한국   대만   중국   일본 
Abdulazizxo?ja madrasasi - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Abdulazizxo?ja madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Abdulazizxo?ja madrasasi
Abdulazizxo?ja madrasasi (2023-yil)
Mamlakat   O?zbekiston
Hudud Qashqadaryo viloyati
Shahar Qarshi
Manzil Darvozatutak MFY, Nasaf ko'chasi 309-uy
Maktab yo?nalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy me'ros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Me?moriy uslub O?rta Osiyo me?morchiligi
Homiylar Abdulazizxo?ja
Asosiy sana:
1909-yil
Holati Arxitektura yodgorligi
Qurilish materiali Pishiq g?isht

Abdulazizxo?ja madrasasi  ? Me?moriy yodgorlik O?zbekiston Respublikasi Prezidentining ?Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to?g?risida“ 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq O?zbekiston moddiy va madaniy merosining ko?chmas mulk obyektlari milliy ro?yxatiga kiritilgan ? davlat muhofazasiga olingan [1] [2] .

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Madrasa Xo?ja Abdulazizboy tomonidan 1909-yilda qurilgan. U Qarshining o?ziga to?q, saxovatli, ilmli kishilardan bo?lgan. Hozirda madrasa Qarshi shahrining ?Eski shahar“ qismi Odina bog?ida joylashgan.

Arxitekturasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Abdulazizxo?ja madrasasi hovli qismi
Abdulazizxo?ja madrasasi ichki qismi

Madrasa peshtoqida uning qachon bino etilganligi yozilgan lavh bor. Madrasa an?anaviy udumga rioya qilib bunyod etilgan. Chiroyli tarxga ega bino ikki qavatdan iborat. Uning birinchi va ikkinchi qavatidagi hujralar har xil shaklga ega. Kirish qismidagi peshtoq baland bo?lib, u binoga salobat berib turadi. Peshtoqning yon tomoniga qubbachalar ishlangan, ularga koshin bezaklar berilgan. Madrasaning ichki tomonida bu xildagi bezaklardan foydalanilmagan. Madrasa binosiga ishlatilgan g?ishtlar ham bir xilda emas. Binoning pastki tarafidan baland joylashgan qubbaga hadar kichik hajmli g?ishtlar ishlatilgan. Peshtoq va uning yon qismiga esa shakli turlicha g?ishtlar terilgan. Bino poydevori juda pishiq. Madrasaning old hismi bezaklarga ega bo?lmasada, o?ziga xos mahobat sezilib turadi [3] .

Madrasaning hajmlari bo?yiga ? 26 metr, eniga ? 24 metrni tashkil qiladi. Uning 27 ta hujrasi bor. Hovlisi 14+14 metrli kvadrat shaklga ega, uning o?rtasida yig?ilgan suvlar oqib kegadigan tarnovi (kanalizatsiya) bo?lgan. Markaziy peshtoq biqinida ikkinchi qavagga olib chiqadigan zina mavjud. Hozirgi kunda madrasada viloyat ?Xuarmand“ uyushmasi joylashgan [4] .

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Poyon Ravshanov . Qarshi tarixi , Yangi asr avlodi nashriyoti, Toshkent, 2006 — 647 bet. ISBN  5-633-01899-0 .  
  • Nasriddinov K, Xujayarov U . Qarshi shahrining me'moriy yodgorliklari , Yangi asr avlodi, Toshkent, 2011 — 136 bet. ISBN  978-9943-08-629-6 .  

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. ?Моддий маданий мероснинг к?чмас мулк объектлари миллий р?йхатини тасди?лаш т??рисида ?збекистон Республикаси Вазирлар Ма?камасининг 846-сон 04.10.2019 й. ?арори“ . Lex.uz . Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
  2. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. Poyon Ravshanov . Qarshi tarixi , Yangi asr avlodi nashriyoti, Toshkent, 2006 ? 504-505-betlar
  4. Nasriddinov K, Xujayarov U . Qarshi shahrining me?moriy yodgorliklari , Yangi asr avlodi, Toshkent, 2011 ? 30-33-betlar