한국   대만   중국   일본 
Balujiston - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Balujiston

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Balujiston urdu : ????????
baluj. ????????
inglizcha : Balochistan ? Pokistonning jan.-g?arbidagi viloyat. Balujiston tarixiy viloyatning 1947-yilda Pokiston tarkibiga kirgan sharqiy qismi. Maydoni 347 ming km². Aholisi 4,6 mln. kishi (1983). Ma?muriy markazi ? Kvetta shahri Shim.da Afg?oniston, g?arbda Eron, sharqda Pokistonning Sind va Panjob, shim.-sharqda Shim.-g?arbiy viloyat bilan chegaradosh, jan.da Arabiston dengiziga tutash. Yer yuzasining katta qismini o?rtacha balandlikdagi (2000 m gacha) va baland tog?lar egallagan. Eng shim.da Tobakakor (3096 m) tog? tizmasi joylashgan. Bu tog?lardan janubga Makron tog?lari cho?zilgan. Eng baland joyi 3593 m. Dengiz bo?yi kambar pasttekislik. Viloyatning g?arbiy qismidagi botiqlarda sho?rxoklar, sho?r ko?llar bor. Daryolari mayda, mavsumiy. B. Alp-Himolay faol seysmik mintaqasida joylashgan. temperatura yanvarda tekisliklarda 8?16°, iyulda 24 ? 32°. Tog?larda qish sovuq, sershamol. Yillik yog?in 100 ? 200 mm, ko?p qismi dekabr va fevral oylarida yog?adi. Tuproqlari subtropik mintaqaga xos bo?z tuproq, shim.-g?arbida cho?l qo?ng?ir, sho?r, qum tuproqlar. Cho?l qismida saksovulzor va butazorlar bor. Tog? yon bag?irlari siyrak o?rmon, butazor. Aholisi balujlar bilan pushtular. Q. xda yaylov chorvachiligi yetachi o?rinda (qo?y, echki, tuya boqiladi). Tog? oralig?idagi vodiylarda voha dehqonchiligi bilan shug?ullaniladi, tekislik yerlarda don yetishtiriladi. Oltingugurt, osh tuzi, qung?ir ko?mir, tabiiy gaz qazib olinadi. Mashinasozlik va metallsozlik, sement, yog?ochsozlik, oziq-ovqat, kimyo sanoati korxonalari bor. Dengiz bo?yida baliq ovlanadi. Hunarmandchilik rivojlangan: qo?lda gilam to?qish, yog?och buyumlar yasash, kashta tikish va boshqa Kvetta shahrida me?moriy yodgorliklar saqlangan.