한국   대만   중국   일본 
Abduqodir G?iloniy - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Abduqodir G?iloniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gelonii Muhiddin Abduqodir ibn Abiy Solih Jangiydo?st (1077-yil, Gelon viloyati, Eron ? 1166-yil) ? fors ilohiyotchisi, mutasavvif. 18 yoshida Bag?dodga keladi va juda ko?p olimlardan saboq oladi. Uning xanbaliya mazhabiga oid va?zlari shuhrat qozonadi. Keyinchalik Geloni Qur?on tafsirchisi va muftiy sifatida faoliyat ko?rsatadi. U hadis va fiqh ilmlaridan dars beradi. Geloni hanbaliya mazhabida qat?iy turgan, Muhammad (sav) sunnatlariga so?zsiz rioya etgan. Va?zlarida musulmonlar uchun zarur bo?lgan o?nta axloqiy qoidani bayon etgan. Geloni o?zining tariqat uslubini vujudga keltirmagan, biror tariqatga boshchilik qilmagan bo?lsa ham uni qodiriya sufiylik tariqatining asoschisi deb hisoblaydilar. Ammo, haqiqatda esa, bu tariqat uning avlodlari yoki muridlari tomonidan faqat 13-asrning o?rtalarida, ba?zi mutaxassislarning fikricha, hatto 15-asrda vujudga kelgan. Xalq ommasi uni mo?jiza ko?rsatishga qodir bo?lgan aziz-avliyo va bechoralarning homiysi deb, ulug?lar edi. Unga G?avsul A?zam (?ulug? himoyachi“) va piri dastgir (?madadkor pir“) laqablarini berishgan. Geloni maqbarasi Bag?dodda bo?lib, islomdagi mashhur muqaddas joylardan biri hisoblanadi.

Gelonining ?Al-g?unya li talib tariq l-haqq“ (?Haq yo?lidan boruvchi toliblar yo?lini tug?rilash“) asari saqlanib qolgan. Bu asarda hanbaliya mazhabi nuqtai nazaridan islomdagi 73 firqaga bulingan musulmon jamoasining ijtimoiy, axloqiy burch va vazifalari bayon qilingan.

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil