한국   대만   중국   일본 
Agnostitsizm - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Agnostitsizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agnostitsizm ( yunoncha Agnostos a  ? inkor qo?shimchasi, gnosis  ? bilish) ? borliqni, voqelikdagi narsa va hodisalarni, ularning mohiyatini bilish mumkinligini qisman yoki mutlaqo inkor etuvchi nazariya. A. vakillari borliqning cheksizligi, nihoyasizligi va murakkabligi, inson sezgi a?zolari imkoniyatlarining cheklanganligiga asoslanib borliqni bilish mumkin emas deb hisoblaydi. A.ning yirik vakillaridan biri ingliz faylasufi David Yum, inson aqli sezgilarimiz bergan ma?lumotlarga tayanib voqelikni biladi, lekin, sezgi a?zolarimiz bizga to?g?ri va to?liq ma?lumot beradimi, sezgilarimiz aks ettirayotgan voqelikning o?zi mavjudmi, degan masalalarni o?rtaga tashlagan va shu asosda olamni bilish mumkinligini rad etgan, ob’ektiv voqelikning mavjud-ligiga shubha bildirgan (bu jihatdan Yum A.i skeptitsizmning bir ko?rinishi sifatida namoyon bo?ladi). A.ning ikkinchi bir yo?nalishi nemis faylasufi Immanuil Kant falsafasida ifodalangan. I.Kant tashki olamni ikkiga: ?biz uchun narsa“ va ?narsa o?zida“ga ajra-tib tushuntiradi, olamning biz bilgan va bilib olishimiz mumkin bo?lgan qismini ?biz uchun narsa“ deb ataydi. Olamning ?narsa o?zida“ qismining ay-rim jihatlarinigina bilish mumkin bo?lsa ham, uning asl mohiyatini bilish mumkin emas deydi. Bilish ob’ektining cheksizligini, nihoyasizligini, hodisalar ichki mohiyatining tubsizli-gini mutlaqlashtirish A.ning gnoseologik ildizlariga kiradi. Haqiqatda, har qanday narsani bir qarashda, bir zumda har taraflama bilib bo?lmaydi, uni bilib olish uchun muayyan vaqt kerak bo?ladi. Shuningdek, har qanday narsani va uning mohiyatini bilib olishimiz uchun yordamchi qurol va vositalarning qay darajada takomillashganligi jiddiy ahamiyatga ega. Bizga nisbatan keyingi avlodlarimizning tajribalari yanada boyib, takomillashib boradi va natijada ular bizlarga nisbatan ko?proq narsalarni biladi. Biz sezgi a?zolarimizning bilish imkoniyati yetmagan ob’ektlarni aql va tafakkur kuchi bilan bilib boramiz. Bilish shu tarzda yaxlit va uzluksiz jarayondir. Inson aql-tafakkuri fan va amaliyetni taraqqiy ettirishga, bilish va izlanish vositalarini takomillash-tirishga yo?l ochadi. [1]

Agnostitsizm teologiya , o?limdan so?nggi hayot , xudo kabi metafizik mavzularga oid ma?lum iddaolarning haqiqiy yechimini bilish ilojsiz ekanini ta?kidlovchi falsafiy dunyoqarashdir . Bunga sabab sifatida obyektiv reallikni o?rganish doim subyektiv bilish orqali kechishi ko?rsatiladi. Odatda agnostitsizm xudoning mavjudligi yoki emasligi masalasiga oid dunyoqarashga aytiladi. Agnostitsizm dunyoqarashiga ega shaxs agnostik deyiladi. Aksar agnostiklar ateistlar bilan bir qatorga qo?yilsada, ba?zi agnostiklar teist bo?lishlari ham mumkin.

Etimologiyasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Agnostitsizm atamasi 1869 -yili Thomas Henry Huxley tomonidan gnostitsizmni rad etuvchi falsafiy oqimni nomlash uchun o?rtaga qo?yildi.

Shuningdek [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil