Bandlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bandlik yoki aholini ish bilan ta?minlash  ? mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg?ul bo?lishi; fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog?liq bo?lgan va qonunlarga zid kelmaydigan, mehnat daromadi beradigan faoliyati. [1] Bandlik xodimni ijtimoiy mehnat taqsimotiga asoslangan aniq mehnat kooperatsiyasiga jalb etish bo?yicha kishilararo munosabatlarni ifoda etadi. Bandlik turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda yollanib ishlash bilan cheklanmay, ayni paytda tadbirkorlikni, o?zini ish bilan mustaqil ta?minlash ( o?zicha bandlik )ni, shaxsiy tomorqa xo?jaligidagi ishni, uy xo?jaligida band bo?lish va bolalarni tarbiyalash bilan shug?ullanish, davlat va jamoat vazifalarini bajarishni, o?rta maxsus va oliy o?quv yurtlarida kunduzgi o?qishni ham o?z ichiga oladi.

To?liq va to?liqsiz bandlik [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Bandlik to?liq va to?liqsiz bo?lishi mumkin. To?liq bandlik amalda mehnatga qobiliyatli aholining 90 ? 92 % band bo?lishini nazarda tutadi. Bozor sharoitlarida to?liq bandlik jamiyat darajasida tabiiy ishsizlikning bo?lishini ham bildiradi. To?liq bo?lmagan bandlik aksariyat hollarda yashirin ko?rinishga ega bo?lib, xodimlarni rasman band deb hisoblashni nazarda tutadi, amalda xodimlardan qisqartirilgan ish vaqti davrida foydalanishni anglatadi.

Ikkilamchi bandlik [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ikkilamchi bandlik amalda o?rindoshlik bo?lib, xodimning qo?shimcha ish haqi topish uchun ish kuchini o?zi asosiy band bo?lgan korxonaga (asosiy ishdan bo?sh vaqtlarda) taklif etishini bildiradi. O?zicha bandlik (o?ziga ish topish) daromad manbai bo?ladigan faoliyatni mustaqil izlashni, davlatning turli darajadagi idoralari qo?llab-quvvatlashi yordamida doimiy yoki vaqtinchalik daromad olish uchun ish o?rinlari barpo etishni nazarda tutadi. O?zicha bandlik aksariyat hollarda kichik biznes ko?rinishiga ega bo?ladi va xodimlarning o?z tashabbuslari bilan turli iste?mol tovarlari tayyorlash va xizmatlar ko?rsatish bo?yicha yakka mehnat faoliyati bilan bog?liq.

Samarali bandlik [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

To?liq va samarali bandlik tushunchalarini ham bir-biridan farqlamoq kerak. To?liq bandlik ishga muhtoj bo?lganlar va ishlashni xohlaganlarning barchasi ish bilan ta?minlangan holatni bildirib, ish kuchiga bo?lgan talab bilan ish kuchi taklifi o?rtasida muvozanat mavjudligini ifoda etadi. Samarali bandlik ni esa ikki nuqtai nazardan: iqtisodiy nuqtai nazardan ? inson resursidan eng oqilona foydalanish, ijtimoiy nuqtai nazardan ? mehnatning inson manfaatlariga eng muvofiq kelishi jihatlaridan tavsiflash mumkin. To?liq bandlik bandlikni miqdor jihatdan, samarali bandlik esa sifat jihatdan tavsiflaydi.

Mehnat bozorida talab va taklif o?rtasidagi muvozanatning bo?lmasligi hamisha to?liq va samarali bandlikka sharoit qoldirmaydi. Agar taklif talabdan ortib ketsa, albatta ishsizlik paydo bo?ladi, talab taklifdan va real ehtiyojlardan ortib ketgan sharoitlarda esa yashirin ishsizlik kelib chiqadi. Bandlik va ishsizlikni, ularni kerakli darajada saqlab turish maqsadlarida tartibga solishning asosiy mexanizmi bandlik xizmati ishini tashkil etish, kasbga tayyorlash va kasbga yo?naltirish hisoblanadi.

O?zbekistonda bandlik [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

O?zbekistonda bandlik siyosati bozor iqtisodiyotiga o?tishning birinchi bosqichida, ya?ni 1990-yillarda shakllangan. Mamlakatda aholini ish bilan ta?minlash, insonni ishli bo?lish huquqlarini ro?yobga chiqarish kafolatlari ?Aholini ish bilan ta?minlash to?g?risida“gi qonunida (1992-yil 13-yanvar; 1998-yil 1-mayda yangi tahrirda qabul qilingan) belgilab berilgan. O?zbekistonda bandlik muammolari katta e?tiborni talab etadi, chunki respublikada murakkab demografik vaziyat mavjud, aholining tabiiy o?sish sur?atlari yuqori, aholi tarkibida yoshlar ko?pchilikni tashkil etadi, aholining ko?p qismi qishloqlarda yashaydi. 1998-yil O?zbekistonda mehnatga layoqatli aholining 33,9 % davlat sektori korxona va tashkilotlarida, 66,1 % esa nodavlat sektori obyektlarida, jumladan xususiy xo?jaliklarda (2,7 %) ish bilan band edi. [1] Bozor iqtisodiyotiga o?tish davrida mulkchilikning turli shakllari paydo bo?lishi tufayli nodavlat sektorida ishlovchilar soni ortib bordi. Ularning bandligi 1994 ? 96 yillarda 12 % ga ortdi. Mehnatga layoqatli aholining ish bilan band bo?lmagan qismi ishsizlarni tashkil etadi.

Iqtisodiy izlanish markaziga ko?ra, hozirgi kunga kelib O?zbekistonning ish siyosati modeli o?z samarasini yo?qotib bormoqda va mamlakatning mehnat bozorida murakkab vaziyat paydo bo?lgan. [2] Birinchidan, yaratilgan ish o?rinlari soni yetarli emas, yaratilgan ish o?rinlarining aksari bo?lsa barqaror emas. 1991-2011-yillarda aholining mehnatga layoqatli qismi ulushi 50% dan 61,1% ga o?sdi. Shu vaqtning o?zida mehnatga layoqatlilarning ish bilan band qismi ulushi 81,6% dan 66,9% ga kamaydi. Bundan tashqari, ish o?rinlarning beqarorligi o?sib bormoqda: yaratilgan yangi ish o?rinlarining 30 % yo?qotilmoqda. Urbanizatsiya jarayonining tezlashayotgani sabab shahar mehnat bozorlarida keskinlik o?sib bormoqda.

Ikkinchiddan, nokorporativ sohaning (individual mehnat faoliyati, uydagi mehnat va yuridik shaxs statusiga ega bo?lgan korxonalardan tashqaridagi turli faoliyatlar) keng ko?lamda tarqalganligi noustuvor o?sish xavfini oshirmoqda. [2] Bunga sabab nokorporativ soha davlat byudjetiga tushadigan soliqlarni kamaytirmoqda, pul va valyuta almashinishidagi disbalanslar chuqurlashmoqda hamda mehnat aloqalari rasmiylashtirilmagani uchun mehnat kuchi sifati pasaymoqda.

Uchinchidan, mamlakat mehnat siyosati mehnat samaradorligini sust rag?batlantirmoqda hamda mehnat resurslarini yangi o?sish nuqtalari bo?la oladigan tarmoqlarga samarasiz yo?naltirmoqda. [2] Ilm va yuqori texnologiyali tarmoqlarda (ma?lumot xizmati, mashinasozlik, mikrobiologiya) ishlayotganlar ish bilan band aholining atigi 1,5% ini tashlik qiladi. Hozirgi bandlik sturkturasi va investitsiya siyosati sharoitida O?zbekistonda mehnat samaradorligini ikki marta oshirish uchun taxminan 15 yil kerak bo?ladi. Bu esa ishlab chiqarish rivojlangan mamlakatlar bilan O?zbekiston orasidagi farqni kamaytirishni yanada mushkullashtiradi.

Aholi bandligini oshirish bo?yicha asosiy tadbirlar ish bilan band bo?lgan aholining tarkibiy jihatdan qayta taqsimlash hamda mehnatga layoqatli yoshlarni yangi ilg?or tarmoqdar va sohalarga jalb qilish bo?lib, bu esa o?z navbatida mehnat salohiyatidan samarali foydalanishning muhim zaxirasi hisoblanadi. O?zbekiston qishloq xo?jaligida barcha ijtimoiy ishlab chiqarish xodimlarining uchdan bir qismidan ko?prog?i band. [1] Ularning ma?lum qismini bo?shatib olish va iqtisodiyotning boshqa sohalariga, eng avvalo, sanoatga va xizmat ko?rsatish sohasiga yo?naltirish, noqishloq xo?jaligi ish joylarini yaratish, mehnatni tashkil etishning ilg?or uslublarini qo?llash, o?smirlarni, ko?p bolalik ayollarni, pensionerlarni va nogironlarni iqtisodiy rag?batlantiruvchi ish bilan ta?minlash, ishsizlikni kamaytirish, mehnat birjalari faoliyatini yaxshilash kabi tadbirlar aholining ish bilan bandligini oshirishga olib keladi.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. 1,0 1,1 1,2 Rahimova, Dilfuza (2000-2005). "Bandlik". O?zbekiston milliy ensiklopediyasi . Toshkent.  
  2. 2,0 2,1 2,2 ?O?zbekistonda bandlik: mushkulliklar va perspektivalar“  (ruscha). Iqtisodiy izlanish markazi (13-may). 2013-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 4-dekabr, 2014. ( Wayback Machine saytida 2013-09-03 sanasida arxivlangan )

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]