Ali Akbar Rafsanjoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniy
fors. ??? ???? ????? ????????
 4- Eron Prezidenti
 
Mansab davri
1989-yil 3-avgust  ?  1997-yil 2-avgust
O?tmishdoshi Ali Xomanaiy
Vorisi Muhammad Hotamiy
 1- Eron Oliy Majlisi Raisi
 
Mansab davri
1980-yil  ?  1989-yil
O?tmishdoshi lavozim ta?sis etildi
Vorisi Mehdi Karrubiy
 Eron ichki ishlari vaziri
 
Mansab davri
1979-yil  ?  1980-yil
O?tmishdoshi Hoshim Sabbog?iyan
Vorisi Muhammad-Rizo Mahdaviy Koniy
Shaxsiy ma?lumotlari
Tavalludi 25-avgust 1934-yil
Nug? qishlog?i, Kerman ostani, Eron
Vafoti 8-yanvar 2017-yil ( 2017-01-08 )
(82 yoshda)
Tehron , Eron
Fuqaroligi Eron bayrogʻi Eron
Siyosiy partiyasi Kurashuvchi kliriklar assotsiatsiyasi
Turmush o?rtog?i Iffat Marashiy

Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniy ? Eronlik siyosiy va diniy arbob. 1989-1997-yillarda Eron Prezidenti , 1980-1989-yillarda Eron Oliy Majlisis raisi, 1979-1980-yillarda Eron ichki ishlari vaziri. Hozirda turli siyosiy ishlar bilan mashg?ul.

Biografiyasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniy 1934-yilning 25-avgust kuni Eronning janubida joylashgan Kerman ostanidagi Nug? qishlog?ida, kambag?al oilada tug?ilgan. 16 yoshida Qum shahriga ko?chib o?tib Ruhillo Xomeyniy darslariga borishni boshlagan. Islom inqilobigacha Rafsanjoniy 15 yil ichida 5 marta qamoqqa tushib o?tkazgan. Inqilobdan so?ng vaqtinchalik inqilobiy hukumat hukumat tarkibiga kirgan.

1980-yilda u Eronning yangi tashkil etilgan Oliy Majlisida rais etib tayinlangan va ushbu lavozimda 1989-yilgacha faoliyat yuritgan. 1989-yilda Rafsanjoniy Ali Xomanaiy o?rniga Eron Prezidenti saylovlarida ishtirok etib g?alaba qozongan va Eron Prezidenti etib tayinlangan. Ali Akbar Rafsanjoniy Prezidentligi 1997-yilning avgust oyigacha davom etgan.

Prezidentligi davrida Rafsanjoniy juda ko?p sohalarda islohotlar o?tkazgan. Ularning ayrimlari muvaffaqiyatli yakunlangan, biroq Eronda ozod bozor siyosatini isloh qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Ushbu noaniq islohot tufayli mamlakatda inflyatsiya hajmi 49 foizga o?sib ketgan.

Rafsanjoniyning Prezidentligi davrining boshi o?sha paytda dunyoda ro?y bergan juda katta siyosiy o?zgarishlar ro?y berganiga to?g?ri kelgan. Aynan Rafsanjoniy Eronni qulagan SSSRning O?rta Osiyo va Kavkazorti respublikalari bilan aloqalarini yo?lga qo?yishga muhim rol o?ynagan. Shuningdek u Arab dunyosi davlatlari bilan ham hamkorlini kuchaytirishga harakat qilgan. Ham tashqi ham ichki siyosat bo?yicha Ali Akbar Rafsanjoniy Eronda eng hurmatli siyosatchilardan biri hisoblanadi.