한국   대만   중국   일본 
Blokada - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Blokada

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Blokada (ing. blockade ? qamal, qurshamoq) ? 1) (harbiy) ? harbiy harakatni amalga oshirishning dushman ob?yektini ajratib, yakkalab, tashqi aloqalarini izdan chiqarishga qaratilgan alohida shakli. Bundan maqsad dushman davlatning harbiyiqtisodiy qudratini sindirib, taslim bo?lishga majbur etishdan iborat (yana qarang Qamal ); 2) (siyosiy) ? biror davlatni muayyan talabni bajarishga majbur etish maqsadida uning tashqi aloqalariga putur yetkazishga qaratilgan siyosiy tadbirlar tizimi]]. Siyosiy B. davlatni diplomatik jihatdan yakkalab qo?yishda ifodalanadi. Siyosiy B. ko?pincha iqtisodiy B., ba?zida harbiy B. bilan bog?liq bo?ladi. Ikkinchi jahon urushidan so?ng G?arb davlatlari milliy mustaqillik uchun kurash yo?liga o?tgan davlatlarga qarshi siyosiy B.ni keng miqyosda qo?lladi; 3) (iqtisodiy) ? biror davlatning xo?jalik taraqqiyotini izdan chiqarish maqsadida uni iqtisodiy jihatdan yakkalab qo?yish. Tashqi savdo, moliya, qarz va boshqa iqtisodiy aloqalarni to?xtatib qo?yish (taqiqlash) yo?li bilan amalga oshiriladi. Odatda, siyosiy va aksariyat harbiy B. bilan qo?shib amalga oshiriladi; 4) (tibbiy) ? biror a?zo yoki sistemaning funksiyasini vaqtincha to?xtatish, mas, yurak B.si ? yurakning impuls o?tkazuvchi sistemasi bo?ylab impuls o?tishini to?xtatish; novokainli B.? novokain purkab qilinadigan muolaja, bunda novokain nerv hujayralariga yallig?lanish va allergiyaga qarshi ta?sir ko?rsatadi.

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil