한국   대만   중국   일본 
Balet - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Balet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Balet

Balet ( lotincha : ballo ? raqsga tushaman) ? asar mazmuni musiqiy xoreografik obrazlar vositasi bilan ifodalanadigan sahna san?ati turi. O?zida san?atning dramaturgiya , musiqa , xoreografiya , tasviriy san?at kabi turlarini uyg?unlashtiradi, bu san?at turlarining hammasi alohida-alohida mavjud bo?lmay, baletning sintez markazi bo?lgan xoreografiyaga bo?ysunadi.

Balet libretto chi, kompozitor , baletmeyster va rassom hamkorligida yaratiladi. Baletning dramaturgik asosi libretto (ssenariy)dan boshlanib, unda asarning asosiy mazmuni, g?oya, ziddiyat va harakterlari aniq belgilanadi. Libretto ko?pincha adabiy asarga asoslanib, uni musiqa va xoreografiyada gavdalantirish imkoniyati hisobga olinadi. Ssenariy asosida esa kompozitor balet musiqasini yaratadi. Uning izchilligi, sahna ko?rinishi, parda va nomerlarga bo?linishi ssenariyda ko?rsatiladi. Musiqa faqat ssenariyni ifodalabgina qolmay, balki musiqali obrazlarning mazmuni bilan uni boyitadi. Balet musiqasi xoreografiyani yaratish uchun asos bo?lib xizmat qiladi.

Balet? musiqada yozilgan, xoreografiyada gavdalantirilgan drama. Xoreografik harakatning asosi raqs va inson tanasining plastikasidir. Baletda raqsning mumtoz, harakterli, sahna, xalq, erkin plastika, "modern" kabi turlaridan foydalaniladi. Mumtoz raqs Yevropa balet san?atida yetakchi o?rinni egallab, pantomima , raqsning boshqa turlari, sport va akrobatika elementlari bilan boyib bormoqda. Balet spektakl ida dekoratsiya , libos, yorug?lik va boshqa hamma tasviriy vositalarni musiqiy-xoreografik harakatga uyg?unlashtirish rassomning vazifasidir. Balet spektaklining ijrosi, musiqiy talqini va musiqa bilan raqs harakatining uyg?unligiga dirijyor rahbarlik qiladi. Baletning fojia , komediya , pyesa , balet ? simfoniya kabi janrlari mavjud. Balet spektakllari bir pardali, ko?p pardali bo?ladi. Balet atamasi asosan 16?19-asrlar davomida shakllangan yevropa balet san?atini ifodalaydi, lekin 20-asrdan kengroq talqin qilinib, Osiyo va Afrika mamlakatlarining raqs tomoshalariga nisbatan ham ishlatiladi. Yevropa baletining paydo bo?lishi qadimiy xalq musiqali raqs tomoshalariga borib taqaladi. 15?16-asrlar teatrlashgan raqslarning shakllanish jarayoni avval Italiya da, so?ng boshqa mamlakatlarda balet san?atini vujudga kelishiga sabab bo?ldi. 1581-yil Fransiya da yaxlit va rivojlangan mazmunli musiqa, raqs, pantomima, so?z va ashula bilan ifodalangan birinchi balet spektakli ("Qirolichaning hajviy baleti") yaratildi. 1661-yil Parij da tashkil qilingan "Qirollik raqs akademiyasi" baletning professional san?atga aylanishida katta rol o?ynadi. 18-asrda Angliya , Avstriya va Fransiya da balet batamom mustaqil san?at turi sifatida shakllandi. Rossiya da birinchi balet spektakli 17-asrning 70-yillarida ("Orfey va Evredika haqida balet") yaratilgan.

O‘zbekistonda balet [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

O?zbek xalqi qadimdan o?zining mumtoz raqsiga, rang-barang , rivojlangan raqs madaniyatiga ega bo?lib, bu O?zbekistonda professional balet san?atining rivojlanishiga katta ta?sir ko?rsatgan. 1918-yil Toshkent da Turkiston xalq konservatoriyasi zaminida Davlat rus opera teatri tashkil qilindi. Teatr qoshida kichik balet truppasi ham bo?lgan. 1929-yil teatr opera va balet teatri nomini oldi. "Lolaqizg?aldoq" (R. Glier), "Raymonda" (A. Glazunov), "Ferenji" (B. Yanovskiy), "Boqchasaroy favvorasi", "Kavkaz asiri" (B. Asafyev) kabi B.lar qo?yildi. 1933-yil Toshkentda 1-Respublika balet maktabi (1935-yildan Tamaraxonim nomida) ochildi. 1933-yil birinchi o?zbek milliy balet pantomimasi ? "Paxta" (baletmeyster Us t a Olim Komilov) sahnalashtirildi. Keyinchalik "Shohida" (F. Tal), "Gulandom" (Ye. Brusilovskiy), "Tog?lar qalbi" (A. Balanchivadze), "Laylakcha" (D. Klebanov) kabi B.lar o?zbek mumtoz va xalq raqslari asosida yaratildi. 1941-yilda balet maktabining birinchi bitiruvchilari G. Izmaylova, R. Urmanseva, N. Tarshilova qabilar balet truppasiga kelib qo?shildi. Ammo truppada tayyorlangan kordebaletning yuqligi mumtoz baletlar qo?yish imkonini bermasdi. 1943-yildagina "Oqbilak" (S. Vasilenko) baleti qo?yildi. 1948-yil o?zbek opera va balet teatri Sverdlov nomidagi rus opera va balet teatri bilan birlashtirilib, A. Navoiy nomidagi opera va balet teatriga aylantirildi va tajribali kordebalet artistlari bilan kuchaytirildi. "Bukri toychoq" (Ch. Puni), "Don Kixot" (L. Minkus), "Oqqush ko?li" (P. Chaykovskiy) kabi mumtoz, "Raqqosa" (G. Mushel) kabi milliy B.lar qo?yildi. 1948 ? 51-yillar Moskva xoreografiya bilim yurti qoshida ochilgan o?zbek balet studiyasida H. Komilova, G. Mavayeva, K. Yusupova, F. Nosirova, Yo. Hojisaidova, L. Bashirova, A. Nazrullayev, R. Tanguriyev va boshqa ta?lim oldilar.

1947-yil Toshkentda xoreografiya bilim yurti tashkil qilindi. "Yoshlik" (M. Chulaki), "Esmeralda" (Ch. Puni), "Uyqudagi go?zal" (P. Chaykovskiy) kabi spektakllar qo?yildi. 50-yillarning o?rtalarida balet truppasi B. Krriyeva, L. Komilova, S. Tanguriyeva, V. Proskurina, R. Kurmasva, V. Vasilyev, K. Soatov va boshqa balet artistlari bilan to?ldirildi. Truppa tarkibining yangilanishi repertuarga ijro uslubi murakkab mumtoz B.larni ("Jizel", "Shopeniana") kiritish imkonini berdi. 60-yillarda "Bolero" (M. Ravel), "Don Juan" (K. Glyuk), "Spartak" (A. Xachaturyan), "Korsar" (A. Adan), "Kashmir afsonasi" (G. Mushel), "Layli va Majnun" (I. Akbarov), "Sevgi tumori", "Temur Malik" (M. Ashrafiy), "Qirqqiz" (L. Feygin), "Semurg?" (B. Brovsin), "Suhayl va Mehri" (M. Leviyev) va boshqa B.lar sahnalashtirildi. 70-yillarga kelib, mumtoz, zamonaviy va milliy baletlar bilan o?zbek B.i boyidi. "Tanavor" (A. Kozlovskiy), "Oyimqiz va bezori" (D. Shostakovich), "Antoniy va Kleopatra" (E. Lazarev), "Afsonalar vodiysida" (U. Musayev), "Dunyoning yaratilishi" (A. Petrov), "Sevgi haqida qissa" (O. Medikov), "Sevgi va qilich" (M. Ashrafiy), "Uzilgan qo?shiq" (A. Kalninsh) va boshqa spektakllar shular jumlasidan.

1980?1990-yillar kompozitor va baletmeystrlarning milliy balet yaratish borasidagi harakatlari kuchaydi. "Navro?z" (Ik. Akbarov), "Quyoshga ta?zim" (R. Abdullayev), "To?maris" (U. Musayev) kabi baletlar milliy baletimiz mavqeini yanada ko?tardi. G. Izmaylova, B. Qoriyeva, V. Vasilyev, G. Hamroyeva, N. Yoqubova, R. Tanguriyev, S. Tanguriyeva, 3. Davletmurodova, R. Karimova, F. Sa?dullayeva qabilar o?zbek baletini rivojlanishiga munosib hissa qo?shdilar. 1997-yil Toshkent xoreografiya bilim yurti negizida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi hamda xoreografiya maktab-internati tashkil etildi.

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil