Birlashgan millatlar tashkilotining iqtisodiy va ijtimoiy kengashi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Birlashgan millatlar tashkilotining iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (EKOSOS) ? BMTning asosiy organlaridan biri. Uning xalqaro va ijtimoiy hamkorlik sohasidagi vazifalarining ijrosi uchun mas’ul tashkilot. BMT Bosh Assambleyasi saylaydigan 55 a’zodan iborat; ularning uchdan biri har yili qaytadan, BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari bulgan davlatlar esa uzluksiz a’zolar etib saylanadi. O?z vakolatlariga binoan iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ta’lim, sog?liqni saqlash va h. k. sohalarga oid xalqaro masalalar yuzasidan tadkiqotlar o?tkazadi va ma’ruzalartayyorlaydi; inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmatlashni rag?batlantirish maqsadida tavsiyalar ishlab chiqadi; BMT Bosh Assambleyasiga takdim etish uchun o?z faoliyat doirasiga kiradigan masalalar bo?yicha konvensiyalarning loyihalarini tayyorlaydi, mazkur masalalar yuzasidan konferensiyalar o?tkazadi. O?z faoliyatida rivojlanayotgan mamlakatlarga iqgisodiy, texnikaviy va boshqa xil yordam ko?rsatish ishiga katta ahamiyat beradi. Oliy organi ? sessiya bo?lib, u yiliga 2-marta: bahorda ? NyuYorkda, yozda ? Jenevada o?tkaziladi.

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil