한국   대만   중국   일본 
Barionlar - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Barionlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Barionlar (yun. barus ? og?ir) ? massasi proton massasidan kichik bo?lmagan, barion zaryadi birga teng bo?lgan, yarim butun spinli "og?ir" elementar zarralar. B. Fermi ? Dirak statistikasiga bo?ysunadi. Bu guruhga nuklonlar (neytron va proton) va giperonlar kiradi. Faqat proton erkin holda turg?un bo?ladi. Boshqa barcha B. barqaror emas, ular ketma-ket parchalanish yo?li bilan proton va yengil zarralarga aylanadi. B. ma?lum bo?lgan barcha (kuchli, elektromagnit, kuchsiz va gravitatsion) o?zaro ta?sirlarda ishtirok etadi. B. bilan bo?ladigan har qanday jarayonlarda barion zaryadining saqlanish qonunlari, ya?ni barionlar va antibarionlar sonlari farqi o?zgarishsiz qoladi. Barcha barionlar uchun barion zaryadi (soni) 1 ga, antibarionlar uchun ? 1 ga teng . B. maftunlik, g?alatilik, go?zallik va boshqa kvant sonlar bilan tavsiflanadi.

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil