한국   대만   중국   일본 
Andrey Mozalyov - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Andrey Mozalyov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andrey Mozalyov
Shaxsiy ma?lumotlari
Asl ismi Андрей Михайлович Мозалёв
To?liq ismi Andrey Mixaylovich Mozalyov
Davlat Rossiya Russia
Tavalludi 24-mart 2003-yil ( 2003-03-24 ) (21 yosh)
Sankt-Peterburg
Yashash joyi Sankt-Peterburg , Rossiya
Bo?yi 1.71 m (5 ft 7   1 2  in)
Murabbiyi Kirill Davydenko
Oldingi murabbiylari Anna Scheniovskaya
Jamoasi Olympic School Saint Petersburg
Uchishni boshlagan 2008
Jahon reytingida
Mavsum reytingida
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija Yevropa chemp. 2022
Qisqa dastur 99.76
Yevropa chemp. 2022
Erkin dastur 179.77
2021 Internationaux de France

Andrey Mixaylovich Mozalyov ( ruscha : Андрей Михайлович Мозалёв ; 2003-yil 24-martda tug?ilgan) ? rossiyalik figurali uchuvchi . 2019 Warshaw Cup chempioni, 2022-yilgi Rossiya milliy chempionatining bronza medali sovrindori. Andrey 2020-yilda o?smirlar o?rtasidagi jahon chempioni va o?smirlar o?rtasidagi Gran-pri musobaqasining uch karra g?olibi bo?lgan.

Faoliyati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Dastlabki yillari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Mozalyov 2008-yilda konkida uchishni o?rgana boshlagan. Unga Kirill Davidenko murabbiylik qilgan.

2016 ? 2017-yilgi mavsum [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Mozalyov 2016-yil noyabr oyida o?zining xalqaro o?smirlar darajasidagi debyutini 2016 Volvo Open Cup musobaqasida o?tkazgan va oltin medalni qo?lga kiritgan. Uch hafta o?tgach, u 2016 NRW Trophy musobaqasida qatnashib, yana bir oltin medalni qo?lga kiritgan.

2017 ? 2018-yilgi mavsum [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Mozalyov 2017-yil noyabr oyida 2017 Tallinn Trophy musobaqasida ishtirok etib, uchinchi xalqaro oltin medalini qo?lga kiritgan.

Mozalyov 2018-yilgi Rossiya o?smirlar chempionatida o?n yettinchi o?rindan joy olgan. U qisqa dasturda to?rtinchi o?rinni egallagan, ammo erkin dastur bo?yicha oxirgi (o?n sakkizinchi) o?rindan joy olgan.

2018 ? 2019-yilgi mavsum [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Mozalyov 2018-yil sentyabr oyining oxirida Chexiya Respublikasining Ostrava shahrida bo?lib o?tgan o?smirlar o?rtasidagi Gran-pri musobaqasida debyut qilgan va oltin medalni qo?lga kiritgan. U qisqa dasturda ikkinchi o?rinni egallagan holda erkin dasturda g?alaba qozonib, kumush medal sohibi Kamden Pulkinenni taxminan besh ochko farqi bilan ortda qoldirgan. Mozalyov mavsumdagi ikkinchi Gran pri bosqichida Armanistonning Yerevan shahrida bo?lib o?tgan turnirda qatnashib oltinchi o?rindan joy olgan.

2021 ? 2022-yilgi mavsum [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Mozalyov 2021-yili o?tkazilgan Denis Ten xotirasiga bag?ishlangan musobaqada (2021 CS Denis Ten Memorial Challenge) qatnashib, bronza medalini qo?lga kiritgan. Gran-pri musobaqasining 2021-yilgi Internationaux de France turnir bosqichida yettinchi o?rindan joy olgan.

2022-yilgi Qishki Olimpiada o?yinlarida qatnashgan Mozalyov qisqa dasturda xatoliklarga yo?l qo?ygan va erkin dasturda konkida uchish huquqini olish uchun yigirma uchinchi o?rinni egallagan. Erkin dastur namoyishi muvaffaqiyatli bo?lib, o?n sakkizinchi o?rinni egallagan va umumiy hisob bilan reytingda o?n to?qqizinchi o?ringa ko?tarilgan.

Dasturlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2022-2023
2021-2022

  • Heart Cry

    by Drehz
    choreo. by Igor Koscheev and Denis Lunin

  • Sadeness (Part II)

    Enigma
  • City of Isabel
  • Moxica and the Horse
  • Hispanola
  • Twenty Eighth Parallel
  • Conquest of Paradise
    Vangelis
2020-2021

  • Sadeness (Part II)

    Enigma

Natijalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

CS: Challanger seriyasi ; JGP: o?smirlar o?rtasidagi Gran-pri

Xalqaro
Musobaqa 16-17 17-18 18-19 19-20 20-21 21-22
Olimpiada 19
Yevropa chempionati 4
GP Fransiya 7
GP Rostelecom Cup 4
CS Denis Ten MC 3
CS Finlandiya WD
CS Warshaw Cup 1ㅤ
Xalqaro: o?smirlar
Jahon chemp. 1ㅤ
Olimpiada 2
JGP finali 2
JGP Armaniston 6
JGP Xorvatiya 1ㅤ
JGP Chexiya 1ㅤ
JGP Latviya 1ㅤ
NRW Trophy 1-J
Tallinn Trophy 1-J
Volvo Open Cup 1-J
Milliy
Rossiya chemp. 5 4 3
Rossiya kubogi finali 1-J 4
Jamoa tadbirlari
WD = musobaqani tark etgan
J = o?smirlar darajasi .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. ?ISU World Standings for Single & Pair Skating and Ice Dance : Men“ .
  2. ?Seasons Best Scores 2021/2022“ . www.isuresults.com . Qaraldi: 2022-yil 14-yanvar.
  3. ?Seasons Best Scores 2019/2020“ . www.isuresults.com . Qaraldi: 2020-yil 6-mart.
  4. ?Seasons Best Scores 2018/2019“ . www.isuresults.com . Qaraldi: 2019-yil 12-aprel.