriy va musiqiy san?at, kompyuter savodxonligi asoslarini o?rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etilgan. 2000-yil O?zbekiston Respublikasida 6742 Bolalar bog?chasi ishladi, ularda 608 ming 500 bola tarbiyalandi.Bog'chalar ochilishi ko'plab oilalarga qulaylik va osonlikni yaratib berdi. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. "Bolalar bog?chasi" O?zME . B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil