한국   대만   중국   일본 
Bazel - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Bazel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bazel ? Shveysariyaning shim. chekkasidagi shahar, Bazel-Shtadt yarim kantonining ma?muriy markazi. Fransiya ? GFR chegarasi yaqinida, Reyn daryosidagi port. Aholisi 170 ming kishi (1990, shahar atrofi bilan 360 ming), ko?pchiligi nemis tilida so?zlashadi. B. kattaligi jihatdan mamlakatda 2-o?rindagi shahar. Xalqaro aeroport bor. Yirik savdo, moliya va sanoat hamda madaniyat markazi. Kimyo, poligrafiya, mashinasozlik, qurilish va metallsozlik, yengil, oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. B.da har yili yarmarka o?tkaziladi. Xalqaro bank joylashgan. Universitet (1460-yildan), tarix va etnografiya muzeyi bor. Dastlab 374 yilda Baziliya deb qayd etilgan. 1501-yildan Shveysariya konfederatsiyasi tarkibida. 15-asr oxiri, 16-asrda Yevropadagi savdo, kredit operatsiyalari, hunarmandchilik markazlaridan biri bo?lgan. 1833-yilda mustaqil yarim kanton huquqini qo?lga kiritgan. 11 ? 19-asrlar me?moriy yodgorliklari: roman-gotika sobori (1185 ? 1200), ratusha (1504 ? 1608) saqlangan.

Fotogalereya [ tahrir | manbasini tahrirlash ]


Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil