Antropogen omillar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Antropogen omillar , muhitning antropogen omillari  ? odam va uning xo?jalik faoliyatining o?simlik , hayvon va boshqa tabiat komponentlariga ta?siri bilan bog?liq omillar guruhi. Odam tabiatga ta?sir ko?rsatib, uni o?z ehtiyojlariga moslashtirib, Yerning beqiyos keng hududlarida fauna va florani o?zgartiradi, bu esa o?simliklarning kamayishi, ayrim o?simlik va hayvon turlarining qirib yuborilishi, o?simliklar introduksiyasi va boshqalarga olib keladi. Odamning tabiatga bilvosita ta?siri iqlimni, atmosfera va suv havzalarining fizik holati va kimyoviy tarkibini, yerning ustki qatlamini, tuproq strukturasi va boshqalarni o?zgartirish yo?li bilan amalga oshiriladi. Qo?riqerlarni o?zlashtirish, monokulturali (bir ekinli) agrotsenozlar barpo etish va boshqa tadbirlar tabiiy biotsenozlarnit o?zgarishiga katta ta?sir ko?rsatadi. Atom sanoatining rivojlanishi, ayniqsa atom qurollarini sinash, suv, atmosfera va tuproqni ifloslantiruvchi sanoat chiqindilarining ko?payib borishi muammolari muhim bo?lib bormoqda. Odam madaniy o?simliklar va uy hayvonlari uchun ma?lum darajada yangi sharoit yaratdi, ularning zotlarini yaxshiladi va mahsuldorligini oshirdi, ekinzorlarning hosildorligini juda ko?paytirdi, lekin tabiat qonunlarini chuqur bilmasdan tabiiy muvozanatda buzilishlarga olib keladigan faoliyat kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ekinlarni noto?g?ri sug?orish yerning sho?rlanishi va eroziyaga olib keladi; yerni ortiqcha quritish o?simliklar qoplamini o?zgartiradi. Hozirgi zamon fani va texnikasi insonning tabiatga keng miqyosda aralashishiga qulay sharoitlar yaratib berib, o?z navbatida atrof muhitni muhofaza qilishni muhim muammoga aylantirdi. Antropogen omillar inson faoliyatining tabiatga ta?siri natijasida yuzaga keladi

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Zikiryoyev, Abdukarim. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000.
  • Alibekov L., Qishloq xo?jaligini ximiyalashtirish va atrof-muhit, Toshkent, 1986
  • Egamberdiyev R., Ekologiya, Toshkent, 1993.