한국   대만   중국   일본 
Amazon daryosi - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Amazon daryosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
( Amazonka dan yo?naltirildi)
Amazon daryosi
portugalcha : Rio Amazonas
Tavsif
Uzunligi 6 400
Suv sarfi 209 000 m³/s (Quyilish joyi)
Suv oqimi
Boshlanishi And tog?lari
 · Boshlanish joyi Nevado Mismi
 · Balandligi 110 m
Quyilishi Atlantika okeani
 · Balandligi 0 m
Joylashuvi
Amazon daryosining havzasi
Amazon daryosining havzasi
Davlat Peru , Kolumbiya va Braziliya
Amazon daryosi

Amazon daryosi yoki Amazonka ( portugalcha : Rio Amazonas ) ? Janubiy Amerikadagi daryo, sersuvligi va havzasi maydonining kattaligi jihatidan dunyoda birinchi o?rinda, uzunligi jihatidan (6,4 ming km, Ukayali irmog?i bilan taxminan 7 ming km) Nil daryosidan keyin ikkinchi o?rinda turadi. Amazon 7180 ming km² maydondan suv yig?adi. Asosiy irmog?i ? Maranon. Sharqiy Kordilera tog? tizmasini kesib o?tgandan keyin Amazonka pastte-kisligiga chiqadi va Ukayali daryosi bilan qo?shilib Amazonni hosil qiladi. Amazonga taxminan 500 irmoq quyiladi, ko?pchiligi yirik daryo hisoblanadi. O?ng tomondan Ukayali, Jurua, Madeyra, Tapajos, Shingu, chapdan ? Isa, Yapura, Riu-Negru daryolari qo?shilib kengaya boradi, o?rta oqimida 5 km, dengizga quyilish oldida 80-150 km gacha kengayadi. Amazonning chuqurligi o?rta oqimida taxminan 70 m, quyilish joyida 15-45 m. Daryo doim sersuv, may ? iyunda toshadi. Amazon yil davomida o?z havzasidan 1 mlrd. tonna loyka oqizib keladi. O?rtacha suv sarfi 220 ming m³/sek. Aling irmoqlarida yirik viktoriya-re-giya o?simligi o?sadi, suv hayvonlaridan lamantinlar, delfinlar, suv cho?chqalari yashaydi. 2000 baliq turi bor. Amazon kemalar qatnay oladigan qismining uz. 4300 km. Manaus shahrigacha (okeandan 1690 km) yirik okean kemalari qatnaydi. Asosiy portlari: Ikitos, Manaus, Obidus, Santa-rel, Belen. [3]

Amazon daryosidagi suzuvchi qishloq, Ikitos

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]