한국   대만   중국   일본 
Birja - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Birja

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Birja so?zi lotincha va olmoncha so?zdan kelib chiqqan bo?lib ?xamyon“ni bildiradi. Qadimda birja so?zi quyidagi 3 xil voqelikni ifodalash uchun qo?llanilar edi:

' Birja (gollandcha beurs, nem. Burse ? hamyon) ? bozorni uyushtirishning tashkiliy shakli; tovarlar (tovar birjasi), qimmatbaho qog?ozlar (fond birjasi), valyuta (valyuta birjasi) ulgurji savdosi, tovar bo?lgan ish kuchi oldi-sotdisi (mehnat birjasi) bozori. Aksariyat hollarda yopiq yoki ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi. B.ga birja qo?mitasi rahbarlik qiladi. Uning huzurida kotirovka komissiyasi ish olib boradi. B.da brokerlar, dilerlar, trey^ derlar faoliyat ko?rsatadi. B. va uning shakllari bozor mexanizmining zaruriy infratuzilmasi hisoblanadi.

Tovar B.si ommaviy tovarlar (don, paxta, metall va boshqalar)ni standartlar yoki namunalar bo?yicha sotadi. Ayrim B.lar faqat bir guruh tovarlar savdosi bo?yicha ixtisoslashadi. Kelishuvlar ma?lum muddatlarga tuziladi (aksariyat 6 oy), natijada tomonlar narxlar farqlaridan ko?p narsa yutishi yoki yutkazishi mumkin. B. narxlari haqidagi ma?lumotlar kotirovka shaklida muntazam birja byulletenlarida e?lon qilib boriladi.

O?zbekistonda 1994-yildan Respublika tovarxom ashyo B.si (ochiq aksiyadorlik jamiyati) va 1991-yil avgustdan "O?zbekistan" respublika universal agrosanoat B.si, shuningdek respublikada ishlab chiqarish vositalari, tovar resurslari oldisotdisi bilan shug?ullanadigan "O?zulgurjibirjasavdo" ? O?zbekistonda ulgurji va birja savdosi bo?yicha Respublika davlataksiyadorlik uyushmasi (1994-yil mart) faoliyat ko?rsatadi. Shuningdek Respublika ko?chmas mulk B.sida (1994 i. mart) ko?chmas mulk (turar joy binolari, yer maydonlari, avtotransport vositalari, bankrot bo?lgan korxonalar va boshqa mulklar) kimoshdi va tanlov savdolari orqali sotiladi.

Fond B.si aksiyalar va obligatsiyalar bilan oldisotdi muomalasini olib boradi. Bundam B.larda mamlakatda chiqarilgan qimmatbaho qog?ozlar bilan birga chet el qimmatbaho qogozlari ham savdoda qatnashaveradi. Fond B.sidagi bitishuvlarda qimmatbaho qogozlar haqi savdolashuvning o?zida yoki 2?3 kun keyin to?lanadi (kassa bitishuvi) yoki hisobkitoblar bir oy muddatda o?tkaziladi (muddatli bitishuv). B.da ish ko?rayotganlar qimmatbaho qog?ozlarni sotib olish vaqtidagi kurslar farqidan (muddatda sotish) katga fonda ko?radilar. Yirik fond B.lari NyuYork, Tokio , London, Parij, Bazel, Moskva va boshqa shaharlarda joylashgan. O?zbekistonda "Toshkent" respublika fond B. erkin sotuvga chiqarilgan aksiyalar, veksellar, obligatsiyalar, depozitli sertifikatlar savdosi bilan shug?ullanadi (1994-yil aprelda ta sh kil etilgan).

Valyuta B.si valyutalar bozorini o?tkazadi va valyutalar kotirovkasini amalga oshiradi. Hozirgi sharoitlarda keng ko?lamli valyuta savdosi yirik banklar o?rtasida olib boriladi, ammo ayrim mamlakatlarda banklararo valyuta bozori bilan birga maxsus valyuta B.lari ham bor. O?zbekiston Respublikasi valyuta birjasi 1992-yil 22-iyunda tuzilgan. Chet el valyutasi savdosini tashkil etish bilan shug?ullanadi. 1994-yil 15 apreldan muntazam savdo o?tkazadi.

Dastlabki B.lar 15?16-asrlarda Italiya, Gollandiya, Angliyada paydo bo?lib, 19-asrning 2-yarmida juda rivojlandi. O?zbekistonda 20-asrning 20- yillarida B.lar mavjud bo?lib, ulardan ko?p ukladli iqtisodiyot sharoitida bozorni davlat tomonidan boshqarish maqsadida foydalanilgan edi. 1991-yildan mamlakatning bozor iktisodiyotiga utishi davrida O?zbekistonda respublika universal tovarfond B.si (1991-yil avgustda tuzilgan), viloyatlarda respublika B.larining bo?lim va vakolatxonalari hamda mustaqil tovar va tovarxom ashyo B.lari faoliyat boshladi. 1996-yildan Toshkent shahrida hamma turdagi B. savdolarini utkazishga ixtisoslashgan va zamonaviy vositalar bilan jihozlangan Respublika Birja markazi ishga tushirildi.

B. savdosi har bir mamlakatda muayyan qonunlar majmui asosida tartibga solinadi. Qonunlar narxlar bilan qalloblik qilishni hampa bankropmiknint oldini olish maqsadlarini ko?zlaydi. Jahondagi rivojlangan mamlakatlarda keyingi 20 yil ichida B. savdosini qonunchilik yo?li bilan tartibga solish kuchaydi. Ilgari ko?pgina mamlakatlarda B. muomalasi, asosan, B.ning o?zida ishlab chiqilgan me?yor hamda qonunlar asosida tartibga solinar edi. AQShda 1973-yildan fyuchers B.lari ishini barcha tovar fyuchers savdosi bo?yicha komissiya boshqaradi. Uning xodimlari tarkibini Prezident tayinlaydi va Kongress tasdiklaydi. Angliyada 1986-yilgacha tovar B.si faoliyatini Angliya banki kuzatib turgan, 1986-yildan bu vazifani qimmatbaho qog?ozlar va investitsiya bo?yicha Kengash bajaradi. Fransiyada bunday boshqarish fyuchers tovar bozori bo?yicha komissiyaga, Yaponiyada turli vazirliklar (moliya, qishloq xo?jaligi, tashqi savdo hamda sanoat)ga yuklatilgan. O?zbekistonda 1992-yil 2-iyulda "Birjalar va birja faoliyati to?g?risida" Qonun qabul qilindi. 1992-yil martdan Vazirlar Mahkamasi qarori bilan B.lar ishini muvofiqlashtiruvchi O?zbekiston Respublikasi birjalari kengashi tuzildi, 1995-yil sentabrda respublika Moliya vazirligi qoshida Qimmatbaho qog?ozlar va fond B.lari bo?yicha davlat komissiyasi tuzildi. Komissiya qimmatbaho qog?ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va korxonalar hamda davlat boshqaruvi organlarining B.dagi faoliyatini muvofiqlashtirish bo?yicha davlat siyosatini amalga oshiradi.

Sherqul Shodmonov. [1]

Sotuvchi va sotib oluvchilarni bir joyda yig?ilishini; Bunday yig?ilishlarini o?tkazish joylarini byelgilashni; Shu vaqtda amalga oshiriladigan oldi-sotdi amallarining yig?indisini. Bu fikrlarning barchasi jamlansa ma?lum ma?noda bozor yoki birja dyegan ma?no kyelib chiqadi. Birjaning o?ziga xosligi shundaki unda savdo ulgurji tarzda amalga oshiriladi. Birjaning dastlabki shakllaridan biri bu ? qadimdan savdo-sotiqda o?zaro tovar va maxsulotlar almashinuvini ta?minlashda dallollar (brokyerlar) vositachilik qilganlar, chyet eldan va mamlakatlar viloyatlaridan kyelgan savdogarlar bilan doimiy aloqada bo?lib turganlar, o?z mushtariylarga yetishmagan tovarlar haqida tyez-tyez karvonlarning boshqa turkumlari orqali o?z ehtiyojlarini ma?lum qilganlar. Dallollik xizmati o?sha davrlarda muxim hisoblangan. Birja eng qadimgi savdo instituti bo?lib, hozirgi birja tashkilotlarini yaratilishi, savdoning rivojlanishi, yirik savdo markazlarining tarkib topishi, savdogarlar guruxlarining ko?plab yuzaga kyelishini ta?minlaydi. Dyemak, hozirgi birjalarning avlodi bo?lib bozor va yarmarkalar sanaladi.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil