Bakteriologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bakteriologiya (bakteriyalar va... logiya) ? bakteriyalar haqidagi fan, mikrobiologiyaning bir bo?limi. Bir nechta mustaqil sohalari bor. Umumiy B. bakteriyalarning morfologiyasi, fiziologiyasi va biokimyosini, ularning o?zgaruvchanligi va irsiyatini, evolyutsiyasi, tabiatda tarqalishi va boshqalarni; tibbiyot hamda veterinariya B.si, kasallik tug?diruvchi bakteriyalar biologiyasini, ularni ajratib olish va aniqlash usullarini, immunitet hodisasini o?rganadi. Qishloq xo?jaligi B.si tuproq strukturasi hosil bo?lishida, qishloq xo?jaligi mahsulotlarini qayta ishlash (siloslash, achitish va h.k.)da bakteriyalarning ahamiyatini; texnika (sanoat) B.si bakteriyalarning spirtlar, organik kislotalar, fermentlar, aminokislotalar va boshqa hosil qilish jarayonlarini o?rganadi. B. 19-asrdan L. Paster bijg?ish va ayrim infeksion kasalliklarga bakteriyalar sabab bo?lishini aniqlagandan so?ng rivojlana boshladi.

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil