Anxoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anxoy , Anxuey ? Xitoy sharqidagi provinsiya, Yanszi daryosi bo?yida. Maydoni 140 ming km². Aholisi zich, 56 mln. kishi (1990). A.ning Yanszi daryosidan shimolidagi, ya?ni Buyuk Xitoy te-kisligidagi qismi pasttekislik, janubiy qismi tog?lik. Iqlimi subtropik konti-nental, musson ta?siri kuchli. Yanvarning o?rtacha temperaturasi 0° dan 4° gacha, iyulning o?rtacha temperaturasi 28°. Ko?p yerlarda yiliga 1000 ? 1500 mm, Xuayxe daryosidan shimoliyda 600 ? 700 mm yog?in yog?adi. Daryolari ko?p, yiriklari Yanszi, Xuayxe. Tuprog?i unumdor. Dehqonchilikda g?alla ekinlari, ayniqsa sholikorlik katta o?rin tu-tadi. Xuayxe daryosidan shimolida bug?doy, makkajo?xori, tariq, indov, rami, tama-ki, loviya, paxta, tog? yon bag?irlarida choy ekiladi. Choy, tamaki va sholi yetishti-rish jihatidan A. Xitoy provinsiyalari orasida 3-o?rinda turadi. Cho?chqachilik, o?rmon xo?jaligi, konchilik sanoati va me-tallurgiya rivojlangan. A.da toshko?mir (Xuaynan), temir rudasi (Dantu), mis (Tunguanshan), achchiqtosh, oltingugurt, fosforit qazib chiqariladi. Bir necha elektr stansiya va issiqlik elektr markazlari bor. Dantu shahri yaqinida metallurgiya zavodi, Uxu shahrida kemasozlik korxonalari, Xefey, Banbu shaharlarida qishloq xo?jaligi mashinasoz-ligi va metallsozlik, bir qancha joylarda tegirmon, objuvoz, yog?, choy, ip gazlama, qog?oz korxonalari bor. Barcha yuklarning 2/3 qismidan ko?prog?i daryo va ko?llarda tashiladi. Asosiy portlari: Uxu, Yuy-sikou (Yanszi bo?yida), Banbu (Xuayxe bo?yida). Ma?muriy markazi ? Xefey.

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil