한국   대만   중국   일본 
Arastu - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Arastu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
( Aristotel dan yo?naltirildi)
Arastu (?ριστοτ?λη?)
Tavalludi taxminan miloddan avvalgi 384
Vafoti 7-mart , miloddan avvalgi 348
Olgan ta?sirlari Parmenid , Suqrot , Aflotun
Otasi Nicomachus [1]
VikiIqtibos
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda Arastu haqida sahifa mavjud.

Arastu yoki Aristotle ( talaffuzi:  Aristotel ) ( yun. : ?ριστοτ?λη? ) ( / ? ær ? s t ? t ?l / ) (miloddan avvalgi 384/383, Stagira ? miloddan avvalgi 322/321, Xalqida ) ? qadimgi yunon faylasufi , Aflotun shogirdi va Aleksandr Makedonskiy ustozi bo?lgan. Fizika , metafizika , nazm , teatr , mantiq , ritorika , siyosat , etika , biologiya hamda zoologiyaga oid ishlar yozib qoldirgan.

Hayoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Aristotelning hayoti haqida juda kam narsa ma?lum. Olim shimoliy Gretsiyadagi Stagira shahrida tug?ilgan. Otasi Nikomachus Aristotel bolaligida vafot etgan va u vasiyning qo?lida tarbiyalangan. Miloddan avvalgi 367-yilda, o?n yetti-o?n sakkiz yoshida, Afinaga borib, Platon akademiyasida [2] tahsil olgan. O?ttiz yetti yoshgacha (miloddan avvalgi 347-yil)gacha shu yerda qolgan. Aflotun vafotidan ko?p o?tmay, Aristotel Afinani tark etgan. Miloddan avvalgi 343-yildan boshlab Makedoniya podshohi Filipp taklifi bilan shahzoda Aleksandrga murabbiylik qilgan. Miloddan avvalgi 335 yilda Afinaga qaytib, o?zining Likey maktabini tashkil qilgan. Aleksandr vafotidan so?ng 323-yilda xudosizlikda ayblanib, Evbeya Xalqidasiga qochishga majbur bo?lgan va umrining oxirigacha shu yerda yashagan.

Faoliyati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Arastu qomusiy bilimlar sohibi, peripatetika maktabi asoschisi, uning ta?limoti ayrim, alohida fanlarni falsafiy nuqtai nazardan yoritib berdi. Fan sohalarini tasniflashda falsafiy tizim yaratish bilan qilishni sevgan tafakkurini rivojlantirishga juda kuchli ta?sir ko?rsatdi. Arastu ijodi o?z zamonidagi deyarli barcha bilim sohalarini qamrab oldi. O?zining ?ilk falsafa“ ga oid (?Metafizika“) asarida Platonning g?oyalar nazariyasini tanqid qildi. ?Platon g?oyalari“ moddiy predmetlarning oddiy nusxasi, aynan o?zi ekanini ko?rsatdi. Arastu ayrimlik va umumiylikning o?zaro munosabati masalasini hal etdi. Ayrimlik ?biron-bir joy“dagina va ?hozir“dagina mavjuddir, uni his bilan idrok etish mumkin. Umumiylik esa har qanday joyda va har vaqtda (?hamma yerda“ va ?hamma vaqt“) mavjud, u muayyan sharoitda ayrim holda yuzaga kelib, shu ayrimlik orqali idrok qilinadi. Shuningdek umumiylik ? fan predmeti, uni aql vositasida bilib olish mumkin.

Arastu olamdagi hodisalar va predmetlarning sabablarini to?rt guruhga bo?ladi: 1) moddiy sabab yoki materiya; 2) shakliy sabab yoki shakl; 3) yuzaga keltiruvchi sabab; 4) oxirgi sabab yoki maqsad. Garchi Arastu materiyani dastlabki sabablardan biri, deb e?tirof etsa ham, uni faqat passiv asos, imkoniyat xolos, qolgan uch sababni esa ? faol sabab, deb hisoblaydi. Masalan, uning fikricha, shaklsiz hech qanday narsaning bo?lishi aslo mumkin emas, shakl ? borliq mohiyatidir, shakl ? abadiy, o?zgarmas va moddiy sababdan ustunroqdir. Yuzaga keltiruvchi sabab harakat yoxud turg?unlik manbaidir. Harakat, deydi Arastu, biron-bir narsaning imkoniyatdan voqelikka o?tishidir. Harakatning to?rt turi bor, bular: sifatli harakat yoki o?zgarish; miqdoriy harakat yoki ko?payish va kamayish; joyni o?zgartirish yoki makondagi harakat; vujudga kelish va yo?q bo?lishdan iborat. Oxirgi sabab yoki maqsad ? harakat, o?zgarish, inson faoliyatining oqibatidir.

Arastu ta?limotiga binoan, xudo ? o?z qonunlari bo?yicha rivojlanayotgan barcha shakllar, tabiatdagi jamiki hodisalar va hamma mavjud narsalarning oliy maqsadi, ?shakllarning shakli“, maqsadi, olamni harakatga keltiruvchi ilk kuchdir. Arastu nazariyasiga ko?ra, har qanday real mavjud bo?lgan ayrim narsa ?materiya“ bilan ?shakl“ning birligidan iborat, ?shakl“ esa narsaning o?ziga xos ?ko?rinishi“dir, unga ham ?materiya“, ham ?shakl“ deb qarash mumkin. Shu tariqa butun voqe olam ?materiya“dan ? ?shakl“ ga va ?shakl“dan ? ?materiya“ga izchil ravishda o?tish jarayonidan iborat.

Arastu bilish haqidagi ta?limotida ?dialektik“ bilish bilan ?apodiktik“ bilishni bir-biridan farqlaydi. ?Dialektik“ bilish ? tajriba samarasi bo?lmish ?fikr“ni, ?apodiktik“ bilish esa ishonchli bilimni vujudga keltiradi. Ammo Arastu tajribani ishonchli bilimning oliy darajasi, deb hisoblamaydi, uning fikricha, bilimning eng oliy qonun qoidalari bevosita aql vositasidagina idrok etiladi.

Arastu mantiq ilmining asoschisidir. Arastu yaratgan va ?analitika“ deb nomlagan mazkur fan tafakkurning tushuncha, muhokama, xulosa kabi asosiy shakllaridan, ayniyat, qarama-qarshilik va uchinchisi istisno qonunlaridan, fikrni isbotlash yoxud rad etish uslublaridan, bir qancha kategoriyalardan iborat. Mantiq ?ilk falsafa“ (?metafizika“) bilan birgalikda fan sohalarining falsafiy tasnif tizimini tashkil etadi. Biologiya sohasidagi Arastu ilmiy xizmatlaridan biri ? o?simlik va hayvonot turlarining biologik jihatdan maqsadga muvofiqligi haqidagi ta?limotidir. O?simliklarning urug?dan o?sib-rivojlanishi, hayvonlardagi instinktlarning maqsadga muvofiq tarzda yuzaga kelishi, a?zolarining o?zaro mutanosib ravishda harakat qilishi ? tabiatdagi maqsadga muvofiqlik namunasidir.

Soliqlar haqida “Aristotel soliqlarni to‘lashni dasturxonga qo‘yilgan noz-ne’matlar sifatida tasvirlab unda hamma turlicha dehqonlar, hunarmandlar, mulk egalari to‘lovlarni amalga oshirishni aytib o‘tgan”. [3]

Arastu jahon ilm tarixida ilk bor axloq fani ? etikaga asos soldi. Uning axloq sohasidagi ma?naviy ideali Xudodir, Xudo eng oliy faylasuf va mutafakkirdir. Arastu aql-zakovatning kuzatish, mushohada qilishdan iborat faoliyatini barcha ne?matlardan ustun qo?yadi, uni ezgulik, rohat va lazzat manbai, deb biladi. Amaliy faoliyat esa hamisha ham aql hukmiga bo?ysunavermaydi, binobarin kundalik ishlarda ham aql, ham hayotiy tajribani ishga solib o?rta yo?lni tanlagan ma?qul.

Arastuning siyosiy qarashlari ?inson ? ijtimoiy mahluqdir“ degan g?oyaga asoslanadi, ya?ni oila, jamiyat, davlat ? inson hayoti va faoliyatining asosiy sohalaridir, bularsiz u yashay olmaydi. Arastu oilaviy va ijtimoiy tarbiyani davlat tuzumini mustahkamlash vositasi, deb biladi, binobarin maktab faqat davlatniki bo?lishi, unda barcha fuqarolar (qullardan tashqari) avvalo davlat tuzuk tartibotidan saboq beruvchi ilmlarni egallashi shart. Arastu davlat masalasida har qanday arbob qulay siyosiy shart-sharoit vujudga kelishini kutib o?tirmay, mavjud imkoniyatdan kelib chiqib, yaxshi konstitutsiya asosida kishilarni boshqara bilishi, birinchi galda yosh avlodning jismoniy va aqliy tarbiyasi haqida qayg?urishi lozim, deb hisoblaydi.

Arastu davlatni idora etishning uchta ma?qul va uchta noma?qul shakli mavjud, degan g?oyani olg?a suradi. Yaxshi boshqaruv shakllari amal qilgan davlatda undan g?arazli maqsadlarda foydalanish imkoni istisno etiladi, hokimiyat esa butun jamiyat xizmatida bo?ladiki, bular ? monarxiya (yakka podsho hukmronligi), aristokratiya (aslzodalar hukmronligi) va ?politiya“ (o?rta tabaqa, mo??tadil demokratiya hukmronligi)dir. Aksincha, tiraniya (zolimona hukmronlik), sof oligarxiya (qudratli kishilar to?dasining hukmronligi) va oxlokratiya (haddan oshgan olomon hukmronligi) ? monarxiya, aristokratiya va ?politiya“ shakllarining vaqt o?tishi bilan batamom aynigan, yuz tuban ketgan ko?rinishidir.

Arastuning tarbiya nazariyasi zamirida axloqiy va ruhiy qarashlari yotadi: tarbiyadan maqsad ? ruhning oliy jihatlari bo?lmish aql-zakovat va irodani kamol toptirishdir. Tarbiyaning o?zaro chambarchas bog?liq uch jihati ? jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya ? ruhning uch turiga muvofiq keladi, ya?ni kamolatga erishishning harakatlantiruvchi kuchlari ? tabiiy qobiliyat, ko?nikma va aql-idrokdan iborat hamda tarbiya ishi ayni shu kuchlarga asoslanishi zarur. Arastu o?z iqtisodiy ta?limotida qullik ? tabiiy bir hodisa va u doimo ishlab chiqarish ? negizi bo?lishi lozim, degan nuqtai nazarga suyanadi. U tovar-pul munosabatlarini tadqiq etib, natural xo?jalik bilan tovar ishlab chiqarish ? o?rtasidagi tafovutlarni anglab etish darajasiga yaqin keldi. Uningcha, boylik ikki turdan iborat: iste?mol qiymatlari yig?indisi sifatidagi boylik va tovar ayirboshlash qiymatlari sifatidagi boylik. 1-tur boylik (uni Arastu ?tabiiy boylik“ deb ataydi) manbai ? dehqonchilik va hunarmandchilik bo?lib, kishilarning tub ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladi. 2-tur boylik esa (uni Arastu ?g?ayritabiiy boylik“ deb nomlagan) aksincha, bevosita ehtiyoj buyumlaridan iborat bo?lmay, o?zaro ayirboshlash, muomala negizida vujudga keladi. Boylik 1-turining miqdori inson ehtiyojlari bilan chegaralansa, 2-turining miqdorini esa aslo cheklab-chegaralab bo?lmaydi. Shuningdek Arastu iste?mol qiymati bilan tovar qiymati o?rtasidagi chegarani birinchi bo?lib belgilab berdi, turli xil tovarlari faqat pul vositasida o?zaro qiyoslash mumkin, deb hisobladi.

Arastudan juda boy falsafiy meros qolgan. Ular orasida eng mashhurlari:

Arastu barcha zamonlar olimlari ustoz deb bilgan buyuk alloma. Uning qomusiy asarlari, Sharq mutafakkirlari ijodida ham chuqur iz qoldirgan. 7-8?asrlardan boshlab ayniqsa Horun ar-Rashid va Ma?mun davrida Arab xalifaligi hududida Arastu asarlari tarjima etilib o?rganildi, ularga o?nlab izoh va sharxlar bitildi. Bu ishda O?rta Osiyoning ulug? olimlari katta rol o?ynadi. Abu Nasr Forobiy Arastuning ?Metafizika“, ?Jon haqida“, ?Etika“, ?Kategoriyalar“, ?Topika“, ?Analitika“ asarlariga ilmiy sharxlar yozib, ?Sharq Arastusi“ degan unvonga sazovor bo?ldi. Abu Ali ibn Sino o?z ustozlarining ilg?or g?oyalarini yanada rivojlantirib, Arastu va Forobiydan keyin ?Uchinchi muallim“ deb ataldi.

Ibn Sino bilan Beruniy o?rtasida Arastuning ?Osmon haqida“ va ?Fizika“ asarlari to?g?risidagi munozarasi vatanimizda Arastu merosiga qiziqish benazir bo?lganidan dalolat beradi. Arab faylasufi Ibn Rushd o?z salaflari Hunayn ibn Ishoq, Ishoq ibn Hunayn, Matto ibn Yunus va Yahyo ibn Adiy, al-Kindiy kabi Arastu ijodini targ?ib etib, asarlariga sharhlar yozib, ?Buyuk Shorih“ degan nom oldi. O?rta asr Sharqida Arastu ta?limotini davom ettirib, uni Yevropaga tanitib, yetuk ilmiy asarlar yaratgan faylasuflar butun dunyoda ?Sharq aristotelchilari“ unvoni bilan mashxurdir.

Muzaffar Xayrullaev [3] .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. (unspecified title)
  2. Blits 1999 , ss. 58?63.
  3. 3,0 3,1 O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil