한국   대만   중국   일본 
Ahmadshoh Durroniy - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Ahmadshoh Durroniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ahmadshoh durroniy (taxminan 1721 ? 1773) ? afg?on davlat arbobi va sarkarda , mustaqil afg?on davlati asos-chisi, shoir . Afg?onlarning durroniy qabilasining sadozay urug?idan . 1738 y. Eron shohi Nodirshoh Afshar xizma-tiga kirgan. 1747 y. Nodirshoh vafot etgach, A. D. Eron armiyasidagi afg?on qo?shinlarini Afg?onistonga olib ket-gan. 1747 y. Afganistan shohi deb e’lon qilingan. O?z hukmronligi ostiga barcha afg?on qabilalari hamda xonlariii bir-lashtirib, ularni turli sovg?alar, yerlar, mansablar bilan o?ziga tarafdor qilib olgan. Hindiston , Eron va Jan. Tur-kistonga qator harbiy yurishlar uyush-tirib, Panjob ( 1748 ? 51 ), Kashmir ( 1752 ), Sirxind va Sind ( 1757 ), Balu-jiston ( 1750 ), Seyiston ( 1754 ), Xuro-son ( 1754 ) va Balxni (1752) bosib olgan. 1761 y. Panipat jangida marathalarni tor-mor keltirgan. Umrining so?nggi dav-rida sikhlar bilan uncha muvaffaqiyatli bo?lmagan urushlar olib borgan.A. D. 17- a. afgon she’riyatining da-vomchisi sifatida pashtu tilida lirik she’rlar yaratgan. 1940 y. Kobulda A. D.ning 3000 baytdan iborat devoni nashr etildi. A. D. devonining ko?lyozmalaridan biri O?zbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil