BBC News arabcha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BBC News Arabcha ( arabcha : ?? ?? ?? ???? ???? ), ilgari BBC Arabic Television, BBC tomonidan amalga oshiriladigan Arab dunyosiga tarqatiladigan televizion yangiliklar kanali . U 2008-yil 11-martda ishga tushirilgan bo?lib, BBC Jahon Xizmati tomonidan boshqariladi va Britaniya televizion litsenziya to?lovi hisobidan moliyalashtiriladi.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1994-yilda BBC Arab televideniyasi (qirol Fahdning amakivachchasi shahzoda Xolid ibn Abdullohga tegishli bolgan) Rimda joylashgan Orbit Communications kompaniyasi va Saudiya Arabistoni Mavorid holdingining sho?ba korxonasi tomonidan ochilgan. 1996-yil 21-aprelda Saudiya Arabistoni hukumatini tanqid qilgan Panorama epizodidan keyin u “efirdan olib tashlandi” [1] . O?sha paytda yangiliklar bo?limini ishga tushirgan Ian Richardson, kanalning qisqa muddatgagina cho?zilganini xodimlar bilan bo?lgan kelishmovchilikda aybladi.

BBC arab televideniyesining asl xizmatida ishlagan xodimlarning aksariyati oxir oqibat Aljazira kanalida ishlagan va ayni vaqtda esa BBC Arab Televideniyasining asosiy raqobatchilaridan biri hisoblanadilar.

Kanalni qayta ishga tushirish rejalari 2005-yilning oktyabr oyida e?lon qilindi. Aslida, efirga uzatish ishlari 2007-yilning kuzida boshlanishi kerak edi, ammo ba?zi sabablarga ko?ra 2008-yilga qoldirildi. Oxir oqibat, kanal 2008-yilning 11-mart kuni soat 09:56 GMT da qayta ishga tushirilib, 1-yangiliklar byulleteni soat 10:00 da efirga uzatildi. Dastlab kuniga 12 soat efirga uzatila boshlab, 24 soatlik ko?rsatuvlar 2009-yilning 19-yanvarda boshlangan.

Xizmatlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Kanal kuniga 24 soat efirga uzatilib, dolzarb mavzudagi dasturlar, hujjatli filmlar va ba?zida quvnoq ko?ngilochar dasturlar aralash bo?lgan qizg?in yangiliklar dasturlarini ham namoyish etadi.

Newsshour (yangiliklar soati), 1 soatlik yangiliklar byulleteni bo?lib, har kuni kechqurun 18:00 GMT da efirga uzatiladi.

30 yoki 60 daqiqalik BBC yangiliklar byulletenlari butun dunyo bo?ylab jurnalist va muxbir xabarlarini kun davomida efirga uzatib boriladi.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. Cochrane. ?Saudi Arabia's Media Influence“ . Arab Media and Society . 2017-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2014-yil 12-avgust.

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]