Balaton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Balaton ? Vengriyadagi ko?l. O?rta Dunay pasttekisligida, 105 m balandlikda. Maydoni 596 km², uz. 78 km. O?rtacha chuq. 3 m (eng chuqur joyi 11 m). B. ko?lining o?rni tektonik harakatlar natijasida vujudga kelgan. Shim.-g?arbiy qirg?oqlari baland, tik va parchalangan, qirg?oqlarining qolgan qismi past, qumloq, ba?zan botqoqlik. B.ga bir necha daryo quyiladi, eng kattasi ? Zala. Shio daryosi oqib chiqadi va u kanallar orqali Dunay daryosiga quyiladi. Kema qatnaydi. Yozda suvning temperaturasi 20°. B. atroflari Vengriyadagi yirik kurort va turizm rni. Mineral buloq ko?p.

Kema qatnovi va baliq ovlash yo?lga qo?yilgan. B. sohilida Kestxey va Shiofok shaharlari joylashgan. Tixan landshaft qo?riqxonasi (zakaznik), Kish-balaton rezervati bor.

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil